Get Mystery Box with random crypto!

SamandaR Muhiddinov (ARXIV)

Telegram kanalining logotibi samandar_muhiddinov_2021 — SamandaR Muhiddinov (ARXIV) S
Telegram kanalining logotibi samandar_muhiddinov_2021 — SamandaR Muhiddinov (ARXIV)
Kanal manzili: @samandar_muhiddinov_2021
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52
Kanalning ta’rifi

Bu yerda siz
✍She'rlar
🎧Audio she'rlar
📄Hikoyalar
🖼Statuslar
topishingiz mumkin.
Kanal: 2021- yil 27-yanvarda ishga tushdi.
Adminni TOPISHNI ILOJI YO'Q😁
📡Hamkor kanalimiz: @status_rasmiy_kanali
Botimiz: @SamandaR_LuC1FeR_Robot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-21 16:58:15
Xohlamasa bo'lmas hech qachon,
Kim dod desin, kimdir ohlasin.
Ming tirishsin bir ishga inson
Eng avvalo Alloh xohlasin...


@SamandaR_Muhiddinov_2021
20 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  13:58
Ochish/sharhlash
2022-07-21 11:56:44 #Arxivdan O'zingni asra Dunyoda borliging o'zi baxt menga, Chin dildan sevaman, oshiqman senga, Chin dildan sevaman, ishongin menga, Ismigul men uchun o'zingni asra, Seni sevamanda, onamdan kegin, Baxtli bo'lamizda, azobdan kegin, Baxtingni izlab oldimga…
35 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  08:56
Ochish/sharhlash
2022-07-21 11:55:56 #Arxivdan

O'zingni asra

Dunyoda borliging o'zi baxt menga,
Chin dildan sevaman, oshiqman senga,
Chin dildan sevaman, ishongin menga,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Seni sevamanda, onamdan kegin,
Baxtli bo'lamizda, azobdan kegin,
Baxtingni izlab oldimga kelgin,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Buxorodan seni, olib kelaman,
Onamga, seni kelin qilaman,
Ishonsang bo'lgani baxtli qilaman,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Farzandlarimni bo'lgin onasi,
Seni sevamanda, gapni lo'ndasi,
To'ydan kegin, deyay onasi,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Asragin o'zingni sevaman seni,
Sog'inch azobidan qutqargin meni,
Bugun ham ko'rayin, iltimos seni,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Bilaman qalbingda, bordir armonlar,
Senga ham kelgandi, sevgi arzonlar,
Yengolmas sevgim hech bir armonlar,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Esimda berganding, menga vadalar,
Ikkimiz qochamiz, degan qasamlar,
Ayirsa sevgimdan qilgan alamlar,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Farzandlarimni bo'lgin onasi,
Seni sevamanda, gapni lo'ndasi,
To'ydan kegin, deyay onasi,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
32 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  08:55
Ochish/sharhlash
2022-07-20 16:09:41 Menga juda yarashadi g'am,

Menga juda, yarashasi g'am,
Bugun yana, birga bo'lamiz.
Do'stim bo'lding, menga chinakam,
Yolg'izlikni yengib o'tamiz.

Menga juda, yarashasi g'am,
Doim qara, birga yuramiz.
Yolg'iz qolgan, mehirni ko'rib,
Ermak qilib, birga kulamiz.

Menga juda, yarashasi g'am,
Doimo sen, birga bo'libsan.
Baxtli kunlar, kelganida ham,
Ko'rolmayin, g'iybat qilibsan.

Menga juda, yarashasi g'am,
Bugun yana, birga bo'lamiz.
Ikkalamiz yoshlikni eslab,
Birgalashib, azob chekamiz.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
88 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  13:09
Ochish/sharhlash
2022-07-18 17:18:38 #Premyera (19_18 18_07_2022)

Maktub yozgin

Maktub yozgin, menga ataylab,
Mayli unda, yolg'onlar bo'lsin.
Menga mehir, kerak desang bas,
Barcha mehrim, sen uchun bo'lsin.

