Get Mystery Box with random crypto!

#Premyera (19_18 18_07_2022) Maktub yozgin Maktub yozgin, me | SamandaR Muhiddinov (ARXIV)

#Premyera (19_18 18_07_2022)

Maktub yozgin

Maktub yozgin, menga ataylab,
Mayli unda, yolg'onlar bo'lsin.
Menga mehir, kerak desang bas,
Barcha mehrim, sen uchun bo'lsin.

Maktub jo'nat, ichi bo'sh bo'lsin,
Oq qog'ozing, ko'rib quvonay.
Barmoqlaring, silagan deya,
Shu qog'ozga, qarab suyunay.

Biz so'z yozgin, maktublaringda,
Qayerdasan deya, izlayin.
Yoki qalbim, qilgin parchalar,
Uni yana, yerdan termayin.

Maktub yozsam, senga tezgina,
Qayerlarda yuribsan, desam.
Azoblarni ichida qoldim,
Dema menga, bu yerdan ketsam.

Qaytishingni, so'rasan seni,
Ilojim yo'q, demagin aslo.
Seni yana, qancha sevay ayt,
Sevmaganman, demagin aslo.

Hikoyam bor, siz uchun deysan,
Hiyonat deb, nomlab qo'yganman.
Hop desangiz, o'qib beraman,
Siz uchun deb, asrab qo'yganman.

Yo'q demasman, yaxshi hikoya,
Garchi meni, qalbim tilsa ham.
Ovozingni, to'yib eshitay,
Keyin menga, azob bersa ham.

Shu so'zlarni, eshitib mendan,
Sen ham biroz, jimib qolasan.
Hikoyangni, o'qiysanmi deb,
Hazil qilsam, kulib qolasan.

Vaqtim yo'q deb, o'zingni olib,
Mendan tezda, uzoq ketasan.
Maktub yozib, turaman deding,
Ayt maktubing, qachon yozasan.

Maktub yozsang, yuragimga yoz,
Xatlaringni o'qib, yig'lasin.
Bir so'z yozgin, yuragim tig'lab,
To'ying kuni, borib o'ynasin.

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021