Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2022-06-24 12:38:53
# xalqaro tadqiqotlar
# PhD
Ayni paytda Germaniyalik vatandoshimiz Matkarimov Akramjon Muxtorovich “PISA xalqaro baholash dasturi asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashida bo'lib o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, A.Matkarimov so'nggi yillarda Milliy markaz bilan yaqindan hamkorlik qilib, tayanch maktablar jamoalari uchun o'quvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha seminarlarda ma'ruza va taqdimotlar bilan qatnashgan.

Vatandoshimizga ilmiy va ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
8.7K viewsedited  09:38
Ochish/sharhlash
2022-06-23 19:53:57
XALQARO BAHOLASH PISA PIRLS, TIMSS DASTURLARI VA STEAM STANDARTLARINI O'RGANISH XONASI OCHILDI

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti va Ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro baholash PISA, PIRLS, TIMSS dasturlari va STEAM standartlarini oʻrganish xonasi” tashkil etildi.

Amaliyot xonasini tashkil etilishi oldidan fakultet dekani D.Samatov hamda kafedra mudiri U.Usmonovalar Toshkent shahridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda boʻlib, bugungi kunda xalq taʼlimi tizimida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, pedagog kadrlarni tayyorlashda xalqaro baholash dasturlari standartlaridan foydalanib, dars jarayonlarini tashkil etish boʻyicha tajriba almashishdilar.

Batafsil: www.anddupi.uz

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
6.5K views16:53
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:57:08 Milliy markaz pinned a photo
15:57
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:56:34 PIRLS tayyorgarlik 6-mashq daftari (pdf).

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
100.9K views15:56
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:55:48
PIRLS 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish uchun 6-mashq daftari.

Ushbu mashq daftari, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini, jumladan, matnni o‘qib tushunish darajasini baholash, badiiy tajriba orttirish va axborot olish uchun mo‘ljallangan matnlar bilan ishlash, o‘qiganlarini tahlil va talqin qilish hamda xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha material sifatida PIRLS tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan holda tayyorlandi.

Mashq daftarida, bog'da mehnat qilayotgan Charli ismli oddiy bolaning o'z qobiliyatini o'zga yerdan qidirganligi haqida hikoya qilinadi.

Matndan parcha
..."Charli uyiga qaytib, o‘tlarni yuldi. "Barcha do‘stlarimning o‘ziga yarasha qobiliyati bor", deb o‘yladi. "Men ham biror sohada zo‘r bo’lishni xohlardim". Yozning qolgan qismida ham Charli o‘z qobiliyatini topishga harakat qildi."...(batafsil)

@milliymarkaz
35.5K viewsedited  15:55
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:20:09 COVID-19 pandemiyasining ta'lim jarayoniga ta'siri o'rganiladi

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazida "COVID-19" pandemiyasining ta'lim jarayoniga ta'sirini o'rganish bo'yicha REDS tadqiqotini o'tkazish hamda unda maktab koordinatorlarining vazifalarini belgilashga oid onlayn vebinar tashkil etildi.

Bu haqida "O'zbekiston24" telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Ko'rish uchun havola: https://bit.ly/2LMo2k8

Manba: http://t.me/mtrkuzofficial

@milliymarkaz
5.6K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2021-02-05 17:05:35 #Қорақалпоғистон
#Халқаро_тадқиқотлар

Таълим инспекцияси ишчи гуруҳининг Қорақалпоғистон Республикасига ташрифи давомида Хўжайли туманидаги 6-сонли умумий ўрта таълим мактабида халқаро баҳолаш дастурларига тайёргарлик кўриш бўйича ўқув семинари ташкил этилди.

Семинар тафсилотлари билан "Ўзбекистон24" телеканали ижодкорлари томонидан тайёрланган лавҳа орқали танишишингиз мумкин.

Кўриш учун https://bit.ly/36Mi9ul ҳаволаси устига босинг
.

Манба: http://t.me/mtrkuzofficial

Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
10.5K views14:05
Ochish/sharhlash
2021-02-05 10:53:34 (...davomi)

IEA tashkiloti, YUNESKO va Jahon banki bilan hamkorlikda pandemiyaning ta'lim tizimiga ta'sirini o'rganishga qaratilgan REDS tadqiqotini O'zbekistonda ham Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusiga ko'ra Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etishga kirishildi.

