Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi qalbanyaqinsiz — . Q
Telegram kanalining logotibi qalbanyaqinsiz — .
Kanal manzili: @qalbanyaqinsiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Сизлардан биронтангиз ўзи яхши кўрган нарсани биродарига раво кўрмагунича мўмин бўлмайди”, дедилар”.
(Бухорий ва Муслим ривоят қилган.)
#Тафсия: @ilmnuribot
#Админ @QalbanYaqinsizBot

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-12-30 16:29:02
Nechun men dedi....
Nechun meni sevding dedi...
Kulimsiradim va dedim:
- Alloh istadi, qalb itoat etdi..!

@QalbanYaqinsiz
356 views13:29
Ochish/sharhlash
2022-12-30 11:17:02
Ayollarga eslatma...

Agar oila qurishingiz kechikayotgan bo‘lsa, Xadicha onamizni yodga oling. U zot sabr qildilar va dunyodagi eng afzal inson - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam - u kishini o‘z nikohlariga oldilar.

Agar oila qura olmagan bo‘lsangiz, Maryam onamizni yodga oling. Alloh bu zotni umr yo‘ldoshsiz ham dunyo va oxiratda darajalarini oliy qildi.

Bordiyu, Allohga osiy bo‘lgan bir erkakka uchragan bo‘lsangiz, Fir’avnning ayolini yodga oling. Alloh uni jannatiy ayollardan qildi.

Agar nikohingiz buzilgan bo‘lsa, ushbu oyatni eslang: «Agar ajrashsalar, Alloh o‘z fazli bilan har birini behojat qilur».
                                    
@QalbanYaqinsiz
458 views08:17
Ochish/sharhlash
2022-12-30 07:46:25 ​​ Duoim qabul bo‘lsin desangiz...

Jaziriy o‘z asarlarida duolar qabul
bo‘lishining quyidagi shartlarini zikr
qilganlar:

1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo‘lmasligi lozim.
2. Duo paytida ixlosli bo‘lishi zarur.
3. Musulmonlarga qarshi bo‘lmasligi kerak.
4. Kiyimlari g‘oyat toza bo‘lishi darkor.
5. Tahoratli bo‘lishi lozim.
6. Qiblaga yuzlangan holda duo qilishi zarur.
7. Tiz cho‘kib o‘tirgan holda duo qilsin.
8. Avval nafl namozi o‘qimog‘i darkor.
9. Xayr-ehsonlar qilishi kerak.
10. Kambag‘allar va ilm toliblarini
xursand qilsin.
11. Duoni Alloh taologa hamd-sanolar bilan boshlamog‘i lozim.
12. Payg‘ambarimizga, barcha nabiylarga, as'hobi kiromga salovot-durudlar aytmog‘i zarur.
13. Eng afzal salovot-namozdagi
«Allohumma solli», «Allohumma barik»niqancha ko‘p o‘qisa, duosi shuncha tez qabul bo‘ladi.
14. Qo‘llarini ko‘ksi barobar ko‘tarib, hovuchlarini ochib, kaftlarini
birlashtirib duo qilmog‘i darkor.
15. Duo odobiga rioya qilmog‘i kerak.
16. Alloh taologa xushu’ va xuzu’ bilan yolvormog‘i lozim.
17. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Asmai husna)ni o‘qib, tilagini tilamog‘i zarur.
18. Hafif (muloyim) ovoz bilan Alloh taologa yolvormog‘i kerak.
19. Gunohlarini e’tirof etib, Allohdan afv va mag‘firat so‘rashi darkor.
20. Payg‘ambarlardan vorid bo‘lgan sahih duolarni o‘qimog‘i lozim.
21. Duolarni takror-takror aytmog‘i zarur.
22. Tilagini qalb huzuri bilan so‘rasin.
23. Duosini hamdu-sano va salovotu durudlar bilan yakunlamog‘i kerak.
24. Qo‘llarini duodan so‘ng yuziga surtsin.
25. Va duosi qabul bo‘lishini umid
qilmog‘i darkor.

Shuni unutmaslik kerakki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duoda dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar.

@QalbanYaqinsiz
497 views04:46
Ochish/sharhlash
2022-12-30 02:14:02
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
       ва Роҳматуллоҳ   
        ва Барокатуҳ 

      ЖУМА МУБОРАК
    ▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔▔
Кунларнинг шоҳидир ЖУМА айёми,

Шу сабаб улуғдир бу куннинг  номи.

Улуғ зот бормикан Аллоҳдан бўлак,

Мусулмон аҳлига ЖУМА МУБОРАК!


@QalbanYaqinsiz
564 views23:14
Ochish/sharhlash
2022-12-29 16:42:02
Baxtli boʻlasiz...

Kecha telbalardek qayg‘u chekkan narsalaringizga ertaga “Nega o‘zimni buncha qiynadim” deb afsus chekasiz... Kecha tashvishlantirib tunlaringizni kunga ulagan narsalar uchun ertaga pushaymon bo‘lasiz... Kechagi kuningizga shu qadar ko‘p bog‘langansizki, ertangi kunlaringizda sizga esh bo‘lajak baxtlarni ko‘rolmayapsiz... O‘sha kun kelganda shunday baxtli bo‘lasizki, hamma narsa kechagi kuningizda qolib ketadi...!

- Erdog‘an Yildirim

@QalbanYaqinsiz
601 views13:42
Ochish/sharhlash
2022-12-29 12:34:02
Janjal chiqmasin deb sukut saqlagan paytlarim, ozor chekmasin deb indamagan masalalarim va kimnidir yo'qotmaslik uchun bir qadam orqaga chekingan onlarim bo'ldi... Endi tushunyapmanki, ba'zi janjallarning chiqishi, ba'zi yuraklarning ozor chekishi, ba'zi insonlar hayotimizdan ketishi kerak ekan... Tinmay kishilarning ko'ngliga qarash ― behuda tirishishdan bo'lak narsa emas ekan...

@QalbanYaqinsiz
615 views09:34
Ochish/sharhlash
2022-12-29 08:34:01 ​​ Paygʻambarning jannatdagi qoʻshnisi...

Dunyoda necha-necha podshohlar, paygʻambarlar, avliyolar, ulamolar, olimlar borki, bularning barchasini toʻqqiz oy qiyinchilik, mashaqqat ila bu dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan zot – bu moʻtabar, mushtipar ona.
Rivoyatlarda kelishicha, Muso alayhissalom oʻziga jannatda kim qoʻshni boʻlishini bilish istagida Alloh taologa iltijo qildilar. Bir kuni shunday nido keldi: “Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi qoʻshning va doʻsting boʻladi...”. Muso alayhissalom qiziqib, qassob qaysi ibodati uchun bunga munosib koʻrilganini bilish niyatida yoʻlga chiqdilar. Borib qassobni axtarib topdilar. Qassob hazrati Musoning haq paygʻambar ekanini bilgan va bunga imon keltirgan, lekin paygʻambarning oʻzini koʻrmagan edi, shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob hazrati Musoni uyiga olib ketdi. Taom tayyorlab, dasturxon tuzadi. Ovqatlanishga kirishishdan oldin u devorga osigʻliq bir savatni yerga tushirdi va undan qimirlashga madori qolmagan bir qari kampirni chiqardi. Xuddi goʻdakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana savatga solib, devorga ilib qoʻydi. Shunda kampir nimalardir deb pichirladi. Uning nima deyayotganini tushunmagan Muso alayhissalom qassobdan soʻradi: “Bu kampir kimingiz boʻladi?”
Qassob: “Bu ayol mening onam. Oʻtirib-turishga, yeb-ichishga madorlari yetmaydi. Shuning uchun oʻzim ovqatlantiraman, suv ichiraman, tozaliklariga qarayman. Koʻlimdan kelganicha xursand qilishga urinaman”, dedi.
Muso alayhissalom: “Hozirgina nimadir deb pichirlagandi, shunda nima dedi?” deb soʻradilar.
Qassob: “Parvardigorim, men oʻgʻlimdan roziman, Sen ham undan rozi boʻl! Jannatda uni hazrati Musoga qoʻshni qil, deb duo qildi”, dedi.
Shunda Muso alayhissalom oʻzini tanitish vaqti kelganini tushundi va: “Men Allohning paygʻambari Musoman. Allohdan jannatdagi qoʻshnim kim boʻlishini bildirishini soʻrab iltijo qilgan edim. Janobi Haq sen ekaningni maʼlum qildi. Senga xushxabar boʻlsin, onangga qilgan xizmatlaring evaziga Alloh sendan rozi boʻldi. Onang duosini qabul ayladi va seni jannatda menga qoʻshni qildi”, dedilar.

Salimjon qori Qodirov –
“Ayolni eʼzozlagan din” kitobi

@QalbanYaqinsiz
689 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-12-29 05:27:03
Agar kimnidir chindan yaxshi koʻrsangiz, undan hech narsa kutmang, hech narsa talab qilmang... Shunchaki duo qiling... Uning hotirjamligi uchun, sogʻligʻi uchun, muvaffaqiyati uchun, baxti uchun... Ana shundan keyingina, men uni Alloh yoʻlida yahshi koʻraman desangiz, yarashadi... Boshqasi bekor...

@QalbanYaqinsiz
664 views02:27
Ochish/sharhlash
2022-12-28 18:27:01
Oʻrgan...

Yigʻi paytida ham kulishni oʻrgan...
Mayli,  seni gʻamdan “oʻlmadi”  desin...

Kimgadir tasalli berishni oʻrgan...
“Bu tabib hech kasal boʻlmadi!”  desin...

Soʻlish paytida ham gullashni oʻrgan...
“Gʻunchalari ayoz koʻrmadi!”  desin...

Yiqilganni mudom qoʻllashni oʻrgan...
“Yuzga boqqulik hol qolmadi!”  desin...

Uyalsin,  uyalsin...  Qilganlaridan...
Seni mudom yerda- hor koʻrganlaridan...

Sabring omon boʻlsin,  soʻylama- ohing...
Alloh oʻzi boʻlsin- sening panohing...

@QalbanYaqinsiz
739 views15:27
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:29:33
@QalbanYaqinsiz
704 views12:29
Ochish/sharhlash