Get Mystery Box with random crypto!

QOG'OZ QASR

Telegram kanalining logotibi qogoz_qasr — QOG'OZ QASR Q
Telegram kanalining logotibi qogoz_qasr — QOG'OZ QASR
Kanal manzili: @qogoz_qasr
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Qalbimda Qog'ozdan Qasr qurdim u yer buzilmasligi uchun doim sokin bo'lmog'i lozim

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-10 12:24:49
Mavzudan qolib ketmaylik
168 views09:24
Ochish/sharhlash
2023-01-10 10:59:03 Sizdan juda xafa bo'lgan odamlarni qadrlang, aynan ular sizni rostmana sevishadi. Unday bo'lmaganda edi, o'zlari doim takidlashgandek, keraksiz inson bo'lganingiz uchun bariga qo'l siltagan bo'lishar edi...

Vasil

P.s/ Biroq bu - qadrlashlarini aniqlash uchun, ularni xafa qilish kerak degani emas.

@Qogoz_Qasr
18 views07:59
Ochish/sharhlash
2023-01-10 09:29:32
#parcha

Tasavvur qiling, butun fojia shundaki, uning ko’ksida itnikimas, allaqachon inson yuragi urib turibdi. Boz ustiga, tabiatdagi barcha mavjudotlar yuragi ichida eng iflosi va yaramasi.

"Ityurak " Mixail Bulgakov

@Qogoz_Qasr
19 viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2023-01-09 23:32:33 ​​Bilasiz XXI asr odamlari nisbatan stress va depressiyaga moyillar. Bugun Melanxoliklar va ularnning xususiyatlari haqida yozmoqchiman:

Ular kuchli xursandchilikni his qilishlari biroq shu onda biror kichik salbiy narsa yuz bersa kayfiyatlari tezda g’amginlik bilan almashinishi mumkin. Kayfiyat borasida ular juda beqarordirlar.
Melanxoliklar mukammallikga intiladilar (perfectionist) va o’zlari uchun nihoyatda yuqori standartlarni qo’yadilar agarda natija ular kutganidek bo’lmasa g’azablanadilar.
Ular juda sadoqatli insonlar bo’lib, o’zlari ishongan odamlarga bemalol ko’ngillarini ochadilar va ko’pincha bir umrlik do’st bo’lib qoladilar. Biroq do’st tanlashda o’ta talabchanlar.
Tasavvur qilish qobilyati juda yaxshi rivojlangan bo’lib, ijodkorlikka moyil shaxsdirlar.
His qilish qobilyatlari esa yuqori bo’lib, boshqalarning ham g’amlari sabab tushkunlikka tushib qoladilar.
Ular nimalarga qodir va nimaga erisha olmasliklarini yaxshi bilishadi.
Bahslarni yaxshi ko’rishadi biroq mag’lubiyat ularni tushkunlikka tushirib qo’yadi, ko’pincha mag’lubiyatni qabul qilolmaydilar.
Tanqidlarni qabul qiladilar biroq qattiq ta’sirlanishlari mumkin.
Shovqinli bazmlar, turli xil ko’ngil ochishlardan ko’ra kitob o’qishni maqul ko’radilar.
Melanxoliklar intorvertlar hamdir (yolg’iz qolishni xush ko’ruvchi inson) ko’pincha haddan ortiq o’ychan holatda bo’ladilar.
Sabr borasida melanxoliklar o’rnak bo’lsa arzigulik shaxslardir, ulardan ideal ota-ona chiqadi. Tinglashni va maslahat berishni biladilar.
Hayotdagi o’zgarishlarni qabul qilishlari biroz qiyin kechadi, o’zgarishlarni xushlamaydilar.
Depressiyaga tushish ular uchun odatiy hol bo’lib dunyoda o’z joniga qasd qilayotgan odamlarning ko’pchiligi melanxoliklardir.
Melanxoliklar ma’suliyatli shaxslar bo’lib, tartibni yaxshi ko’rishadi va biror ishga kirishsalar ko’pincha yakuniga yetkazmay qo’ymaydilar.
Vincent Van Gogh va Eynshteyn ham melanxolik bo’lgan.

Siz ham melanxolikmisiz ?

@Qogoz_Qasr
26 viewsedited  20:32
Ochish/sharhlash
2023-01-09 23:25:56 #iqtibos

Men maktablarda, siz hamma joyda ko'rgan odamlardan ko'ra ko'proq buzuqlarni ko’rganman.

Sizga aytmoqchi bo'lgan juda ko'p narsam bor va men boshlamoqchi emasman.

Kimnidir tushkunlikka tushirish yoki xafa qilish uchun yomon odam bo'lish shart emas - siz yaxshi odam bo’lib ham buni eplay olasiz.

David Selinjer
23 views20:25
Ochish/sharhlash
2023-01-09 23:16:01
Endi ko'z yoshlarim, menga begona.

@Qogoz_Qasr
26 views20:16
Ochish/sharhlash
2023-01-09 20:55:30
O'zingizga yoqadigan biror jumla qoldiring

@Qogoz_Qasr
30 views17:55
Ochish/sharhlash
2023-01-09 20:44:39 #tafsiya

Kino haqida gap ketganda meni Agata Kristini kinolari yoqadi.
Masalan: "Sharqiy expresdagi qotillik" "Nildagi qotillik" va "O'nta negir bolasi" fimlari va "Yashil Makon" filmlarini tafsiya qila olaman.

Ramantika haqida esa "Muxabbat Masofasi" "Samolardan Balandda" va "Ilk uchrashuv"
29 views17:44
Ochish/sharhlash