Maktub jo'nat, ichi bo'sh bo'lsin,
Oq qog'ozing, ko'rib quvonay.
Barmoqlaring, silagan deya,
Shu qog'ozga, qarab suyunay.

Biz so'z yozgin, maktublaringda,
Qayerdasan deya, izlayin.
Yoki qalbim, qilgin parchalar,
Uni yana, yerdan termayin.

Maktub yozsam, senga tezgina,
Qayerlarda yuribsan, desam.
Azoblarni ichida qoldim,
Dema menga, bu yerdan ketsam.

Qaytishingni, so'rasan seni,
Ilojim yo'q, demagin aslo.
Seni yana, qancha sevay ayt,
Sevmaganman, demagin aslo.

Hikoyam bor, siz uchun deysan,
Hiyonat deb, nomlab qo'yganman.
Hop desangiz, o'qib beraman,
Siz uchun deb, asrab qo'yganman.

Yo'q demasman, yaxshi hikoya,
Garchi meni, qalbim tilsa ham.
Ovozingni, to'yib eshitay,
Keyin menga, azob bersa ham.

Shu so'zlarni, eshitib mendan,
Sen ham biroz, jimib qolasan.
Hikoyangni, o'qiysanmi deb,
Hazil qilsam, kulib qolasan.

Vaqtim yo'q deb, o'zingni olib,
Mendan tezda, uzoq ketasan.
Maktub yozib, turaman deding,
Ayt maktubing, qachon yozasan.

Maktub yozsang, yuragimga yoz,
Xatlaringni o'qib, yig'lasin.
Bir so'z yozgin, yuragim tig'lab,
To'ying kuni, borib o'ynasin.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
168 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  14:18
Ochish/sharhlash
2022-07-18 02:46:13 @SamandaR_Muhiddinov_2021
158 views³ , edited  23:46
Ochish/sharhlash
2022-07-17 10:10:17 #Premyera (12:00 17_07_2022)

Ko'rdim seni

Ko'rdim seni, ko'chang boshida,
Buncha go'zal, bo'lmasang gulim.
Lekin afsus, oddiy bolaman,
Senga meni, yetmaydi qo'lim.

Kulishlaring, tortar o'ziga,
Maftun qilar, meni ko'zlaring.
Jilmaygancha, so'zlaysan qarab,
Iboliydur, buncha so'zlaring.

Seni ko'rsam, ishlamas zabon,
Sevishimni ayta olmayman.
Borib senga, sevishim aytsam,
Rad qilsa deb, o'ylab qolaman.

Qo'lga olib, o'zimni biroz,
Yonginangga, sekin boraman.
Salom deya, ko'zinga qarab,
Hayolimda, o'lib bo'laman.

Salom deysan, hayratda biroz,
Kimsiz deysan, ko'zimga boqib.
Munchoq ko'zing, tubi-tubiga,
Ketganimni, bilmaysan botib.

So'z boshlayman, yana qaltirab,
Sevishimni, aytaman dangal.
Sizni ko'ray, deya doimo,
Ko'changizga, kelarman har gal.

Bu so'zimdan, uyalib sekin,
Telba ekan, deya aytasan.
Aytgin endi, uchrashuv qachon,
Sevishingni, qachon aytasan.

Uzur meni, sevganim bor deb,
Sekin uyga, kirib ketasan.
Boshqasini, toparsiz deya,
Qulog'imga sekin aytasan.

Kayfiyatim, buzilib biroz,
Deyman unga, aytaymi sirim.
Hop deyishin, bilib tezgina,
Bor mening ham, deyman xotinim.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
202 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-07-16 06:16:18 #Premyera (8:16 16_07_2022)

Qo'ng'iroq qilganda

Qo'ng'iroq qilganda, desangda alo,
Yuragim quvonchdan, tez urib ketar.
Jim turmang gapiring, deysan shoshilib,
Hayolim sen bilan, uzoqga uchar.

