Get Mystery Box with random crypto!

Chiroyli hikoya - ertaklardagidek ajoyib va ayni vaqtda o'ta h | QOG'OZ QASR

Chiroyli hikoya - ertaklardagidek ajoyib va ayni vaqtda o'ta hayotiy

Xullas, hikoya shunday. Bir kuni bitta Keytlin degan ayol avtomobilida bo'sh bak bilan yo'lda qolib ketadi. O'shanda uni yoniga Jonni ismli daydi bomj keladi va unga benzin uchun o'zining oxirgi pulini - buklanib ketgan $20ni beradi. Minnatdorchilik sifatida esa Keytlin Jonni uchun GoFundMe xayriya aksiyasini boshlaydi. Natija yomon emas - aksiyadan naq $400,000 dollar to'planadi. Bu hikoyaning ertaknamo qismi edi.

Endi hayotiy qismi. Jonni xayriya pulidan $75 ming dollar oladi. Lekin bundan rozi bo'lmagan bizning bomjimiz Keytlindan ko'proq talab qilib,sudga beradi. Bu ishni o'rganishni boshlaydilar va ma'lum bo'lishicha: bo'sh bak va benzin uchun 20 dollar haqidagi gaplar - g'irt uydirma bo'lib chiqadi. Ular oldindan o'zaro til biriktirishgan ekan. Endi Keytlin 14,000 ta donatchini aldagani sabab qamoqqa olingan. Jonnidan esa olgan $75 ming baksni ham qaytarib olishadi. Keytlin qamag'da, bomj ko'chada, odamlar esa pulga kuyib qolishdi...