Get Mystery Box with random crypto!

Bugun oddiy tuyuladigan ba'zi ne'matlar qachonlardir siz uchun | Mirsaid Mirsoliyev

Bugun oddiy tuyuladigan ba'zi ne'matlar qachonlardir siz uchun katta orzu bo'lgan. Ularning qadriga yetish bilan birga shuni ham unutmangki, bugun siz uchun erishish qiyin tuyulayotgan ba'zi maqsadlar kun kelib, oddiy holatga aylanishi hech gap emas. Buning uchun xolis niyat, duo, qunt bilan qilingan harakat va albatta, sabr talab etiladi. To'g'ri, bularni to'ldiruvchi boshqa omillar ham bo'lishi mumkin, ammo yuqoridagi sabablardan birortasi yetishmasa, maqsad to'la hosil bo'lmaydi.

@Mirsaid_Mirsoliyev