Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qil | Sanjar Xo‘ja

O‘zbekiston Prezidenti Umra ibodatini bajardi. Alloh qabul qilsin. Bundan xursandman bo‘ldim. Bu xursandchilikni baham ko‘rishga shoshilmayapman. Chunki, bu ibodatdan keyin Prezidentni haqiqiy sinov kutyapti. Masalan,

-Diniy ta'limga erkinlik beriladimi?
-Soqol va hijobga xujum qilganlar jazolanadimi?
-Davlat tashkilotida ro‘molli ayollar ishlay oladimi?
-Masjidlar ochilishi osonlashadimi?
-Qur'on musobaqalari tiklanadimi?
...va boshqa ishlar.

Eng asosiysi, saylovdan oldingi va'dalar bajariladimi? Minbardagi gaplarning ijrosi bo‘ladimi?

Chuchvarani xom sanagandan ko‘ra, jo‘jani kuzda sanagan afzalroq. Chunki, sutdan og‘zi kuygan, qatiqni ham puflab ichadi. Shuning uchun sanamay sakkiz deyishga shoshilmadim, ya'ni xursandchiligimni. Yetti o‘lchab, bir kesish yaxshi-da, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja