Get Mystery Box with random crypto!

.

Telegram kanalining logotibi qalbanyaqinsiz — . Q
Telegram kanalining logotibi qalbanyaqinsiz — .
Kanal manzili: @qalbanyaqinsiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Сизлардан биронтангиз ўзи яхши кўрган нарсани биродарига раво кўрмагунича мўмин бўлмайди”, дедилар”.
(Бухорий ва Муслим ривоят қилган.)
#Тафсия: @ilmnuribot
#Админ @QalbanYaqinsizBot

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 12:23:02
Haqiqiy ishq

Bir darvesh quchogʻida olma koʻtargancha yonidan oʻtib ketayotgan qizga dedi:

- Qayerga ketayapsan, quchogʻingda koʻtarganing olmalar nima uchun?

Qiz:

- Sevganim shu atrofda ishlaydi, olmalarni u uchun olib boryapman.

Darvesh:

- Qoʻlingda necha dona olma bor?

Qiz nihoyatda sokinlik bilan:

- Hech vaqtda inson sevgani uchun olib ketayotgan narsaning ham hisobini qiladimi?

Darvesh qoʻlidagi tasbeh donalarini ohista uzdi...

@QalbanYaqinsiz
724 views09:23
Ochish/sharhlash
2022-12-28 09:19:02
"Ket" deb haydolmasam, netaman....
"Kel" deb aytolmasam, netaman....
Seni osmonimga olib ketaman....
Seni osmonimga olib ketaman...!

Oʻylamay deymanu, oʻylamay boʻlmas....
Oʻtsang sen tomon bir boʻylamay boʻlmas....
Sen mening hammadan yashirgan sirim...
Mening ertagimsan, soʻylamay boʻlmas...!

@QalbanYaqinsiz
678 views06:19
Ochish/sharhlash
2022-12-28 05:58:10
Nomahram boʻladi...

@QalbanYaqinsiz
784 views02:58
Ochish/sharhlash
2022-12-27 16:31:03
Sizga jahl qilmoqchi boʻlgan kimsa dunyodagi eng yaxshi inson boʻlsangiz ham baribir sabab topadi...

Sizdan ketmoqchi boʻlgan kimsa, unga qancha mehr-muhabbatingizni tortiq qilmang, baribir ketadi...

Va yana xuddi shunday, kechirishni, sevishni istagan inson unga eng qattiq azobni bergan boʻlsangiz ham sizni qalbida saqlab yurish uchun sabab topa oladi... Aslida sababni oʻzi kerak emas, unga bu dunyoda borligingizni oʻzi kifoya...!

Farqi sizning yaxshi yoki yomonligingizda emas, qarshingizdagi insonning oldida qadr-qiymatingiz neqadar va qanchalik ekanligida...!

@QalbanYaqinsiz
774 views13:31
Ochish/sharhlash
2022-12-27 12:28:02
Qoʻlingizdan ketgan narsalar uchun achinmang demak, sizning nasibangiz emas ekan...

Hayotingizdan chiqib ketgan va chiqib ketmoqchi boʻlgan insonlarni qaytarishga urinmang demak, hayotingizda oʻz rollarini ijro etib boʻlibdilar...

Yoʻqotgan sogʻligingizga, sizga kelgan bemorlikdan qaygʻuga botmang demak, Alloh sizni sevadi... gunoxlaringiz toʻkilmoqda...

Yoʻqotganlarimiz yaxshi edi.. demang, Alloh undanda yaxshisini beradi Inshaalloh... demak siz uchun hayrli boʻlgani shu...
Hammasi yaxshi boʻladi  boshqacha boʻlishi mumkin ham emas...

Hech qachon “yomon yashayabman“ demang. Alloh “sen yomon yashash nimaligini bilmaysan hali” deb oʻn karra yomon taqdirga roʻpara qiladi...

Har nima boʻlgan taqdirda xam ”Yaxshi yashayapman“ deyishdan charchamang...
Shunda “Alloh” - “sen yaxshi xayot qanaqaligini bilmabsan” deb sizga oʻn karra yaxshi hayot tuxfa etadi, Inshaalloh..!

@QalbanYaqinsiz
894 views09:28
Ochish/sharhlash
2022-12-27 08:25:11
Siz bir bora eslab yo'qlamaslikka, men esa hech qachon unutmaslikka kelishgandekmiz go'yo...

@QalbanYaqinsiz
747 views05:25
Ochish/sharhlash
2022-12-27 05:42:51 ​​Uyg‘ondingmi do‘stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan.
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Yomon tush ko‘rdingmi,
Bu emas qayg‘u!
"Nimalar kirmaydi tushga...",-deganlar,
Tasavvur qilgina,
Millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o‘qidim,
Bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.

Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil,
Ulg‘ayib qoldilar ancha,
Eh do‘stim, nolima, yorug‘ olamda,
Tirnoqqa zor bo‘lib yurganlar qancha...

Ming shukur,
Yurting tinch,
Ro‘zg‘oring butun,
Tomoqdan suv o‘tar, ko‘zlaring ravshan.
Bilmasang bilib qo‘y,
Minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay...
Yig‘larkan!!!

@QalbanYaqinsiz
952 views02:42
Ochish/sharhlash
2022-12-26 18:31:25
Ishonch...

Аtir solingan shishacham tushib ketib sinib maydalanib ketdi. Koʼp xafa boʼldim. Аmmo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Muattar hiddan koʼp muddat bahramand boʼldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani muattar qilmas edi. Bildimki, u xonani muattar qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan. Goho qalbing yoki ichingdagi bir narsa sinadi. Ishon, uning singaniga sabab, ichidagi goʼzallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingda yangi tajribaga ega boʼlasan. Аqling ziyoda boʼladi , fikrlashing oʼzgaradi.
Demak, qalbing sinsa, yoki sindirilsa xafa boʼlma, Аlloh seni yanada afzalroq boʼlishingni iroda qilayapti.
"Ehtimol siz yomon koʼrgan narsada Аlloh koʼp yaxshiliklar qilar".

@QalbanYaqinsiz
862 views15:31
Ochish/sharhlash