Get Mystery Box with random crypto!

​ Finlyandiya misolida ta’lim tizimining sifati uning o‘qit | Milliy markaz



Finlyandiya misolida ta’lim tizimining sifati uning o‘qituvchilari sifatidan yuqori bo‘lishi mumkin emasligini tasdiqlaydi.

Finlyandiya ta'lim tizimida yuqori natijalarga erishish bo‘yicha eng barqaror davlatlardan biri hisoblanadi. Bu mukammal ta'limning sinonimiga aylandi. Darhaqiqat, ko'plab davlatlar o'z maktablari uchun qabul qilishi mumkin bo'lgan ilg’or tajribalarni, qonunchilik bazasi va eng yuqori amaliyotlarni o'rganish uchun Finlyandiyaga o'z mutaxassislarini yuboradilar.

Ushbu mamlakatda o'quvchilar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan Osiyo mamlakatlariga qaraganda o‘qishga kamroq vaqt ajratadilar, uy vazifasini kamroq bajaradilar hamda maktabdagi tekshiruvlar bekor qilingan.

Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, boshqa ko'plab muvaffaqiyatli tizimlar singari, Finlyandiya tizimi kam ta'minlangan o'quvchilar yuqori natijalarga erishishlari mumkinligi va har qanday maktab, qayerda joylashganidan qat'iy nazar, yuqori sifatli ta'limni ta'minlashi kerakligiga asoslanadi.

Finlyandiya pedagog kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratadi. Finlyandiya o'qituvchilikni jamiyatda nufuzi yuqori bo’lganligi va pedagogika yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasalarida juda yuqori raqobat bilan ajralib turadigan kasbga aylantirdi (har bir o'rin uchun 10 nafar). O'qituvchilik muhim, hurmatli kasb sifatida qabul qilinadi, o'qituvchilarga ishonch va mustaqillik beriladi.

Va, albatta, Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir o'ziga xos xususiyati mukammallik tamoyilidir. Bu yerda barcha o’quvchilarga bepul issiq ovqat, tibbiy xizmat, jumladan, stomatolog va psixolog xizmati ko‘rsatiladi. Maxsus ta'limga muhtoj bolalarga g'amxo'rlik qilish esa har qanday maktab vazifasining ajralmas qismidir.

#Finlandiya, #Talim, #Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Sifat, #Bilim, #OECD, #natijalar, #kreativfikrlash

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram