Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-10-11 14:21:20
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni, Tabiiy fanlar savodxonligi yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot:
“Xona o‘simliklari”, “Chivinlar”, “Viruslarning kashf qilinishi”

O'tkazish kuni: 2022-yil, 12-oktabr

O'tkazish vaqti: 10:30

Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning tabiiy fanlar bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3RT2EWm

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
14.6K viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2022-10-08 10:28:59
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni, matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot:
“Radiotelefon akkumulyatori”, “Internet-do‘kon aksiyasi”, “Biskvit”

O'tkazish kuni: 2022-yil, 10-oktabr

O'tkazish vaqti: 10:00

Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning matematik savodxonlik bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkinhttps://bit.ly/3fQ7syo

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.4K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:43:11
Hurmatli ustozlar!

“Dars jarayonida o‘quvchilar bilan samarali ishlash usullari”
(Vyetnam tajribasi) mavzusidagi onlayn vebinar boshlanishiga bir necha daqiqa qoldi.

Ushbu onlayn vebinarda beriladigan qimmatli ma'lumotlarni o'tkazib yubormang

YouTube sahifasi orqali jonli ko'rish
-



ZOOM dasturi orqali ko'rish https://bit.ly/3EmH1dE

Milliy markazning telegram sahifasiga ulanish
https://t.me/milliymarkaz
6.3K views04:43
Ochish/sharhlash
2022-10-04 08:38:19
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli Ustozlar! Sizlarni, Vyetnam davlatida "Yil o'qituvchisi" deb e'tirof etilgan hamda Vyetnam o'quvchilariga noan'anaviy usullarda dars o'tib kelayotgan tajribali mutaxassis Nottingem universiteti Vyetnam filiali magistranti Siddikov Dostonbek Sherozovich ishtirokidagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

Taqdimot mavzusi:

“Dars jarayonida o‘quvchilar bilan samarali ishlash usullari”
(Vyetnam tajribasi)

O'tkazish kuni:
2022-yil, 5-oktabr

Boshlanish vaqti: 10:00

Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning trener va o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoringi bo'limi xodimlari va ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting! –https://bit.ly/3RANJ2R

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |
664 views05:38
Ochish/sharhlash
2022-10-03 15:23:59
Ҳудудлар рейтинги

Юқори ўринлар:

Бухоро вилояти
Навоий вилояти
Хоразм вилояти

Сўнгги ўринлар:

Сурхондарё вилояти
Қашқадарё вилояти
Тошкент вилояти

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.0K views12:23
Ochish/sharhlash
2022-10-03 14:49:58
Айни пайтда Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясида умумтаълим муассасалари миллий рейтингини эълон қилишга бағишланган тадбир ўтказилмоқда.

Унда Таълим инспекцияси бошлиғи Улуғбек Ташкенбаев ва Халқ таълими вазирининг биринчи ўринбосари Усмон Шарифхўжаев, тегишли бошқарма ва бўлим бошлиқлари ҳамда вилоятлар, туман (шаҳарлар) ҳокимларининг ёшлар сиёсати, ижтимоий ривожлантириш ва маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосарлари иштирок этмоқда.

Тадбир давомида 2021 йил якунлари бўйича Республикамизнинг 14 та ҳудудидаги 207 та туман (шаҳар)ларда жойлашган 9 954 (ўтган йилда 9 622 та) та мактаб фаолияти ва таълим сифати кўрсаткичларига Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри, шунингдек туман (шаҳар) кесимида баҳо берилади.


Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2.0K views11:49
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:06:05
Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-murabbiylarning o‘rni juda muhim.

Yangilanayotgan O‘zbekiston islohotlarining muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan erishamiz, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barchangizga ushbu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz.

Hurmat bilan, Milliy markaz jamoasi!

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.3K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-09-27 13:17:04 ​​ O'z maqolangizni chop ettirish uchun ajoyib imkoniyat!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti “Xalq taʼlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Jurnalning navbatdagi sonida sizning ham maqolangiz joy olishi mumkin.

Maqolaga qo‘yiladigan texnik talablar:

Maqolaning hajmi 5 sahifadan kam bo‘lmagan va 8 sahifadan oshmagan holda taqdim etilishi tavsiya etiladi;

Maqolaning asosida matnning kamida 60-70 % muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim (topshirilgan maqolalar antiplagiat uchun tekshiriladi);

Maqolaning matni, formula va jadvallarni *Microsoft Word* dasturidan foydalanib tayyorlash kerak.


Matn parametrlari: barcha tarafdan 2 sm dan standart hoshiyalar qolishi kerak; shrift Times New Roman, kegel – 12; satrlar orasidagi interval – 1,5 sm.; matnni kengligi bo‘yicha tekislash; abzas 1,25 sm; sahifani tanlash uchun joylashuv – kitob sahifasi. Barcha rasmlar va jadvallar raqamlanishi, nomlanishi hamda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Maqolani avloniy_jurnal@xtv.uz va jurnal@avloniy.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

Tahririyat tomonidan taqrizdan o‘tgan va nashrga tavsiya etilgan maqolalarda keltirilgan dalillar va maʼlumotlar uchun muallif javobgar hisoblanadi. Tahririyat taqrizidan o‘tmagan maqolalar qaytarilishi va unga izoh berish majburiyatini olmaydi.
Jurnalning davriy xarakter kasb etishini eʼtiborga olgan holda qoida tariqasida 2 oy davomida chop etiladi.

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
1.4K views10:17
Ochish/sharhlash
2022-09-23 10:32:59 2022-yil 19-sentabr kuni Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o'tkazilgan Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D), dotsent, Yaponiyaning Nagoya universiteti (Ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi) doktoranti Ismailov Xusanboy Muhammadqosim o‘g‘li ishtirokidagi onlayn vebinarning taqdimoti e'tiboringizga havola etilmoqda

Taqdimot mavzusi:

"Ta’lim tizimini Lesson study texnologiyasi orqali rivojlantirish"

Milliy markaz bilan bog'lanish:
3.6K views07:32
Ochish/sharhlash
2022-09-20 15:17:33
Таълим инпекцияси ҳузуридаги Миллий марказ IEA халқаро ташкилоти аъзолигига таклиф этилди.

Бунда, IEA томонидан бошқариладиган PIRLS ва REDS тадқиқотларининг бир даврийлигини муваффақиятли ташкил этилганлиги ва жорий этишдаги тажрибалар инобатга олинди.

Батафсил:


Янги Ўзбекистон
Народное слово

#OAV biz haqimizda #PISA #PIRLS #TIMSS #TALIS

Миллий марказнинг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
4.1K viewsedited  12:17
Ochish/sharhlash