Get Mystery Box with random crypto!

#Premyera (12:00 17_07_2022) Ko'rdim seni Ko'rdim seni, ko' | SamandaR Muhiddinov (ARXIV)

#Premyera (12:00 17_07_2022)

Ko'rdim seni

Ko'rdim seni, ko'chang boshida,
Buncha go'zal, bo'lmasang gulim.
Lekin afsus, oddiy bolaman,
Senga meni, yetmaydi qo'lim.

Kulishlaring, tortar o'ziga,
Maftun qilar, meni ko'zlaring.
Jilmaygancha, so'zlaysan qarab,
Iboliydur, buncha so'zlaring.

Seni ko'rsam, ishlamas zabon,
Sevishimni ayta olmayman.
Borib senga, sevishim aytsam,
Rad qilsa deb, o'ylab qolaman.

Qo'lga olib, o'zimni biroz,
Yonginangga, sekin boraman.
Salom deya, ko'zinga qarab,
Hayolimda, o'lib bo'laman.

Salom deysan, hayratda biroz,
Kimsiz deysan, ko'zimga boqib.
Munchoq ko'zing, tubi-tubiga,
Ketganimni, bilmaysan botib.

So'z boshlayman, yana qaltirab,
Sevishimni, aytaman dangal.
Sizni ko'ray, deya doimo,
Ko'changizga, kelarman har gal.

Bu so'zimdan, uyalib sekin,
Telba ekan, deya aytasan.
Aytgin endi, uchrashuv qachon,
Sevishingni, qachon aytasan.

Uzur meni, sevganim bor deb,
Sekin uyga, kirib ketasan.
Boshqasini, toparsiz deya,
Qulog'imga sekin aytasan.

Kayfiyatim, buzilib biroz,
Deyman unga, aytaymi sirim.
Hop deyishin, bilib tezgina,
Bor mening ham, deyman xotinim.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021