Get Mystery Box with random crypto!

Mirsaid Mirsoliyev

Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev M
Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev
Kanal manzili: @mirsaid_mirsoliyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-10-20 07:22:37 Bugun oddiy tuyuladigan ba'zi ne'matlar qachonlardir siz uchun katta orzu bo'lgan. Ularning qadriga yetish bilan birga shuni ham unutmangki, bugun siz uchun erishish qiyin tuyulayotgan ba'zi maqsadlar kun kelib, oddiy holatga aylanishi hech gap emas. Buning uchun xolis niyat, duo, qunt bilan qilingan harakat va albatta, sabr talab etiladi. To'g'ri, bularni to'ldiruvchi boshqa omillar ham bo'lishi mumkin, ammo yuqoridagi sabablardan birortasi yetishmasa, maqsad to'la hosil bo'lmaydi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
98 viewsedited  04:22
Ochish/sharhlash
2022-10-20 07:07:10 Agar biror maqsadimizga erisha olmasak, bu hali muvaffaqiyatsizlik degani emas. Avvalo, bu hech qachon urinib ko'rmay, afsuslanib yurgandan ko'ra yaxshiroq. Qolaversa, aslida nima xayrliroq ekanini biz avvaldan bilmaymiz. Balki bugun muvaffaqiyatsizlik bo'lib tuyulayotgan ba'zi holatlar maqsadga erishish yo'lida bosib o'tishimiz kerak bo'lgan qadamlar bo'lib, hozircha biz bundan bexabardirmiz.

@Mirsaid_Mirsoliyev
97 views04:07
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:53:03 Tadbir qilganimiz emas, taqdir qilgani nasibamiz bo'ladi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
58 views13:53
Ochish/sharhlash
2022-10-10 20:06:31 Biz nima uchun hayotga kelganimizni, missiyamizni aniqlab olishimiz kerak...

Doniyor Nasriddinov

@Mirsaid_Mirsoliyev
68 views17:06
Ochish/sharhlash
2022-10-08 16:09:40 Ilmni taqvo bilan hosil qilish kerak (Taqvo - Alloh buyurganlarini qilib, qaytargan ishlarini qilmaslik). Ya'ni gunohlar, harom ishlar, shubhalardan tiyilib, ilm egallash baraka keltiradi.

"Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi"

@Mirsaid_Mirsoliyev
51 views13:09
Ochish/sharhlash
2022-10-06 13:03:24 Alloh yo'qotaman deb o'ylamagan narsalaringizni olib qo'ysa bilingki, yaqinda topaman deb o'ylamagan narsalaringizni beradi. InshaAlloh

@Mirsaid_Mirsoliyev
55 views10:03
Ochish/sharhlash
2022-10-06 12:50:41 Ilming ko'paygani sari, inkoring kamayadi...

Imom Shofe'iy r.a.

@Mirsaid_Mirsoliyev
55 views09:50
Ochish/sharhlash
2022-10-03 14:02:37 "Sen hali yoshsan, avval biroz ulg'ay..."

Biror jiddiy ishga kirishmoqchi bo'lgan yoki katta maqsadlar qo'ygan yoshlar, ayniqsa, o'smirlarga nisbatan "hali yoshsan, bu ishlarni qilishga vaqting bo'ladi", kabi fikrlar bildirilishi ko'p uchraydigan holat. Aslida bu fikrlar qanchalik to'g'ri ekanligini ko'rish uchun islom olamidagi bir-qancha buyuk insonlarning yoshlik davrida qilgan ba'zi ishlarini ko'raylik:

Zayd ibn Sobit(13 yosh) vahiy kotibi bo'lganlar. 17 kunda suryoniy va ibroniy tilini o'rganganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tarjimon bo'lganlar.

Talha ibn Ubaydulloh(16 yosh) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelayotgan nayzani qo'li bilan qaytarib, qo'llari ishlamay qolganida gavdalari bilan qalqon bo'lgan zot.

Molik ibn Anas(17 yosh). Mana shu yoshidan fatvo bera boshlaganlar. U zot "Fatvo berishimga Madinaning yetmishta ulamosi fatvo bermagunicha fatvo uchun o'tirmaganman", deganlar.

Abdulhay Lahnaviy(17 yosh) bu yoshlarida sarv, nahv, bayon, mantiq, hikmat, tib, fiqh, ilmi kalom, hadis, tafsir va boshqa ilmlarni chuqur egallaganlar. U zot 39 yoshlarida vafot etganlariga qaramay, hayotlari mobaynida 110 ta asar yozib qoldirganlar.

Bu kabi misollarni yana uzoq keltirish mumkin. Ammo maqsad ularga shunchaki ma'lumot sifatida emas, balki ibrat nazari bilan qarashdir.

#arxivdan

@Mirsaid_Mirsoliyev
49 viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:47:48 https://play.google.com/store/apps/details?id=com.a0soft.gphone.uninstaller
47 views16:47
Ochish/sharhlash
2022-10-02 19:47:37 Ba'zan foydasiz narsalarga ortiqcha vaqt sarflash ko'pchiligimizda uchrab turadi. Shulardan biri kun davomida zarurat bo'lmasa-da, telefondan foydalanishmiz bo'lsa kerak. Agar telefonga kam vaqt sarflayman deb o'ylasangiz, quyidagi dasturdan foydalanib ko'ring, bu bilan telefondan necha marta foydalanishingizdan tortib, qachon qaysi dasturni ishlatganingizni ham batafsil kuzata olasiz.

@Mirsaid_Mirsoliyev
47 viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash