Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 123

2022-01-05 12:01:01
Yaxta sotib olish uchun qanchalik boy bo'lish kerak?

Yaxta haqida gap ketganda hashamatli va boy insonlar hayoti tasavvur qilinadi. Xo'sh, yaxta sotib olish uchun qancha pul kerak. Yaxta narxlarini o'rgandik.

2yachts saytida 50 mingdan ziyod sotuvga qo'yilgan yaxtalar mavjud. Narxlar $30 000 dan boshlanib $300-$400 mln dollargacha chiqadi.

Yuqoridagi suratda har xil kategoriyadagi 4 ta yaxta:
1. 7 metrlik mini yaxta - Baby Joanne (2013-yil, Malaysiya) .
Narxi: $30 000
2. Maiora 20 (1995) - 21 metr, Italiya.
Narxi: $320 870
3. Maiora 33 DP (2007) - 33 metr, Italiya
Narxi: $4 317 160
4. Moonen 100 Explorer (2019) - BAA, Dubai
Narxi: $197 189 200

Yaxta juda ko'p xarajat talab qiladigan transport hisoblanadi. Agar yangi yaxta sotib olsangiz, yaxta narxining 7%-10% miqdorida pul faqatgina yaxtaga sarflanadi.

Yillik xarajatlar asosan, transport solig'i, sug'urta, parkovka, sayohat davomdia posrtdagi ijara, ta'mir xarajatlari va ishchi personal xarajatlari.

@NarxiQancha — Narxlari haqidagi #1 blog!
7.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-04 15:01:01
GIPHY — gif jo'natish platformasining narxi qancha?

Telegramda gif jo'natmoqchi bo'lsangiz o'zingiz xohlagan gifni GIPHY qidiruv tizimi orqali izlashingiz mumkin. Bu platforma hozirgacha Telegram, Instagram va Viber tarmoqlarida qo'llanilar edi.

Ushbu platformani 2020-yili 15-may kuni Facebook kompaniyasi sotib oldi. Endi bunday giflardan facebookta ham foydalanish mumkin. Bu platforma Facebook uchun $400 mln ga tushdi.

@NarxiQancha | Manba
6.6K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-01-03 12:01:01
Dunyodagi eng qimmat qurilishga ega aeroprortning qurilish narxi qancha?

Yaponiyaning Osaka ko'rfazida qurilgan Kansay xalqaro aeroporti quruqlikda emas, balki sun'iy orolda qurilgan dunyodagi birinchi aeroport hisoblanadi.

Insoniyat tarixidagi eng qimmat 10 infratuzilma tarkibiga kiruvchi ushbu aeroprotni qurishga butun besh yil davomida qirg'oqdan 4 kilometr uzoqlikdagi sun'iy orol yaratilgan. Havo portining birinchi bosqichi qurilishi 1994 yilda, ikkinchi bosqichi 2007 yilda yakunlangan qurilish ishlariga $15 mlrd (infilyatsiya bilan $26,22 mlrd) ya'ni o'sh vaqtdagi budjetning 40% sarflangan.

Bugungi kunda sun'iy orolni saqlab qolish uchun har yili $560 mln ajratiladi. Samalyotlardan olinadigan boj (Masalan har bir Boeng -747 samalyotlaridan $7500) ham pasligi evaziga sezilarli darajada reyslar soni oshgan.

@NarxiQancha | Manba
7.5K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-01-02 12:06:11
Hayvonlar ovqatini tanovul qiladigan maxsus ishchi odamlar qancha pul topadi?

Hayvonlar uchun maxsus ovqatlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tovarning sifati a'lo darajada bo'lishi uchun ularni degustatsiyadan o'tkazuvchi ishchilarni yollashadi. Bunday noodatiy ishdan keladigan daromad yiliga $30 000 tashkil etadi. Kuchli mutaxassislar esa hattoki $75 000 gacha olishlari mumkin.

Yollangan ishchida ta'm bilish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo'lishi va bu turdagi har qanday yeguliklarni tatib ko'rishga tayyor turishi kerak.

@NarxiQancha | Manba
7.5K views09:06
Ochish/sharhlash
2022-01-01 17:01:01
Dunyodagi eng qimmat shokolad narxi qancha?

Bu shirinlikni portugaliyalik konditer Daniel Gomes tayyorladi. Mahsulotni tayyorlashda shafran ipi, oq tryufel, madagaskar vanili va sirli masalliq ishlatilgan. Konfetning tashqi tarafi 23 karatli oltin bilan bezatilgan.

