Get Mystery Box with random crypto!

Safarlizm (oldindan uzr so’rayman) Elchin Safarli ijodi yurt | QOG'OZ QASR

Safarlizm (oldindan uzr so’rayman)

Elchin Safarli ijodi yurtimizga kirib kelganiga adashmasam 4 yillar bo’ldi. Shunday davr bo’ldiki uni kitoblarini o’qish modaga kirdi va u yoshlar ongida “ilohiylashdi” (hozir bu holat biroz tinchigan). Hammaning qo’lida Safarli, hamma bir-biriga bu kitobni sovg’a qiladi, kitob borasida bahs ketsa Safarlini o’qiganmisiz va hokazolar. Kitob auditoriyasining asosini (deyarli barchasini) o’smirlar tashkil qiladi. Ularning asosi esa qizlar va maktab o’quvchilaridir.

Elchin Safarli kitoblari marketingni oliy namunasi, yutug’i esa hamma tushunadigan oddiy tilda yozilganligi, asosan tuyg’ularni jumbushga keltiradigan hozirgi yoshlar talabi bo’lgan “qisqa” manodor so’zlar bilan boyitilganligidadir. Ochig’i Elchin Safarlini kitoblarini sotib olib bemalol yaxshigina “status” kanal ochib yuborsangiz bo’ladi. Hoh ishoning yoki yo’q bu kitobni atayin instagram sahifasi uchun qo’yishga sotib olganlarni ko’rganman, “modadan” qolib ketmaslik maqsadida. 

Shaxsiy fikrim: Elchin Safarli balki yaxshi yozar ammo u buyuk yozuvchilar qatorida emas (bo’lmaydi ham). Har bir kitobxonning o'z saviyasi va o'zining darajasi bor. Hayoti davomida 2 ta kitob o’qigan va uning ikkalasi ham Safarlini kitoblari bo’lgan odamlar bilan ko’p tortishganman. Hammaning qarashlarini xurmat qilaman, uning kitoblarini o’qimang demayman shunchaki u sizning tasavvuringizdagidek ajabtovur emas. Umrim mobaynida sotib olib adashgan kitoblarim qatorida «1985» va «Dengiz haqida so’zlab ber menga» kitoblari birinchi va ikkinchi o’rinni hech qaysi kitobga bermay kelmoqda. Ammo tan olish kerak qizlarga sovg’a qilsa arzigulik kitob (bu uning yoqish ehtimolining yuqoriligi vajidan) ammo haqiqiy kitobxonlarga sovg’a qilishni maslahat bermayman. 

P.s/ Bir masal menga juda yoqadi: Ooo hayot  qanchalar go’zal depti, bir kuni cho’chqacha boshini balchiqqa suqib (tushungan tushundi )

@Qogoz_Qasr