Get Mystery Box with random crypto!

#review #kino 'Nope!' ('Yo'q'), 2022 Gollivuddagi o'z rancho | QOG'OZ QASR

#review #kino

"Nope!" ("Yo'q"), 2022

Gollivuddagi o'z ranchosida otlarga qarovchi, ularni parvarishlovchi afroamerikalik ota-bola bilan g'alati voqealar sodir bo'la boshlaydi. Otaning qo'qqisdan sirli o'limidan so'ng o'g'li fermada singlisi bilan yashay boshlaydi. Ammo atrofda sirli maxluq izg'ib yurgandi...

Yaxshi film. Aynan xorror jihatidan yoki intrigasi uchun emas, olib chiqqan fikrlari uchun. Boshida shouda rol ijro etgan makaka maymunining keyinchalik kutilmaganda quturib ketishi, O Jeyning Gollivudga olib borgan oti hurkib tepib yuborgan vaziyatlari ko'rsatiladi. Ya'ni shou uchun yirtqichni qo'lga o'rgatish mumkin, lekin faqat vaqtincha, u hech qachon qulga aylanmaydi.

Ikkinchi muhim element, albatta, — tomoshabinboplik. Aka-singil uchar maxluq borligini bilsalarda, qochib ketishmaydi, aksincha uni rasmga olib mashhur shou — Opraga chiqishga urinishadi. Mashhur operator esa imkonsiz kadrni suratga olish uchun halok bo'ladi. Tentak videodo'kon ishchisi esa nega buyoqda yuribdi, bu ham katta savol.
Xullas, maqsad shuki - inson tabiatidagi mashhur bo'lish, tanilish istagi ba'zan hatto jondan ham muhimroq bo'lishi mumkin ekan.

Filmni amerikaliklar auditoriyasiga mo'ljallangan, ayniqsa, Gollivudni ichkaridan biladiganlar yanada sevib tomosha qilar. Ammo men uchun bir martalik filmga aylandi.