Get Mystery Box with random crypto!

'Sen hali yoshsan, avval biroz ulg'ay...' Biror jiddiy ishga | Mirsaid Mirsoliyev

"Sen hali yoshsan, avval biroz ulg'ay..."

Biror jiddiy ishga kirishmoqchi bo'lgan yoki katta maqsadlar qo'ygan yoshlar, ayniqsa, o'smirlarga nisbatan "hali yoshsan, bu ishlarni qilishga vaqting bo'ladi", kabi fikrlar bildirilishi ko'p uchraydigan holat. Aslida bu fikrlar qanchalik to'g'ri ekanligini ko'rish uchun islom olamidagi bir-qancha buyuk insonlarning yoshlik davrida qilgan ba'zi ishlarini ko'raylik:

Zayd ibn Sobit(13 yosh) vahiy kotibi bo'lganlar. 17 kunda suryoniy va ibroniy tilini o'rganganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tarjimon bo'lganlar.

Talha ibn Ubaydulloh(16 yosh) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelayotgan nayzani qo'li bilan qaytarib, qo'llari ishlamay qolganida gavdalari bilan qalqon bo'lgan zot.

Molik ibn Anas(17 yosh). Mana shu yoshidan fatvo bera boshlaganlar. U zot "Fatvo berishimga Madinaning yetmishta ulamosi fatvo bermagunicha fatvo uchun o'tirmaganman", deganlar.

Abdulhay Lahnaviy(17 yosh) bu yoshlarida sarv, nahv, bayon, mantiq, hikmat, tib, fiqh, ilmi kalom, hadis, tafsir va boshqa ilmlarni chuqur egallaganlar. U zot 39 yoshlarida vafot etganlariga qaramay, hayotlari mobaynida 110 ta asar yozib qoldirganlar.

Bu kabi misollarni yana uzoq keltirish mumkin. Ammo maqsad ularga shunchaki ma'lumot sifatida emas, balki ibrat nazari bilan qarashdir.

#arxivdan

@Mirsaid_Mirsoliyev