Qaleysan deymanu, kulib qo'yaman,
Kimsiz tanimadim, deysanda hayron.
Men o'sha SamandaR, qorlarda qolgan,
Desam jim bo'lasan, yuraging vayron.

Salom berasanda, uyalib biroz,
Sog'misiz deyishing, kutib turaman.
Sog'indim desang bas, menga yetadi,
Shu zahot osmonga, uchib ketaman.

Aytasan endi hech, qo'ng'iroq qilmang,
Men sizni unutib, tashlab ketganman.
Endi hech qachon, sevmayman sizni,
O'zimga mehribon, inson topganman.

Men esa jimgina, tinglab turaman,
Bir og'iz gapirmay, kulib turaman.
Ovozing eshitay, qiynasa mayli,
Sog'inchdan g'azabim, ichga yutaman.

Gapiring indamay, deysan oxiri,
Ovozing tinglashchun, qildim qo'ng'iroq.
Seni sog'inganim, aytaman yana,
Ko'zimda yosh bilan, qalbimda firoq.

O'chirib qo'yasan, qizilni bosib,
Men esa tikilib, qolaman yana.
Ertaga ko'rasan, unutib barin,
Seni sevishimni, aytaman yana.

Qo'ng'iroq qilaman, ertaga yana,
Alo kim ekan, deysan pichirlab.
Men esa jimgina, tinglab turaman,
Sen esa jilmayib, qo'ygin o'chirib.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
203 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  03:16
Ochish/sharhlash
2022-07-15 19:58:51
ҲAЁТ ҲAҚИҚAТИ

Бу суратларга бир қарашда сиз кучук, мушук ва қуённи кўришингиз мумкин. Лекин уларнинг ҳар бирини катталаштириб - яқиндан кўрсангиз, фотографнинг маҳоратига қойил қолмай илож йўқ.

Ҳаётда ҳам шундай. Инсонларнинг турмушига яқиндан назар ташламасдан, уларнинг аслида ким эканлигини англолмайсиз.

Хулоса қилишга шошилманг!


Яхшилик учун яқинларингизга ҳам улашинг
┄┄┅┅✿ ❀ ❀ ✿┅┅┄┄
➥Каналга уланиш учун:
𝐓𝐄𝐋𝐄𝐆𝐑𝐀𝐌 | 𝐈𝐍𝐒𝐓𝐀𝐆𝐑𝐀𝐌


@SamandaR_Muhiddinov_2021
206 views_ _اِسلَم_ _, edited  16:58
Ochish/sharhlash
2022-07-14 10:10:11 #Premyera (12:00 14_07_2022)

Eslaganim yoʻq

Sog'inchlardan, charchaganda kelmading,
Suratingla, ovunganim bilmading,
Xabar yozdim, xabarimni olmading,
Bilsang edi, seni hatto eslaganim yo'q.

Seni hatto, yorim deya o'ylolmadim,
Orzuying ko'p, orzuyingdek bo'lolmadim,
Tunda hatto, tushlarunga kirolmadim,
Bilsang edi, seni hatto eslaganim yo'q.

Endi bildim yurak biroz, ekan g'alcha,
Yonimda bo'l birozgina, dedim garchi,
Xotiralar eslatdimi, meni aytchi,
Bilsang edi, seni hatto eslaganim yo'q.

Sof sevgimni bilasanmi, qildinku xor,
Yuragimga yog'gan edi, yozda ham qor,
G'ururimni tepkilaring, qolibdi or,
Bilsang edi, seni hatto eslaganim yo'q.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021
231 views sᷤᴀⷽᴍᷟᴀⷽɴᷡᴅͩᴀⷽʀᷢ ᴍᷟᴜͧᴋⷦʜⷩɪͥᴅͩᴅͩɪͥɴᷡᴏⷪғᷫғᷫ , edited  07:10
Ochish/sharhlash