Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.05K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 82

2021-12-08 06:39:48
Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Najot Ta'lim markazi jamoasi barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi!

8-dekabr faqatgina kalendarda alohida belgilanganligi uchun emas, huquqlarimiz, burchlarimiz va vakolatlarimiz jamlangan qomus qabul qilinganligi uchun ham biz uchun alohida ahamiyat va qadrga ega.

Tinchligimiz va farovonligimiz abadiy bo'lsin!
12.8K views03:39
Ochish/sharhlash
2021-12-07 16:15:17 Shanba kuni bizda yana o'zgacha kun

Najot Ta'lim markazi grafik dizayn kursida ta'lim olayotgan o'quvchilar uchun navbatdagi musobaqalar ketma-ketligini e'lon qiladi.

SMM battle'da markazimizda grafik dizayn kurslarining nafaqat bootcamp tarzda, balki standart kurslarida dars boshlaganiga 3 oydan oshgan o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Ushbu SMM dizayn tayyorlash bo'yicha musobaqada har bir o'quvchi individual dizayn qilishi kerak bo'ladi.

Bu hali hammasi emas. Shu kunning o'zida, musobaqa yakunlangach, grafik dizayn kursida brending darslarini tamomlagan o'quvchilar o'z guruhlarini tashkil qilgan holda yangi logo marafonga qatnashishlari mumkin.

Bu galgi logo marafon shartlari ham o'sha kunning o'zida e'lon qilinadi. O'z guruhingizga 6 kishidan ko'p bo'lmagan jamoangizni to'plang va musobaqada qatnashib, o'z bilimingizni sinab ko'ring!

Shanba, 11-dekabr kuni, soat 11:00 da Najot Ta'lim markazining Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Rejalashtirilayotgan event'larga doir barcha ma'lumotlar bo'yicha grafik dizayn kursi ustozlari va tanlovni baholashda qatnashishi kutilayotgan hay'at a'zolari batafsil ma'lumot berishadi. Yuragida o'ti bor dizaynerlarni kutib qolamiz!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
9.9K views13:15
Ochish/sharhlash
2021-12-07 12:47:05
"Google'dan zo'rini qilaman deyish..." — Ilm olish sirlaridan bebahra qolmang!

Tezlash, umring kam qoldi, qil, qil deb turadigan narsa bu — himmat, deya auditoriyani bir daqiqadayoq hayajonga solib qo'ygan spikerimiz Doniyor Nasriddinov bilan yangi rakursda, yangicha talqinda, butunlay o'zgacha atmosferada bo'lib o'tgan master-klassimizdan xabaringiz bor.

Suhbatga kela olmagan edingizmi yoki siz Najot Ta'lim o'quvchisi emasmisiz? Bular muammo emas, siz — aziz obunachilarimiz uchun yozib olingan video YouTube platformamizda premyera qilinishini mamnuniyat ila e'lon qilamiz!

Uzundan uzoq ta'riflarga hojat yo'q. Chunki ming marta eshitgandan, videosini bo'lsa ham bir marta ko'rgan yaxshi deganlaridek...

Demak, premyera vaqti: payshanba, 9-dekabr kuni, soat 20:00 da. Master-klassdan olgan insaytlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
16.6K views09:47
Ochish/sharhlash
2021-12-06 17:09:20 Ikrom Sharif bilan “Najot taʼlimdadir” mavzusida suhbat boʻlib oʻtdi

Koʻplab istak va takliflarni inobatga olgan holda, Registon ilmiy-maʼrifiy onlayn telekanalidagi bir qator mashhur koʻrsatuvlar muallifi va boshlovchisi, hamda «Sakinat» oila maktabi asoschisi sifatida barchamizga tanish boʻlgan Ikrom Sharif bilan Najot Taʼlim markazi oʻquvchilari oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida hozirda ilm talabida boʻlgan markazimiz oʻquvchilari uchun bir nechta muhim mavzularga alohida toʻxtalib oʻtildi. Jumladan: ustozlar bilan boʻladigan munosabatning ahamiyati, zehn mashqlari, vaqtni qanchalar qadrlash kerak ekanligi.

Fotogalereyaga marhamat

Keyingi suhbatlarda kimlarni koʻrishni xohlagan boʻlardingiz? Koʻpchilik uchun manfaatli boʻladigan master-klasslarimiz uchun ilmli, oʻz sohasida professionallarni bilsangiz, izohlarda yozib qoldiring!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
19.2K views14:09
Ochish/sharhlash
2021-12-05 17:50:00 ​​"Logo marafon" musobaqasi

Najot Ta'lim markazida yangicha talqinda tashkil etilgan "logo marafon" musobaqasi esingizda bo'lsa kerak. Marafonda qatnasha olmaganlar uchun video yozib olingan edi. Bugun esa, ushbu video YouTube sahifamizda premyera qilinadi.

