Get Mystery Box with random crypto!

Sug'urta va kelajakni ko'ra bilish haqida nima ham bilardingiz | Narxi Qancha? ⚡️

Sug'urta va kelajakni ko'ra bilish haqida nima ham bilardingiz...

2003-yilda, agar xabaringiz bo'lsa, SARS-CoV-1 epidemiyasi tarqalgan. Hozirgidek, Xitoy mezbonlik qilgan.

Har yili Britaniyada o'tadigan "Uimbldon" tennis turniri bor. 2003-yildagi epidemiyadan to'g'ri xulosa chiqargan o'sha turnir kengashi, o'z turnirlarini pandemiyadan sug'urta qilishgan ekan.

Sug'urta shartiga ko'ra, "Uimbldon" har yili sug'urta kompaniyasiga 2 mln dollar to'lab turadi. Agar qandaydir virus sababli har yili o'tadigan turnir, qoldirilgudek bo'lsa, sug'urta kompaniyasi, zararni qoplab berishi kerak.

2020-yil 29-iyundan 12-iyulgacha o'tkazilishi kerak bo'lgan turnir pandemiya sabab qoldirildi.

Sug'urta kompaniyasi esa $141 mln tovon to'lab berdi. 17 yil avval qilingan sug'urta, turnirni bankrotlikdan saqlab qoldi.

@NarxiQancha | Manba