Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.09K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
85%-95% ishli
"IT learning leader" mukofoti sovrindori
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 77

2021-12-30 14:49:22 Agar bu xabarni ko’rayotgan bo’lsangiz siz telegramning eng oxirgi versiyasini ishlatyapsiz
6.4K views11:49
Ochish/sharhlash
2021-12-30 12:30:02 1:23 - SMM qanday soha?
2:35 - SMM menejerining vazifasi aslida nima va SMM kurslari nega doimiy yangilanib boradi?
08:19 - SMM Pro kursi uchun imtihon nega joriy etildi?
14:43 - SMM Pro kursining yangilangan ko'rishi haqida.
19:23 - Marketingni bilmaydigan o'quvchiga nima uchun imtihon joriy qilindi? Axir shu bilimlarni o'rganaman deb keladiku!
24:35 - Online va offline imtihonlar qay tartibda bo'lib o'tdi?
36:38 - 16-yanvar kuni bo'lib o'tadigan imtihonga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?
39:55 - SMM menejeri 100 000$ topishi haqiqatmi?
46:52 - Darslar qaysi ustozlar tomonidan olib boriladi?
50:45 - Guruhdagi o'quvchilar kam qolgan taqdirda guruh yopiladimi?
53:20 - Bilim olishga tayyor bo'lib keling!
56:30 - Imtihondan o'tmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun tavsiyalar
1:00:10 - Qanday qilib qimmatli kadr bo'lish mumkin?
1:01:52 - Sotuv va marketingni farqi bor!
1:04:55 - O'quvchi qo'shimcha til bilmasa imtihondan o'ta olmaydimi?
1:08:20 - Imtihonlar qancha muddat oralig'ida o'tkaziladi?
1:09:00 - Xulosa.
6.6K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-12-29 12:46:46 ​​SMM Pro kursiga kirish imtihoni: qay tartibda bo'lib o'tadi, qanday tayyorlanish kerak va boshqa savollarga javoblar

SMM Pro kursini
o'qish uchun nomzodlardan kirish imtihonini olish tartibi joriy qilinganligidan xabaringiz bor. Bu sinovlarni joriy qilishdan asosiy maqsadimiz bozor uchun sifatli va raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib chiqarish.

Dastlabki imtihonlardan so'ng kelib tushgan ko'plab savol va takliflarni inobatga olgan holda, ushbu kirish imtihonlari haqida markazimiz asoschisi Temurbek Adhamov va SMM Pro kursi ustozlari Jahongir Mamatqodirov, Nodirbek Alijonovlar ishtirokida ovozli suhbat uyushtirishga qaror qildik.

Ovozli suhbat bugun — 29-dekabr soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/najottalim?livestream

Agar sizda ham ushbu kirish imtihonlari haqida savol va takliflar bo'lsa, izohlarda batafsil yozib qoldirishingizni so'rab qolamiz. Yangi tartibdagi SMM Pro kursi kirish imtihoniga quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
17.2K viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2021-12-28 18:49:20 ​​Sunʼiy intellekt kelajakda ishsizlikka sabab boʻladimi?!

Bir necha kun oldin markazimizda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari muhandisi, ta'lim sohasidagi 20 yillik tajriba va 7 mingga yaqin shogirdlarning ustozi, hozirgi kunda esa, Malayziya Islom fanlari oliygohi professori bo'lib ishlayotgan Anvar Narzulloh bilan master-klass o'tkazgan edik.

Suhbat davomida spikerimiz dasturlashda klassik va zamonaviy yondashuv, machine learning, data science sohalarining kelajakdagi asosiy o'rni, o'rganilishi kerak bo'lgan jihatlarning muhimlilik darajasini vizual tarzda tushuntirib berdi.

Master-klass premyerasi bugun 28-dekabr soat 21:00 da YouTube sahifamizda bo'lib o'tadi.

Tadbirda ishtirok eta olmagan, lekin dasturlash va sun'iy ong sohalariga qiziquvchi barcha insonlarni premyerada kutib qolamiz.

Premyerani tomosha qilish:



Administratorga yozish

Tel: +998712001123
15.1K views15:49
Ochish/sharhlash
2021-12-28 13:46:01 Dasturlash olamiga kirishdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan tavsiyalar

Markazimizga kelib tushayotgan ko'plab savol va takliflarni jamlagan holda dasturlash kursi ustozlari bilan voice chat uyushtirishga qaror qildik.

Suhbat davomida dasturlash sohasining kelajagi, uning yo'l xaritasi qandayligi, bu soha yordamida nimalar qilish mumkinligi va dasturlashni oson boshlash usullari kabi ko'plab qiziqarli savollarga ustozlarimiz tomonidan batafsil javob berib o'tilishi ko'zda tutilgan.

Sizda ham soha bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan umumiy savollar bo'lsa, izohlarda yozib qoldirishingizni so'ragan bo'lar edik. Ushbu ovozli chat dasturlash dunyosiga qadam qo'yish niyatida yurgan ko'plab insonlar uchun manfaatli bo'lishiga ishonamiz.

Suhbat bugun — 28-dekabr, soat 20:00 da bo'lib o'tadi. Ushbu havola orqali ovozli suhbatda qatnashishingiz mumkin: https://t.me/najottalim?livestream

Agarda siz ham o'z kelajagingizni dasturlash sohasida ko'rayotgan bo'lsangiz, Foundation yo'nalishi imtihonlari uchun marhamat!

