Get Mystery Box with random crypto!

Intensivlik 1. Nima uchun siz yoqtirgan rejissyor har bir yil | Shohrux Mirzayev

Intensivlik

1. Nima uchun siz yoqtirgan rejissyor har bir yilda yangi kino chiqarmaydi?

2. Nima uchun siz yoqtirgan yozuvchi har yili yangi kitob yozmaydi?

3. Nima uchun siz yoqtirgan YouTube kanallar, har hafta video chiqarmaydi?

4. Nima uchun postlarini kutadigan blogeringiz, har kuni post yozmaydi?

5. Chunki sifat vaqt talab qiladi. Yuqoridagi insonlar kam ammo sifatli ijod qilgani uchun ham, ommani hurmatini qozongan bo‘ladi.

6. Ko‘p gapirilsa xatolar ko‘payadi, xatolar ko‘paydimi, ularni tuzatish uchun yana gap ko‘payadi va hokazo. Odamlar intensivlikdan tez bezib qolishadi.

7. Ibn Mas'uddan rivoyat qilingan hadisda ham Payg‘ambarimiz ﷺ insonlarga malol kelmasin deb ma‘lum kunlar va‘z aytganliklari keltirilgan.

Savol: Siz eng ko‘p kuzatadigan kanal bir kunda nechta post tashlaydi?

@shmirzayev_blog