Shu o'rinda REDS haqida ba'zi ma'lumotlarni bildirib o'tishni lozim deb topdik

REDS qanday tadqiqot

REDS bu - Ta'limdagi uzilishlar haqidagi so'rovlarga javoblar deb nomlangan yangi tadqiqot hisoblanib, Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi va UNESKO hamda Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda "COVID-19" pandemiyasining global ta'limga qanchalik ta'sir ko'rsatganini ilmiylikka asoslangan holda aniqlash uchun ishlab chiqilgan xalqaro dasturdir

REDS tadqiqotida kimlar ishtirok etadi

Tadqiqot uchun ishtirokchilarning ko'lami va xilma-xilligi muhim hisoblanib, unda IEA tashkiloti tomonidan tasodifiylik asosida tanlab olinadigan maktablarning rahbariyati, 8-sinf o'quvchilari va ularga ta'lim berayotgan o'qituvchilari ishtirok etadilar

REDS tadqiqoti nimani o'rganadi

REDS tadqiqoti boshqa PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlardan farqli ravishda unda o'quvchilarining bilimi yoki savodxonligi emas, balki, o'quvchilar, o'qituvchilar va maktab rahbariyati tomonidan to'ldirib beriladigan so'rovnomalar asosida ta'lim jarayonlari va uning sifatiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi

REDS tadqiqotida ishtirok etish nima beradi

Tadqiqotda ishtirok etish, mamlakatimizda pandemiya davrida ta'lim sohasidagi yutuqlar va bo'shliqlar, pandemiyaning tizimga ijobiy va salbiy ta'sirlarini o'rganish, ushbu omillarni xorijiy mamlakatlar bilan solishtirma tahlillar qilish, pandemiya ta'sirini yumshatishda strategik qarorlar qabul qilish uchun ishonchli ma'lumotlar olish imkoniyati yaratiladi

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
13.8K viewsedited  07:53
Ochish/sharhlash
2021-02-05 10:53:04
Pandemiyaning o'quv jarayoniga ta'siri o'rganiladi

So'nggi bir necha o'n yillikda inqiroz, asosan, tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar yoki ayrim hollarda uchrab turuvchi epidemiyalar ba'zi mamlakatlar yoki mintaqalarda ta'lim jarayonidagi turli uzilishlarga sabab bo‘ldi. Biroq, dunyo bo'ylab keng tarqalgan COVID-19 pandemiyasi sabab bo'lgan ta'limdagi uzilishlar darajasi ilgari ko'rilgan inqirozlardan kattaroqdir.

Shu munosabati bilan, IEA va YUNESKO Yevropa Komissiyasi bilan hamkorlikda pandemiyaning global ta'limga ta'siri haqida batafsilroq ma'lumot shakllantirish uchun yangi "Responses to educational disruption survey - REDS" xalqaro tadqiqoti ishlab chiqildi. Tadqiqot ta’limni isloh etish uchun yordam beradigan qimmatli ma'lumotlarni to’plash, ta'limdagi uzilishlar natijasida eng katta xavf ostida bo'lgan o‘quvchilarni tushunish va gender tengligini mustahkamlash hamda o'qituvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo'shishni maqsad qilgan.
(davomi...)
12.1K views07:53
Ochish/sharhlash
2021-02-01 17:00:47 Репортаж 24 | Таълим сифатига эришиш - бош мақсад

Айни кунларда Таълим инспекцияси томонидан таълим сифатини ошириш бўйича амалга оширилаётган ишлар самарадорлигини жойига чиққан ҳолда ўрганиш ва педагогларга амалий-услубий ёрдам кўрсатиш мақсадида режали ишлар бошлаб юборилган.

"Ўзбекистон24" телеканали ижодкорлари томонидан тайёрланган қуйидаги репортажда инспекция ишчи гуруҳининг
Сирдарё вилоятига ташрифи тафсилотлари ҳақида сўз борган.

Репортажни кўриш учун https://bit.ly/3j7bjED ҳаволаси устига босинг
.

Манба: http://t.me/mtrkuzofficial

Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
7.5K views14:00
Ochish/sharhlash