Get Mystery Box with random crypto!

Ayollarga eslatma... Agar oila qurishingiz kechikayotgan bo | .

Ayollarga eslatma...

Agar oila qurishingiz kechikayotgan bo‘lsa, Xadicha onamizni yodga oling. U zot sabr qildilar va dunyodagi eng afzal inson - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam - u kishini o‘z nikohlariga oldilar.

Agar oila qura olmagan bo‘lsangiz, Maryam onamizni yodga oling. Alloh bu zotni umr yo‘ldoshsiz ham dunyo va oxiratda darajalarini oliy qildi.

Bordiyu, Allohga osiy bo‘lgan bir erkakka uchragan bo‘lsangiz, Fir’avnning ayolini yodga oling. Alloh uni jannatiy ayollardan qildi.

Agar nikohingiz buzilgan bo‘lsa, ushbu oyatni eslang: «Agar ajrashsalar, Alloh o‘z fazli bilan har birini behojat qilur».
                                    
@QalbanYaqinsiz