Get Mystery Box with random crypto!

KITOB O'QISHING FOYDALI TOMONLARI Bugungi kunda juda ko'p 'ki | Shohrux Mirzayev

KITOB O'QISHING FOYDALI TOMONLARI

Bugungi kunda juda ko'p "kitob o'qishga vaqti yo'q" odamlar sizga kitob o'qi deb aql o'rgatadi. Lekin, shunday savol tug'ilishi mumkin: "O'qisam nima, o'qimasam nima. Hech qanday foydasi yo'qku". Bu postda shu savolga biroz javob beraman.

Miyangizni Mustahkamlaydi.
2013 yilda MRT orqali o'tazilgan tajribaga ko'ra, kitob o'qish miyadagi aloqalarni kuchaytiradi va ularni aktivroq qiladi. Undan tashqari u harakat va og'riqga javob beradigan qismlarni ham rivojlantiradi.

Ijtimoiy aloqalarni kuchaytiradi.
Badiiy kitob o'qish sizni ijtimoiy jihatdan ham kuchaytiradi. Boshqa odamlar bilan munosabat qurishingiz va ularni mustahkamlash qobilyatingiz oshadi.

Lug'at boyligingiz oshadi. Kitob o'qiganingizda siz ko'rmagan so'zlarni yoki juda kam ishlatadigan so'zlaringizni uchratishingiz mumkin. Qancha ko'p kitob o'qir ekansiz, bunday so'zlar miyangizda qoladi. Keyinchalik, biror nima yozish kerak bo'lganda yoki suhbatlashganda fikringizni to'liq yetkaza olasiz.

Yoshga bog'liq aqliy pasayishni oldini oladi. Qancha kitob o'qir ekansiz, yosh o'tgani sayin sizning aqlingiz стабильный holatda bo'ladi va ba'zi hollarda o'sadi.

Stressni kamaytiradi. 2009-yilda bo'lgan izlanishga ko'ra, kitob o'qish, kulish stressni kamaytirar ekan. 30 daqiqa kitob o'qish qon bosimini yaxshilab, yurak urishini maromiga keltirar ekan.

P/s:
Bu post sizni kitob o'qishga undash uchun emas, savolingizga javob berish uchun yozildi. Hayot kelib, ba'zi joylaringizdan tepgan payti; aql kirib, menga o'xshab, o'qir boshlarsiz. Agar tayoq yemoqchi bo'lmasangiz hozir boshlashni maslahat beraman. Hayrli tun!

@shohrukh_blog