Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-09-19 16:35:30
Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz IEA xalqaro tashkiloti aʼzoligiga taklif etildi

Batafsil:
https://tdi.uz/uz/news/4627

———————————

В члены Международной организации IEA приглашен Национальный центр при Инспекции по образованию

Подробно:
https://tdi.uz/ru/news/4627

———————————

The National Center under the Inspectorate for Education is invited to membership in the International Organization IEA

More:
https://tdi.uz/en/news/4627

@uztdi
3.4K views13:35
Ochish/sharhlash
2022-09-19 12:09:08
Hurmatli ustozlar!

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish" mavzusidagi onlayn vebinar boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.

Ushbu onlayn vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang

YouTube sahifasi orqali jonli ko'rish
- http



ZOOM dasturi orqali ko'rish https://bit.ly/3qJlq7q

Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://t.me/milliymarkaz
3.8K views09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-17 11:10:25
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D), dotsent, Yaponiyaning Nagoya universiteti (Ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi) doktoranti Ismailov Xusanboy Muhammadqosim o‘g‘li ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

Taqdimot mavzusi:

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish"

O'tkazish kuni:
2022-yil, 19-sentabr

Boshlanish vaqti: 14:30

Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoringi bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin –https://bit.ly/3qJlq7q

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
22.8K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-09-13 08:42:48

Finlyandiya misolida ta’lim tizimining sifati uning o‘qituvchilari sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin emasligini tasdiqlaydi.

Finlyandiya ta'lim tizimida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha eng barqaror davlatlardan biri hisoblanadi. Bu mukammal ta'limning sinonimiga aylandi. Darhaqiqat, ko'plab davlatlar o'z maktablari uchun qabul qilishi mumkin bo'lgan ilg’or tajribalarni, qonunchilik bazasi va eng yuqori amaliyotlarni o'rganish uchun Finlyandiyaga o'z mutaxassislarini yuboradilar.

Ushbu mamlakatda o'quvchilar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan Osiyo mamlakatlariga qaraganda o‘qishga kamroq vaqt ajratadilar, uy vazifasini kamroq bajaradilar hamda maktabdagi tekshiruvlar bekor qilingan.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, boshqa ko'plab muvaffaqiyatli tizimlar singari, Finlyandiya tizimi kam ta'minlangan o'quvchilar yuqori natijalarga erishishlari mumkinligi va har qanday maktab, qayerda joylashganidan qat'iy nazar, yuqori sifatli ta'limni ta'minlashi kerakligiga asoslanadi.

Finlyandiya pedagog kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi. Finlyandiya o'qituvchilikni jamiyatda nufuzi yuqori bo’lganligi va pedagogika yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasalarida juda yuqori raqobat bilan ajralib turadigan kasbga aylantirdi (har bir o'rin uchun 10 nafar). O'qituvchilik muhim, hurmatli kasb sifatida qabul qilinadi, o'qituvchilarga ishonch va mustaqillik beriladi.

Va, albatta, Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir o'ziga xos xususiyati mukammallik tamoyilidir. Bu yerda barcha o’quvchilarga bepul issiq ovqat, tibbiy xizmat, jumladan, stomatolog va psixolog xizmati ko‘rsatiladi. Maxsus ta'limga muhtoj bolalarga g'amxo'rlik qilish esa har qanday maktab vazifasining ajralmas qismidir.

#Finlandiya, #Talim, #Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Sifat, #Bilim, #OECD, #natijalar, #kreativfikrlash

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.8K views05:42
Ochish/sharhlash
2022-09-12 16:22:41 2022-yil 9-sentabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan o'tkazilgan Germaniyaning Bremen Universiteti, Texnika va ta'lim instituti kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Matkarimov Akramjon Muxtorovich ishtirokidagi onlayn vebinarning video yozuvi e'tiboringizga havola etilmoqda

“O‘quvchilarda tadqiqotchilik va kompleks tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish”

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.2K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-09-10 11:01:30 Vazifalarning murakkabligi oshib borishi sayin yodlab olish samarasiz bo'ladi

PISA natijalari shuni ko'rsatadiki, yodlab olishga asoslangan ta'lim strategiyalari o’quvchilarga kamdan-kam yordam bermoqda, chunki ular bajarishi kerak bo'lgan vazifalar murakkablashib bormoqda va buning uchun ularga nostandart tahliliy ko'nikmalar talab qilinmoqda - aynan shu bosqichda raqamlashtirish haqiqiy muammolarni hal qila boshlaydi deb ta’kidlab o’tilmoqda.

O'z navbatida, ta'lim strategiyalari takomillashtirish uchun yangi va o'rganilgan ma'lumotlarni birlashtirish, zamonaviy qarorlar qabul qilishda ijodiy yondashish va nostandart yechim topish orqali rivojlanib boradi. Bularning barchasi o‘quvchilarga ertangi dunyoning aksi bo‘lgan yanada murakkab PISA topshiriqlarini bajarishga yordam beradi.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Sifat, #Bilim, #OECD, #natijalar, #kreativfikrlash

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
5.5K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-09-10 09:34:19 Avval xabar berganimizdek, O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan Axborotnomaning 4-soni nashrdan chiqarilgan edi.

Ushbu test topshiriqlari to‘plami Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining davriy nashri bo‘lib, Axborotnomaning 4-soni hisoblanadi. Undan foydalanishingiz uchun elektron PDF shaklda etiboringizga havola etmoqdamiz.

Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi tomonidan ushbu Axborotnoma 500 ta nusxada ko'paytirilib tegishli taʼlim vazirliklari, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari va tayanch maktab jamoalariga bepul yetkazib berildi.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
17.9K viewsedited  06:34
Ochish/sharhlash
2022-09-10 09:01:57 2022-yil 9-sentabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o'tkazilgan Germaniyaning Bremen Universiteti, Texnika va ta'lim instituti kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari) bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Matkarimov Akramjon Muxtorovich ishtirokidagi onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda

Taqdimot mavzusi:

“O‘quvchilarda tadqiqotchilik va kompleks tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish”

Hurmatli ustozlar o'z bilim va tajribalaringizni respublika miqyosida ommalashtirmoqchi bo'lsangiz ushbu @milliymarkaz_aloqabot orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz hamkorlik qilishga tayyormiz!

Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
8.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2022-09-09 12:24:44
Hurmatli ustozlar!

“O‘quvchilarda tadqiqotchilik va kompleks tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni ishlab chiqish” mavzusidagi onlayn vebinar boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.

Ushbu onlayn vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang

YouTube sahifasi orqali jonli ko'rish
- https



ZOOM dasturi orqali ko'rish -https://bit.ly/3RqiCro

Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://t.me/milliymarkaz
28.7K viewsedited  09:24
Ochish/sharhlash
2022-09-08 11:02:21 Milliy markaz pinned a photo
08:02
Ochish/sharhlash