Aytgancha, musobaqada qatnashgan 5 ta jamoaga "Registon" o'quv markazi uchun logo brending, ya'ni rebrending qilish vazifasi yuklatilgan edi. Roppa-rosa 1 hafta tayyorgarlikdan so'ng guruhlar taqdimot qilgan ishlarida "Tab group" jamoasi g'olib deb topilgan edi.

Ushbu logo marafonni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan va yakunda o'z xolis baholarini berib, g'olibni jamoani aniqlashdagi hissalari uchun grafik dizayn kursi ustozlariga chin dildan minnatdorlik izhor qilib qolamiz!

Musobaqa atmosferasidan bahramand bo'lishni istasangiz, bugun, 5-dekabr, soat 20:00 da premyerani o'tkazib yubormang!

Premyerani ko'rish:



Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
34.1K views14:50
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:25:03 ​​Najot Taʼlim markazi navbatdagi grant dasturini eʼlon qiladi!

Najot Ta'lim markazi moushn grafika, animatsiya, multfilm sohasini rivojlantirish maqsadida grant ajratishini ma'lum qiladi.

Najot Taʼlim
iqtidorini namoyon eta olgan 20 nafar grant sohibini o‘z hisobidan multfilm sohasi bo'yicha o‘qitadi. O‘qish davomiyligi 8 oy chuqurlashtirilgan tartibda bo‘lib o'tadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, nafaqat bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash, balki o‘zbek animatsiyasi rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shishdir.

Grantda ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, 16-28 yosh oraligʻidagi barcha qatnashish imkoniyatiga ega.

Grant mavzusidan kelib chiqib, qatnashuvchilar o'zbek mentalitetiga xos bo'lgan biron multfilm ssenariysini yozishlari kerak bo'ladi. Ssenariyni yozishda yozilayotgan multfilmning mavzusi, maqsadi, uning jamiyatga qanchalik darajada foyda keltirishi, undagi qahramonlar qay tartibda bo'lishi aniq yoritilishi kerak. (Siz yozgan multfilm ssenariysi avval yozilgan bo'lishi yoki televediniya yuzini ko'rgan bo'lishi mumkin emas, aks holda ushbu xatingiz haqiqiy deb tan olinmaydi. Shunday ekan, o'z fantaziyangizdan kelib chiqib yozishingiz so'raladi).

Maqsad, talabgorning qanchalik darajada kreativligi, fikrlash qamrovi, multfilm sohasiga qanchalik darajada o'zini bag'ishlay olishi kabi xislatlarni tekshirib olishdir. Nomzodlar ushbu yozilgan ssenariy xati asosida suhbatga chaqiriladi.

Sizda ham bu sohaga qiziqish bo‘lsa, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. O‘zbekistonda hali uncha rivojlanmagan animatsiya sohasining kamyob va professional mutaxassislaridan biriga aylaning!

Eslatma: grant uchun ro'yxatdan o'tish 2021-yilning 20-fevral sanasigacha davom etadi. Shunday ekan, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Buning uchun quyidagi havola orqаli ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
http://bit.ly/3aqc9II

Demak, ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

Najot Ta'lim haqida batafsil
5.6K views14:25
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:19:05
Grafik dizaynerlar uchun tavsiyalarning “brillianti”

Har bir kasbning nozik tomonlari bo‘ladi. Ularni biron noyob kitob-darsliklar yoki “Google”ning bitmas-tuganmas manbalaridan ham topib bo‘lmaydi. Tajribadan kelib chiqqan xulosalar baʼzan qimmat maʼlumotlardan-da samarali bo‘ladi. Bunday tavsiyalarni “brilliant” deyishimizning sababi ham aynan shu!

Najot Taʼlim
zamonaviy kasb egalariga foydali va zarur bo‘lgan maʼlumotlarni ulashishda davom etadi. Bu galgi tavsiyalarning “qimmat”i grafik dizayn ustalariga atalgan. Bu faoliyatingizni gullatadigan, unga maʼno va ko'rinish beradigan maʼlumotlarni manaman degan darsliklardan ham topa olmaysiz. Ishonavering!

O‘qing, o‘rganing va faoliyatingizda qo‘llab, muxlislarning olqishini oling! Hamkasblaringizga ulashishni esa unutmang!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
4.6K views12:19
Ochish/sharhlash
2021-01-31 15:32:20 Ichimizdagi dardlardan biri

Yana bir grant saralashi yakunlandi… (bu haqida pastroqda)

Musulmon sifatida bir narsadan juda ham qiynalamiz, odamga alam qiladi. Qisqacha aytaman...

Tibbiyotda o’qiyotgan ayol-qizlarni maksimal darajada qo’llab-quvvatlash kerak. Ularga moddiy yordam berish, o’qish sifatini yanada oshirish uchun sharoit yaratish kerak. Ayniqsa ayollar jarrohlarini, mammologlarni, anasteziologlarni umuman olganda ayollarni davolaydigan barcha turdagi ayol shifokorlarni rivojlantirish/ko’paytirish juda ham muhim.

