Get Mystery Box with random crypto!

Mirsaid Mirsoliyev

Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev M
Telegram kanalining logotibi mirsaid_mirsoliyev — Mirsaid Mirsoliyev
Kanal manzili: @mirsaid_mirsoliyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-01-20 21:14:15 Bundan deyarli 4 yil avval O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida boshlangan o'qishim bugun oxirgi darsga qatnashish bilan deyarli yakuniga yetdi. Endi oldinda topshiriladigan imtihonlar va amaliyot qoldi, xolos. Ilk marta borgan vaqtimda birorta ham tanishim bo'lmagan bu dargohda bugun o'nlab qadrli ustozlar va do'slarim bor. Agar ushbu oliygohni tanlashga bittagina sabab keltirish kerak bo'lsa, bu albatta, u yerdagi o'ziga xos muhit degan bo'lardim.

Ne'matlar qadri yo'qotilganda seziladi odatda. Talabalik davrining qadri ham keyinchalik sezilar ehtimol. Nima bo'lganda ham, beminnat ilm berishdan charchamagan va ilm tarqatishda o'rnak bo'lgan ustozlarim, xalqaro toifadagi iqtisodchi bo'lish yo'lida hamroh bo'lgan kursdoshlarim, hammangizga rahmat!

@Mirsaid_Mirsoliyev
141 viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2023-01-19 11:42:31 O'rganish azobi vaqtinchalik.
Bilmaslik azobi abadiy!

@Mirsaid_Mirsoliyev
167 views08:42
Ochish/sharhlash
2023-01-17 16:55:18
Sizda ham soxta dixotomiya, ya’ni hayotni faqat oq va qora ranglarda koʻrish odati boʻlishi mumkin.

@umarhalil
149 views13:55
Ochish/sharhlash
2023-01-17 06:18:24 O'y-fikrlaringizga e'tiborli bo'ling, chunki o'ylaringiz harakatlaringizga, harakatlaringiz esa hayotingizga ta'sir qiladi.

Xo'sh, fikrlashingizga nima ta'sir qiladi? Fikrlashingizga siz atrofingizdagi odamlardan eshitayotgan gaplar, kitoblardan, ijtimoiy tarmoqlardan olinayotgan ma'lumotlar katta ta'sir ko'rsatadi.

Demak to'g'ri fikrlash uchun avval to'g'ri fikrlarni o'qish, eshitish kerak.

Quyida o'zim kuzatib boradigan, fikrlashingizga ijobiy ta'sir qiladigan (menimcha) ba'zi shaxsiy bloglarni qoldiraman:

@MubashshirAhmad
@Muhammadali_Eshonqulov
@AzizRakhimov_blog
@IkromSharif
@V_turakulov
@Yoldoshbek_Ibrohim
@HasankhojaBlog

Bu ro'yxat qiziqish va maqsadlaringizdan kelib chiqib yanada uzayishi mumkin, albatta.

@Mirsaid_Mirsoliyev
28 viewsedited  03:18
Ochish/sharhlash
2023-01-14 18:42:10 Ayni damda kimningdir ilk qadamini o'zingizning o'ttizinchi qadamingiz bilan ham solishtirmang. Bu faqat o'zingizga nisbatan yuqori baho berishingizga sabab bo'ladi. Ehtimol kimningdir ikkinchi qadamiyoq sizning o'nlab qadamingizdan ko'ra ko'proq natija keltirar.

@Mirsaid_Mirsoliyev
64 views15:42
Ochish/sharhlash
2023-01-14 18:42:00 O'zingizning ilk qadamingizni birovning o'ttizinchi qadamiga solishtirmang. Bu faqat tushkunlikka tushishingizga sabab bo'ladi. Ehtimol keyingi qadamlaringiz kutganingiz-da yaxshiroq natija berar.

@Mirsaid_Mirsoliyev
62 views15:42
Ochish/sharhlash
2023-01-12 15:02:46
Hali umid bor.

Yaxshilik baraka olib keladi, ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkorlar jamiyatni rivojlantiradi.
99 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-01-08 16:41:42 Ingliz tilini o'rganayotganlar uni yanada yaxshiroq o'rganishlari uchun, ingliz tilini biladiganlar esa ko'plab mavzularda ma'lumotlar olishi uchun foydali bot:

@OpenAiChat_bot

Til o'rganish, iqtisodiyot, chet elda o'qish kabi mavzularda savollar berib ko'rdim, sun'iy intellekt berayotgan javoblarni izohlar qismida qoldiraman, o'zingiz baho berasiz.

Aytgancha, agar botdan biror manfaat olsangiz, yaqinlaringizga ulashishni ham unutmang.

@Mirsaid_Mirsoliyev
74 views13:41
Ochish/sharhlash
2023-01-07 17:08:30 Qiyin ishlar vaqtida qilinmagan oson ishlar yig'indisidan paydo bo'ladi. Shuning uchun ham oz-ozdan bo'lsa-da, davomiy qilingan harakatlar kutilgan natijaga erishishingizga ko'proq yordam beradi.

@Mirsaid_Mirsoliyev
87 views14:08
Ochish/sharhlash
2022-12-05 11:35:36 So'ngi ikki kun davomida barcha ijtimoiy tarmoqlar qorga aloqador postlar-u, rasm hamda videolar bilan to'lgan bo'lsa-da, menga eng ta'sir qilgani shu bo'ldi:

Mitti qor uchquniga-da shunchalar bezak berib qo'ygan Robbing haqida gumonga borasanmi, odamzod?

@Mirsaid_Mirsoliyev
25 viewsedited  08:35
Ochish/sharhlash