Get Mystery Box with random crypto!

#Premyera (8:16 16_07_2022) Qo'ng'iroq qilganda Qo'ng'iroq q | SamandaR Muhiddinov (ARXIV)

#Premyera (8:16 16_07_2022)

Qo'ng'iroq qilganda

Qo'ng'iroq qilganda, desangda alo,
Yuragim quvonchdan, tez urib ketar.
Jim turmang gapiring, deysan shoshilib,
Hayolim sen bilan, uzoqga uchar.

Qaleysan deymanu, kulib qo'yaman,
Kimsiz tanimadim, deysanda hayron.
Men o'sha SamandaR, qorlarda qolgan,
Desam jim bo'lasan, yuraging vayron.

Salom berasanda, uyalib biroz,
Sog'misiz deyishing, kutib turaman.
Sog'indim desang bas, menga yetadi,
Shu zahot osmonga, uchib ketaman.

Aytasan endi hech, qo'ng'iroq qilmang,
Men sizni unutib, tashlab ketganman.
Endi hech qachon, sevmayman sizni,
O'zimga mehribon, inson topganman.

Men esa jimgina, tinglab turaman,
Bir og'iz gapirmay, kulib turaman.
Ovozing eshitay, qiynasa mayli,
Sog'inchdan g'azabim, ichga yutaman.

Gapiring indamay, deysan oxiri,
Ovozing tinglashchun, qildim qo'ng'iroq.
Seni sog'inganim, aytaman yana,
Ko'zimda yosh bilan, qalbimda firoq.

O'chirib qo'yasan, qizilni bosib,
Men esa tikilib, qolaman yana.
Ertaga ko'rasan, unutib barin,
Seni sevishimni, aytaman yana.

Qo'ng'iroq qilaman, ertaga yana,
Alo kim ekan, deysan pichirlab.
Men esa jimgina, tinglab turaman,
Sen esa jilmayib, qo'ygin o'chirib.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021