Get Mystery Box with random crypto!

PIRLS 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash b | Milliy markaz

PIRLS 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish uchun 6-mashq daftari.

Ushbu mashq daftari, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini, jumladan, matnni o‘qib tushunish darajasini baholash, badiiy tajriba orttirish va axborot olish uchun mo‘ljallangan matnlar bilan ishlash, o‘qiganlarini tahlil va talqin qilish hamda xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha material sifatida PIRLS tadqiqotining ochiq manbalaridan foydalanilgan holda tayyorlandi.

Mashq daftarida, bog'da mehnat qilayotgan Charli ismli oddiy bolaning o'z qobiliyatini o'zga yerdan qidirganligi haqida hikoya qilinadi.

Matndan parcha
..."Charli uyiga qaytib, o‘tlarni yuldi. "Barcha do‘stlarimning o‘ziga yarasha qobiliyati bor", deb o‘yladi. "Men ham biror sohada zo‘r bo’lishni xohlardim". Yozning qolgan qismida ham Charli o‘z qobiliyatini topishga harakat qildi."...(batafsil)

@milliymarkaz