Shunda siz ayolingiz yoki mahramingizni erkak stomatolog yoki jarrohga ko’rsatmas edingiz. Sarson bo’lib ayol ginekolog qidirib yurmas edingiz. Bu masala aslida shunchalik dolzarbki, hattoki butun boshli xayriya tashkilotlarini ham jalb qilishga arziydi. Bilasizmi nimaga, e’tibor bering, tibbiyotda o’qiydigan ayol qizlarning katta qismi zo’r o’qiydi, lekin moddiy tomondan qiynalganligi uchun o’qishi sustlashadi.

Najot Ta’lim tomonidan bo’lg’usi shifokor ayol-qizlar uchun e’lon qilingan grantdan ham ko’zlangan maqsad aynan shunda edi. Ozgina bo’lsada ularga yengillik qilaylik, shoyadki bu qilingan ishdan kimdir ruhlanib shu g’oyani qo’llab quvvatlasa deymiz.

Topshirilgan arizalar ichidan 5 ta odamni tanlab olish juda ham og’riqli ishonasizmi… Juda ham…

Kimningdir ota-onasi vafot etgan, kimningdir o’zi nogiron, kimdir oilada ko’p farzand yana kimdir birovning qaramog’ida… Xullas ularni bir-biridan ustun qo’yish juda ham qiyin.

Topshirilgan arizalarning barchasini bir narsa bog'lab turadi: hammada mablag' muammosi. Xatlar shunchalik dard bilan yozilganki, odam o'qib ezilib ketadi, qani edi hammasiga yordam bersak deysiz.

Xatlar orasidan 5 nafar nomzod tanlab olindi. Tanlab olish jarayonida maqsad, holat hamda yo'nalishga qaraldi. G'oliblarni tabriklaymiz, o'qishlariga omad tilaymiz!

Xudo xohlasa, bu loyiha bundan keyin ham qo'llab quvvatlanadi. Homiylar chiqsa qolganlarga ham yordam beriladi.

@alizairov
5.0K views12:32
Ochish/sharhlash
2021-01-30 22:50:59 ​​Noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

Yoshlarning ilm olishga, zamonaviy kasblarni egallashga qiziqishi ortib bormoqda. Buni Najot Taʼlim markaziga kelayotgan qoʻngʻiroqlar oqimidan ham sezsak boʻladi.

So'nggi 10 kunlikda Najot Ta'lim markaziga bo'layotgan kunlik qoʻngʻiroqlar soni keskin o'sgan holda 500dan ortiq murojaat tushmoqda. (So'nggi 10 kunlik davomida ikki raqamimizning o'ziga 2082 ta qo'ng'iroq bo'lgan. Tag'in bu faqatgina kirish qo'ng'iroqlar. Chiqish qo'ng'iroqlar hisobga olinmagan holda shuncha qo'ng'iroq).

Markazda faoliyat olib borayotgan administrator va operatorlar esa, barcha qo'ng'iroqlarga javob berishga ulgurmay qolishmoqda.

Ayni kunlarda yangi sotuv operatorlarini ishga olish va tizimni texnik tomondan to'liq avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda. (Ha aytgancha, sotuv operatorlari qayerdasiiiz , kelinglar)

Najot Ta'lim markazi rahbariyati kelib chiqayotgan noqulaylik uchun barchadan uzr so'raydi va muammolar to'liq hal bo'lgunga qadar kurslarga ro'yxatdan o'tish yoki ma'lumot olish uchun quyidagi onlayn so'rovnoma orqali roʻyxatdan oʻtib turishingizni iltimos qiladi.

Bizga ishonganingiz va tanlaganingiz uchun tashakkur izhor qilamiz. Oʻylaymizki, bizni toʻgʻri tushunasiz!

Kurslarga ro'yxatdan o'tish

Ayol-qizlar uchun operatorlik vakansiyasi bo'yicha ro'yxatdan o'tish

YouTube sahifa
5.9K views19:50
Ochish/sharhlash
2021-01-30 16:35:00 Nega grafik dizayner boshlanishiga bepulga ishlashi kerak?

Grafik dizayner uchun qobiliyat muhim
boʻlgani kabi baʼzan ulardan fidoyilik ham talab etiladi. Chunki, jamoaga qoʻshilish uchun ularning sinovidan oʻtish kerak. Bu bilan yosh dizayner hech narsa yoʻqotmaydi, aksincha mahoratini oshirib, tajribaga ega boʻladi!

Najot Taʼlim markazida grafik dizayn bo'yicha o'qituvchi Jahongir Siddiqov esa baʼzan bu reklama uchun yaxshigina imkoniyat ekanligini taʼkidlaydi. Yaxshigina reklamadan soʻng esa albatta ish beruvchilarning oʻzlari sizni moʻmaygina daromadli ishlarga taklif etishadi.

Yuqoridagi savolga yanada batafsil javob olishni xohlasangiz, grafik dizayner Jahongir Siddiqovning samimiy fikrlarini sizga taqdim etamiz! Oʻtkazib yubormang!

Suhbat premyerasi bugun soat 19:30da bo'lib o'tadi.

Havola:

6.2K views13:35
Ochish/sharhlash