Get Mystery Box with random crypto!

QOG'OZ QASR

Telegram kanalining logotibi qogoz_qasr — QOG'OZ QASR Q
Telegram kanalining logotibi qogoz_qasr — QOG'OZ QASR
Kanal manzili: @qogoz_qasr
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Qalbimda Qog'ozdan Qasr qurdim u yer buzilmasligi uchun doim sokin bo'lmog'i lozim

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-01-11 01:41:28 Yolg’izlik bizga bir umrlik yo’ldosh. Yolg’iz yashaymiz, yolg’iz o’lamiz. Do’stlik ? Sevgi ? bu shunchaki yolg’iz emasman deb o’ylash uchun zarur illyuziya. Sevgi ham, do’stlik ham boqiy emas. Bari o’tkinchi… Aytishlaricha o’lganimdan so’ng qalblarda yasharmushman, bundan menga nima naf ? O’lganimdan keyin qabrim ustiga qo’yiladigan gullardanchi ? Bunday ishlar xuddi jamiyatdagi mavqeni ko’z-ko’z qilib ko’rsatishdek takabburlikka o’xshaydi. Kim baland va qimmatbaho qabrtosh o’rnatsa marhumni shunchalik e’zozlaganini bildiradimi ? Yoki qabr ustiga u yaxshi ko’radigan orxedeyalarni qo’yish uni xursand qiladimi ? O’zingizni aldamang…

Vasil
7 viewsedited  22:41
Ochish/sharhlash
2023-01-10 21:56:26 #iqtibos

Endi, havoda qushdek uchishni, baliqdek suv ostida suzishni o‘rganib olganimizda, bizga faqat bir narsa yetishmayapti: yerda odamlarga o‘xshab yashashni o‘rganish…

Muvaffaqiyat bamisoli o‘limdir. Cho‘qqiga chiqdim deb quvonmang. Cho‘qqining to‘rt tomoni ham jar.

Hech narsa bilmagach,
gapirish qanday oson…

Aqlli odam dunyoga moslashishga harakat qiladi, aqlsiz odam esa dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham taraqqiyot doimo aqlsizlarga bog‘liqdir.

Bernard Shou
12 views18:56
Ochish/sharhlash
2023-01-10 20:56:25
Uydagilar: O'qish boshlanibdi o'qiyman deb o'qishga kirding ertaga o'qishga borasanmi.?

Men:
15 views17:56
Ochish/sharhlash
2023-01-10 20:49:21 #Biroz_sarkazm

Kecha boshlagan ishimni chala qoldirgandim.
Maqoldagi gap rost ekan hozir qor yog'yapti.
15 viewsedited  17:49
Ochish/sharhlash
2023-01-10 20:40:24 Safarlizm (oldindan uzr so’rayman)

Elchin Safarli ijodi yurtimizga kirib kelganiga adashmasam 4 yillar bo’ldi. Shunday davr bo’ldiki uni kitoblarini o’qish modaga kirdi va u yoshlar ongida “ilohiylashdi” (hozir bu holat biroz tinchigan). Hammaning qo’lida Safarli, hamma bir-biriga bu kitobni sovg’a qiladi, kitob borasida bahs ketsa Safarlini o’qiganmisiz va hokazolar. Kitob auditoriyasining asosini (deyarli barchasini) o’smirlar tashkil qiladi. Ularning asosi esa qizlar va maktab o’quvchilaridir.

Elchin Safarli kitoblari marketingni oliy namunasi, yutug’i esa hamma tushunadigan oddiy tilda yozilganligi, asosan tuyg’ularni jumbushga keltiradigan hozirgi yoshlar talabi bo’lgan “qisqa” manodor so’zlar bilan boyitilganligidadir. Ochig’i Elchin Safarlini kitoblarini sotib olib bemalol yaxshigina “status” kanal ochib yuborsangiz bo’ladi. Hoh ishoning yoki yo’q bu kitobni atayin instagram sahifasi uchun qo’yishga sotib olganlarni ko’rganman, “modadan” qolib ketmaslik maqsadida. 

Shaxsiy fikrim: Elchin Safarli balki yaxshi yozar ammo u buyuk yozuvchilar qatorida emas (bo’lmaydi ham). Har bir kitobxonning o'z saviyasi va o'zining darajasi bor. Hayoti davomida 2 ta kitob o’qigan va uning ikkalasi ham Safarlini kitoblari bo’lgan odamlar bilan ko’p tortishganman. Hammaning qarashlarini xurmat qilaman, uning kitoblarini o’qimang demayman shunchaki u sizning tasavvuringizdagidek ajabtovur emas. Umrim mobaynida sotib olib adashgan kitoblarim qatorida «1985» va «Dengiz haqida so’zlab ber menga» kitoblari birinchi va ikkinchi o’rinni hech qaysi kitobga bermay kelmoqda. Ammo tan olish kerak qizlarga sovg’a qilsa arzigulik kitob (bu uning yoqish ehtimolining yuqoriligi vajidan) ammo haqiqiy kitobxonlarga sovg’a qilishni maslahat bermayman. 