Uning narxi €7728 baholangan.

@NarxiQancha | Manba
6.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2022-01-01 13:31:01
Avstraliyada 1 quti sigaret puliga nimalar olsa bo'ladi?

Sigaretlar eng qimmat narxda sotiladigan davlatlardan biri Avstraliya hisoblanadi.

Bu davlatda 1 quti sigaret puliga bir dunyo iste'mol mahsulotlarini xarid qilsa bo'ladi.
Ya'ni 1 quti sigaret narxi $56,95 bo'lsa, bu pulga suratdagi barcha mahsulotlarni xarid qilsa bo'ladi.

Ular: banan, sosiska, tomat, non, sut, sabzi, qo'y go'shti va boshqa mahsulotlar.

@NarxiQancha | Manba
9.6K views10:31
Ochish/sharhlash
2021-12-31 14:31:01
Afsonaviy deraza

1963-yili 22-noyabr kuni AQSh prezidenti Jorj Kennedy peshonasidan otib o'ldirilgan. Qotil esa sobiq dengiz piyoda askari Le Harvi Osvald edi.

Osvald o'z ishini ko'p qavatli bino ichida, derazadan snayper bilan amalga oshirgan. Yaqin yillar ichida shu deraza auksionga qo'yilgan edi va $3 mln ga sotildi.

@NarxiQancha | Manba
6.9K views11:31
Ochish/sharhlash
2021-12-31 11:01:01
Makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish biznesidan qancha daromad qilsa bo'ladi?

Makaron mahsulotlariga bo'lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Bunday biznesning o'rta darajadagi liniyasini yaratish uchun dastlab $10 000-$15 000 atrofida sarmoya talab etiladi va shunga yarasha daromadi ham yuqori bo'ladi.

Xo'sh bu biznes uchun ketdigan xarajatlar:
— Ishlab chiqarish liniyasini sotib olish $4000-$5000
— Binolarni ta'mirlash, konditsionerlarni o'rnatish - $800-$1000
— Mebellar uchun - $1000-$2000
— Reklama xarajatlari ‐ $300-$400
— Boshqa xarajatlar - $1000-$2000
— Ish haqi (10ta xodim atrofida) - $2000-$3000
— Bino ijarasi - $500-$700
— Transport xarajatlari - $500
— Kutilmagan xarajatlar - $500

Bunday sarmoya orqali boshlangan bu liniyada oyiga taxminan 36 tonna mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Undan tushgan tushum esa oylik xarajatlardan tashqari $3000-$4000 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Manba
7.9K views08:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 16:01:01
Eng yirik va mashxur kitob o'g'risi

Har bir sohaning yoki buyumning mashxur o'g'rilari bo'ladi. Misol uchun, moshina o'g'risi, pul o'grisi va hokazo.
Bu safargi esa noodatiy o'g'ri, eng yirik kitob o'g'risi, millionlab dollarlar zarar keltirgan Amerikalik Stiv Blumberg. U butun faoliyati davomida turli davlatlar kutubxonasidan 23 000 dan ortiq kitoblar o'g'irlagan.
Jami yetkazgan zarari esa $20 mln dan ortiqroqni tashkil etgan.

@NarxiQancha | Manba
6.3K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 11:31:01
#BiznesIdea — Internet do'kon ochish xarajatlari va daromad qancha?

Professional internet do'kon uchun dastlabki investitsiya $40-50 000 ni tashkil etadi.

Umumiy xarajatlar:
• Sayt yaratish - $1 000 - $20 000
• Tovar sotib olish - $10 000 dan yuqori
• Qadoqlash ishlari - $300 dan boshlanadi
• Ishchilar oyligi - $200 dan (xar bir ishchiga)
• Joy ijarasi - $400 dan boshlab

Asaxiy.uz 3.5 yildan so'ng daromad keltira boshlagan. Lekin, hozirgi kunda onlayn do'konga qilingan xarajatlarini 6-7 oyda chiqarib olish mumkin.
O'zbekistonda Internet magazindan oyiga $500 dan va bir necha yuz ming dollargacha foyda ko'rish mumkin.

(Asaxiy.uz internet do'koni asoschisi hisob kitoblariga ko'ra)

@NarxiQancha | Manba
7.7K views08:31
Ochish/sharhlash