Get Mystery Box with random crypto!

​​ Duoim qabul bo‘lsin desangiz... Jaziriy o‘z asarlarida du | .

​​ Duoim qabul bo‘lsin desangiz...

Jaziriy o‘z asarlarida duolar qabul
bo‘lishining quyidagi shartlarini zikr
qilganlar:

1. Yeydigan, ichadigan, kiyadigan narsalari va yashaydigan yerlari haromdan bo‘lmasligi lozim.
2. Duo paytida ixlosli bo‘lishi zarur.
3. Musulmonlarga qarshi bo‘lmasligi kerak.
4. Kiyimlari g‘oyat toza bo‘lishi darkor.
5. Tahoratli bo‘lishi lozim.
6. Qiblaga yuzlangan holda duo qilishi zarur.
7. Tiz cho‘kib o‘tirgan holda duo qilsin.
8. Avval nafl namozi o‘qimog‘i darkor.
9. Xayr-ehsonlar qilishi kerak.
10. Kambag‘allar va ilm toliblarini
xursand qilsin.
11. Duoni Alloh taologa hamd-sanolar bilan boshlamog‘i lozim.
12. Payg‘ambarimizga, barcha nabiylarga, as'hobi kiromga salovot-durudlar aytmog‘i zarur.
13. Eng afzal salovot-namozdagi
«Allohumma solli», «Allohumma barik»niqancha ko‘p o‘qisa, duosi shuncha tez qabul bo‘ladi.
14. Qo‘llarini ko‘ksi barobar ko‘tarib, hovuchlarini ochib, kaftlarini
birlashtirib duo qilmog‘i darkor.
15. Duo odobiga rioya qilmog‘i kerak.
16. Alloh taologa xushu’ va xuzu’ bilan yolvormog‘i lozim.
17. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Asmai husna)ni o‘qib, tilagini tilamog‘i zarur.
18. Hafif (muloyim) ovoz bilan Alloh taologa yolvormog‘i kerak.
19. Gunohlarini e’tirof etib, Allohdan afv va mag‘firat so‘rashi darkor.
20. Payg‘ambarlardan vorid bo‘lgan sahih duolarni o‘qimog‘i lozim.
21. Duolarni takror-takror aytmog‘i zarur.
22. Tilagini qalb huzuri bilan so‘rasin.
23. Duosini hamdu-sano va salovotu durudlar bilan yakunlamog‘i kerak.
24. Qo‘llarini duodan so‘ng yuziga surtsin.
25. Va duosi qabul bo‘lishini umid
qilmog‘i darkor.

Shuni unutmaslik kerakki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duoda dunyo va oxirat saodatini tilamoqni tavsiya etganlar.

@QalbanYaqinsiz