P.s/ Bir masal menga juda yoqadi: Ooo hayot  qanchalar go’zal depti, bir kuni cho’chqacha boshini balchiqqa suqib (tushungan tushundi )

@Qogoz_Qasr
16 views17:40
Ochish/sharhlash
2023-01-10 19:49:43
Chiroyli hikoya - ertaklardagidek ajoyib va ayni vaqtda o'ta hayotiy

Xullas, hikoya shunday. Bir kuni bitta Keytlin degan ayol avtomobilida bo'sh bak bilan yo'lda qolib ketadi. O'shanda uni yoniga Jonni ismli daydi bomj keladi va unga benzin uchun o'zining oxirgi pulini - buklanib ketgan $20ni beradi. Minnatdorchilik sifatida esa Keytlin Jonni uchun GoFundMe xayriya aksiyasini boshlaydi. Natija yomon emas - aksiyadan naq $400,000 dollar to'planadi. Bu hikoyaning ertaknamo qismi edi.

Endi hayotiy qismi. Jonni xayriya pulidan $75 ming dollar oladi. Lekin bundan rozi bo'lmagan bizning bomjimiz Keytlindan ko'proq talab qilib,sudga beradi. Bu ishni o'rganishni boshlaydilar va ma'lum bo'lishicha: bo'sh bak va benzin uchun 20 dollar haqidagi gaplar - g'irt uydirma bo'lib chiqadi. Ular oldindan o'zaro til biriktirishgan ekan. Endi Keytlin 14,000 ta donatchini aldagani sabab qamoqqa olingan. Jonnidan esa olgan $75 ming baksni ham qaytarib olishadi. Keytlin qamag'da, bomj ko'chada, odamlar esa pulga kuyib qolishdi...
18 viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2023-01-10 17:02:02
@Qogoz_Qasr
54 viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-01-10 15:03:14 #review #kino

"Nope!" ("Yo'q"), 2022

Gollivuddagi o'z ranchosida otlarga qarovchi, ularni parvarishlovchi afroamerikalik ota-bola bilan g'alati voqealar sodir bo'la boshlaydi. Otaning qo'qqisdan sirli o'limidan so'ng o'g'li fermada singlisi bilan yashay boshlaydi. Ammo atrofda sirli maxluq izg'ib yurgandi...

Yaxshi film. Aynan xorror jihatidan yoki intrigasi uchun emas, olib chiqqan fikrlari uchun. Boshida shouda rol ijro etgan makaka maymunining keyinchalik kutilmaganda quturib ketishi, O Jeyning Gollivudga olib borgan oti hurkib tepib yuborgan vaziyatlari ko'rsatiladi. Ya'ni shou uchun yirtqichni qo'lga o'rgatish mumkin, lekin faqat vaqtincha, u hech qachon qulga aylanmaydi.

Ikkinchi muhim element, albatta, — tomoshabinboplik. Aka-singil uchar maxluq borligini bilsalarda, qochib ketishmaydi, aksincha uni rasmga olib mashhur shou — Opraga chiqishga urinishadi. Mashhur operator esa imkonsiz kadrni suratga olish uchun halok bo'ladi. Tentak videodo'kon ishchisi esa nega buyoqda yuribdi, bu ham katta savol.
Xullas, maqsad shuki - inson tabiatidagi mashhur bo'lish, tanilish istagi ba'zan hatto jondan ham muhimroq bo'lishi mumkin ekan.

Filmni amerikaliklar auditoriyasiga mo'ljallangan, ayniqsa, Gollivudni ichkaridan biladiganlar yanada sevib tomosha qilar. Ammo men uchun bir martalik filmga aylandi.
155 views12:03
Ochish/sharhlash
2023-01-10 13:09:01 #iqtibos

Xotiralar bizni o'ldirmasada biroq chalajon qilib qo'yishi mumkin. Ular qarshisida biz himoyasizmiz...

Vasil
54 views10:09
Ochish/sharhlash
2023-01-10 13:02:11
Germanyalik rassom Filip Veberning ishlanmalari "Giper realistika" !

Mo'jiza shunday emasmi

Bir qariya aytgan edi: Bu borliqdagi barcha narsani iloji bor...ilojsizdek ko'ringanlari ko'proq vaqt talab qiladi xalos...
18 views10:02
Ochish/sharhlash