Get Mystery Box with random crypto!

'Google'dan zo'rini qilaman deyish...' — Ilm olish sirlaridan | Najot Ta'lim

"Google'dan zo'rini qilaman deyish..." — Ilm olish sirlaridan bebahra qolmang!

Tezlash, umring kam qoldi, qil, qil deb turadigan narsa bu — himmat, deya auditoriyani bir daqiqadayoq hayajonga solib qo'ygan spikerimiz Doniyor Nasriddinov bilan yangi rakursda, yangicha talqinda, butunlay o'zgacha atmosferada bo'lib o'tgan master-klassimizdan xabaringiz bor.

Suhbatga kela olmagan edingizmi yoki siz Najot Ta'lim o'quvchisi emasmisiz? Bular muammo emas, siz — aziz obunachilarimiz uchun yozib olingan video YouTube platformamizda premyera qilinishini mamnuniyat ila e'lon qilamiz!

Uzundan uzoq ta'riflarga hojat yo'q. Chunki ming marta eshitgandan, videosini bo'lsa ham bir marta ko'rgan yaxshi deganlaridek...

Demak, premyera vaqti: payshanba, 9-dekabr kuni, soat 20:00 da. Master-klassdan olgan insaytlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

Administratorga yozish

Tel: +998712001123

YouTube sahifa