Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.10K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 124

2021-12-29 14:01:01
Leninning boyligi qancha bo'lgan?

Sovet davrining mashxur shaxslaridan biri, davlat arbobi bo'lgan Vladimir Lenin 1917-yili hokimiyat boshida bo'lgan paytlari o'zining oylik maoshini 500 rubl qilib belgilab qoygan.

Lekin 1921-yili uning Shvetsariya banklarining biridagi hisob raqamidagi boyligi $83 mln atrofida bo'lgan.

@NarxiQancha | Manba
9.7K views11:01
Ochish/sharhlash
2021-12-29 07:31:01
Rim Papasining shaxsiy sartaroshi yiliga $250 000 maosh oladi

Rim Papasi rasmiy hech qanday daromadga ega emas, u o'zi bilan naqd pul olib yurmaydi, boylikka ham ega emas.

Lekin, Rim Papasini yashashi va ishlashi uchun Vatikan g'aznasidan yiliga $50 mln dollar sarflanar ekan.

Birgina, Papaning shaxsiy sartaroshiga yiliga $250 000 to'lanadi.

@NarxiQancha | Manba
10.7K views04:31
Ochish/sharhlash
2021-12-28 17:31:01
Zirxlangan Mercedes-Benz Gelendvagen avtomobili narxi qancha?

Zirxlangan avtomobillar narxlari odatta qanday darajada ximoylanishiga qarab xar xil bo'ladi. Qayta ishlab chiqarilgandan keyin avtomobil narxi o'zinikidan 2-3 barobar qimmatlashishi mumkin.

Misol uchun, millioner Ulug'bek Maksumovga tegishli Inkas kompaniyasida zirxlangan Mercedes-Benz Gelendvagen avtomobili narxi $500 000 ni tashkil etar ekan. Avtomobilning o'zining narxi esa $200-250 ming atrofida.

@NarxiQancha | Manba
6.7K views14:31
Ochish/sharhlash
2021-12-28 12:01:01
Dunyodagi eng qimmat avariya

Dunyodagi eng qimmat avariya (avtomobillar to'qnashuvi) 2011-yili Yaponiyada sodir bo'lgan. Bu halokat bir necha soniya ichida yuz berdi va avariyada dunyodagi eng qimmat 14 ta avtomobil qatnashgan.

Avariya qurbonlari 8 ta Ferrari avtomobillari, 3 ta Mercedes Benz avtomobillari, 1 ta Lamborghini Diablo, 1 ta Nissan Skyline va 1 ta Toyota Prius avtomobillari edi.

Aytgancha bu eng qimmat avariya qiymati jami $3,85 mln ni tashkil etgan.

@NarxiQancha | Manba
8.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-28 07:31:01
Eng qimmat yadro bombasi

B61–12 AQSh da eng qimmat yadro bombalaridan biri hisoblanadi. Uning narxi $8 mlrd dan ortiqroqni tashkil etadi.

Bu Amerikaning birinchi yuqori aniqlikdagi bombasi hisoblanadi. U su'niy yo'ldash orqali nishonga to'g'ri aniqlikda yo'naltiriladi. Xato radiusi atiga 30 metrni tashkil qilishi mumkin.

@NarxiQancha
9.2K views04:31
Ochish/sharhlash
2021-12-27 17:01:01
$95,5 million dollarlik iPhone 6

Falcon SuperNova iPhone 6 — dunyodagi eng qimmat smartfon hisoblanadi. Smartfonning 3 xil rangi mavjud: pushti, platina va oltin ranglari. Uning qimmatligiga orqa panelidagi katta brilliant sababchidir.

Bu 3 xil model ichidagi eng qimmati pushti rangli iPhone 6 hisoblanadi va uning narxi $95,5 mln ni tashkil etadi. Shu bilan birga, smartfon bu narx bilan dunyodagi eng qimmat smartfon unvonini egallab turibdi.

Hisoblab qarasak, bu smartfon puliga dunyodagi eng qimmat avtomobildan 5 ta xarid qilish mumkin ekan.

@NarxiQancha | Manba
6.9K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-27 12:01:01
Eng qimmat narkotik

Hind kenevrining 1 grammi $0.08, BAA da esa $110.
Kolumbiyada 1 gramm kokain narxi $3.5, Quvaytda esa $330.
Kombodjada 1 gramm metamfetamin narkotigi $1.6 bo'lsa, Avstraliyada $641.
Keniyada 1 gramm geroin narxi $2, Bruneyda esa $1330.

Umuman olganda tepada har xil narkotik dorilarning har xil davlatlardagi narxlari keltirilgan. Endi bunday giyohvand dorilar orasida eng qimmati — LSD. Uning eng arzonining 1 grammi uchun narxi $900 bo'lsa, eng qimmati 1 grammi uchun $20 000.

Shuni ham aytib o'tish kerakki, $900 lik LSD bilan $20 000 lik LSD sifatida farq qilmaydi, narxlar faqatgina qaysi davlatda sotilishiga qarab o'zgaradi.

@NarxiQancha | Manba
8.6K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-27 08:01:01
Eng qimmat hukumat avtomobili narxi qancha?

Dunyodagi eng qimmat hukumat avtomobilida Angliya qirolichasi yuradi. Agar siz qirolicha Elizabet II ni qari keksa va modaga qiziqmaydi desangiz adashasiz.

Aynan shu keksa qirolicha, narxi $15 167 500 bo'lgan Bentley State Limousine avtomobilida yuradi. Kompaniya bu avtomobilni o'z brendining 50 yillik yubileyiga bag'ishlab ishlab chiqargan.

Avtomobil eshiklari 90 gradusga ochiladi va u to'lig'i bilan qirolicha talablariga javob beradi. Xavfsizlik darajasi ham juda mukammal darajada ishlangan.

@NarxiQancha | Manba
9.2K views05:01
Ochish/sharhlash
2021-12-26 15:01:01
Eng qimmat prezident samolyoti

Eng qimmat samolyotda AQSh yoki Rossiya prezidenti emas, balki Meksika prezidenti uchadi deb kim ham o'ylabdi deysiz.

Bu samolyot 1609 km/soat tezlikgacha chiqadi va dunyoda bu "Orzu samolyoti" laqabiga ega. Uning narxi $600 mln ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Manba
7.0K views12:01
Ochish/sharhlash
2021-12-26 09:11:51
Lavender Pyton Albinos

Lavender Pyton Albinos — bu eng qimmat ilonlardan biri hisoblanadi. Bunday ilonlar oq sherlar kabi retsessiv gen egasidir.

Uning narxi $40 000 ni tashkil etadi va u sariq belgili terisi va qizil ko'zlari bilan boshqa ilonlardan ajralib turadi.

@NarxiQancha | Manba
8.8K views06:11
Ochish/sharhlash