2023-02-28 18:51:52
#repost
Ilmdan mahrum boʻlish olti sababdan boʻladi:-Birinchisi, savol soʻramaslik, bilmaganni soʻrab oʻrganmaslik;
-Ikkinchisi, jim turishning yomon koʻrinishda ekani, berilib tinglashning, quloq tutishning yoʻqligi;
-Uchinchisi, yaxshi tushunmaslik, fahmlamaslik;
-Toʻrtinchisi, xotiraning sustligi, yodlab qolishning boʻshligi;
-Beshinchisi, ilmni tarqatmaslik, uni taʼlim bermaslik. Kimki ilmni jamlasa-yu, uni tarqatmasa, Alloh taolo u ilmni unuttirib qoʻyish bilan muvofiq jazolab qoʻyadi.
-Oltinchisi, u ilmiga amal qilmaslik, chunki bilgan ilmiga amal qilish, eslash, zikr qilish, tadabbur qilish, rioya qilishni talab etadi, vojib qiladi. Oʻylab qaralsa, ilmga amal qilishga beparvolik qilinsa, u unutiladi.
@Mirsaid_Mirsoliyev
53 viewsedited 15:51