Eslatib o'tamiz: Foundation bosqichiga kirish imtihoni 23-yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Foundation bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
7.3K viewsedited  10:46
Ochish/sharhlash
2021-12-28 13:42:13 Live stream scheduled for Dec 28 at 15:00
10:42
Ochish/sharhlash
2021-12-28 12:18:39
O'zbekistonda sun'iy ong mutaxassislariga ish yo'qmi?

Markazimizda avvalroq xabar berganimizdek, Universiti Sains Islam Malaysia katta ilmiy xodimi, sariqdev.uz asoschisi va mohirdev.uz platformasi asoschilaridan biri Anvar Narzullayev bilan suhbat bo'lib o'tdi.

Spikerimiz "Sun'iy intellekt" mavzusidagi suhbatda o'zlarining hozirda Machine Learning, Data Science, AI kabi sohalarning aktualligi, ushbu sohalarni o'rganishda yoshlarga nimalar kerakligi va boshqa ko'plab foydali tavsiyalari bilan o'rtoqlashdilar.

Ushbu suhbat premyerasi yaqin fursatlarda YouTube sahifamizga joylanadi. Navbatdagi master-klasslarimiz kimlar bilan bo'lishini xohlar edingiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Tel: +998712001123

YouTube sahifa
6.4K views09:18
Ochish/sharhlash
2021-12-28 07:14:00 Najot Ta'lim jamoasi qishki ta'tilni e'lon qiladi

Barcha ta'lim dargohlarida yaqin kunlarda qishki ta'til e'lon qilinadi. Biz ham jamoamizning barcha a'zolari, o'qituvchilar va o'quvchilarimiz uchun qishki ta'tilni e'lon qilamiz.

Ta'til muddati shu oyning 29-sanasidan 3-yanvarga qadar davom etadi. Markazimizdagi eng oxirgi dars kuni 28-dekabr kuni ekanligini ham eslatib o'tamiz.

Bu muddatni oilangiz davrasida, yaqinlar diydori bilan mazmunli o'tkazishingizga tilakdoshmiz. O'tgan vaqtni esa, foydali bilimlarni takrorlab, ularni yanada mustahkamlash uchun sarflaysiz, degan umiddamiz.

3-yanvar sanasidan yangi kuch va yaxshi xabarlar bilan diydor ko'rishguncha. Ta'tilingiz maroqli o'tsin!

Eslatib o'tamiz: Ushbu ta'til kunlarida barcha jamoa a'zolari, jumladan: sotuv bo'limi (call-center) jamoasi ham ishlamaydi.

Administratorga yozish

Tel: +998712001123
6.9K views04:14
Ochish/sharhlash
2021-12-27 17:33:12 ​​SMM Pro kursining kirish imtihoni natijalarini e'lon qilamiz!

Biroz avval, yangi tartibdagi SMM Pro kursi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tganligi to'g'risida ma'lumot bergan edik.
Sizni uzoq kuttirmay kirish imtihonlarining natijalarini e'lon qilamiz.

Ushbu kursda o'qish istagini bildirgan nomzodlarning mantiq, tahlil, texnik va xorijiy til bilish bo'yicha topshirgan javoblari markazimizning o'quv bo'limi a'zolari tomonidan baholandi.

Kursga qabul qilinganlar ro'yxati bilan tanishing

Eslatib oʻtamiz, imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lajak marketologlar 5-yanvarga qadar Najot Ta'lim markazi bilan o'qish haqidagi shartnomani tuzishlari talab etiladi. Turli sabablarga ko'ra, shartnoma tuzilmagan taqdirda, tartib bo'yicha keyingi o'quvchilar o'qish uchun chaqiriladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan barcha o'quvchilarni tabriklab, o'z sohalarida yetuk kadr bo'lishlarida omad tilab qolamiz.

Yangilangan tartibdagi ushbu kurs uchun navbatdagi imtihonlar 16-yanvar sanasida bo'lib o'tishini yana bir bor eslatib o'tamiz.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
4.6K views14:33
Ochish/sharhlash
2021-12-27 07:52:21 Yangilangan SMM Pro kursi uchun kirish imtihoni bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval SMM Pro kurslarimizda o'quv dasturi yangilanganligi va endilikda kursni o'qish istagida bo'lganlar imtihon topshirishlari kerak ekanligi to'g'risida xabar bergan edik.

Kecha, 26-dekabr sanasida ushbu kurs uchun gibrid tarzda imtihonlar bo'lib o'tdi. Oflayn imtihonda 137 nafar yoshlar ishtirok etgan bo'lishsa, onlayn tarzdagi imtihonda 50 dan ortiq talabgorlar qatnashdi.

Foto-suratlar bilan tanishish

Kirish imtihonlarini topshirib olgan barcha o'quvchilarga omad tilab qolamiz. Natijalarni esa yaqin kunlarda e'lon qilamiz.

Eslatma: Yangilangan tartibdagi SMM Pro kursi uchun navbatdagi imtihonlar 16-yanvar sanasida bo'lib o'tadi.
⠀⠀
SMM Pro kursi kirish imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish

Administratorga bog'lanish

Telefon raqam: +998712001123
6.6K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash