Get Mystery Box with random crypto!

#Arxivdan O'zingni asra Dunyoda borliging o'zi baxt men | SamandaR Muhiddinov (ARXIV)

#Arxivdan

O'zingni asra

Dunyoda borliging o'zi baxt menga,
Chin dildan sevaman, oshiqman senga,
Chin dildan sevaman, ishongin menga,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Seni sevamanda, onamdan kegin,
Baxtli bo'lamizda, azobdan kegin,
Baxtingni izlab oldimga kelgin,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Buxorodan seni, olib kelaman,
Onamga, seni kelin qilaman,
Ishonsang bo'lgani baxtli qilaman,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Farzandlarimni bo'lgin onasi,
Seni sevamanda, gapni lo'ndasi,
To'ydan kegin, deyay onasi,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Asragin o'zingni sevaman seni,
Sog'inch azobidan qutqargin meni,
Bugun ham ko'rayin, iltimos seni,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Bilaman qalbingda, bordir armonlar,
Senga ham kelgandi, sevgi arzonlar,
Yengolmas sevgim hech bir armonlar,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Esimda berganding, menga vadalar,
Ikkimiz qochamiz, degan qasamlar,
Ayirsa sevgimdan qilgan alamlar,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

Farzandlarimni bo'lgin onasi,
Seni sevamanda, gapni lo'ndasi,
To'ydan kegin, deyay onasi,
Ismigul men uchun o'zingni asra,

SamandaR Muhiddinov


@SamandaR_Muhiddinov_2021