Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy M
Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.18K
Kanalning ta’rifi

Allohga va Rosuli ﷺ ga oshiq bo'lgan,
o'zligini qidirgan,tafakkur va muhabbatli oshiq qalblar uchun.
«Allohga yetkazuvchi yo'llar ko'p,
Men "muhabbat"ni tanladim.» Rumiy
Admin @ikhtiyarovicc

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2021-11-22 16:54:29
Sokin insonga boqib, uning muammosi yoʻq deb oʻylamang... Shunchaki, baʼzilar oʻz muammolari bilan boshqalarni bezovta qilishni xohlashmaydi...!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
19.4K viewsBahodir, 13:54
Ochish/sharhlash
2021-11-22 08:19:36

Insonlarning siz haqingidagi gaplari goʻyoki toshga oʻxshaydi... Yoki siz ularni koʻtarib yurib, belingizni sindirasiz... Yoki ular bilan oyogʻingiz ostiga zina barpo etib, niyatingizga yetasiz...!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
19.5K viewsBahodir, 05:19
Ochish/sharhlash
2021-11-19 05:31:53
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

• •Robbimiz - Alloh
• •Dinimiz - Islom
• •Qiblamiz - Kaʼba
• •Ayyomimiz - Juma
• •Farzimiz - Namoz
• •Qarzimiz - Zakot
• •Orzuimiz - Haj
• •Amalimiz - Savob
• •Tilimiz - Taqvo
• •Nafratimiz - Zino
• •Sevganimiz - Hayit
• •Soʻzimiz - Alhamdulillah
• •Eng katta orzuimiz - Jannat va Allohning vasli inshaalloh!

Bugun sokin osmonu falak,
Hamma izlar Allohdan koʻmak!
Musulmonmiz bu baxtdir demak,
Qadrdonlar Juma muborak!


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
25.1K viewsBahodir, 02:31
Ochish/sharhlash
2021-11-18 18:28:53 Saboq...

Bir kuni bir dahriy va dono zot uchrashib qolishibdi. Dahriy bu dunyoni Alloh yaratgani yolgʻonligi, hamma narsa oʻz-oʻzidan rivojlanganini aytib, donishmandni mot qilmoqchi boʻlibdi. Donishmand eʼtiroz bildirmadi va faqatgina, ikki kundan soʻng kelishini aytib, uyiga ketdi.
ikki kundan soʻng donishmand dahriyning uyiga keldi. Sovgʻa qilib ajoyib tabiat manzarasi chizilgan suratni olib keldi. Dahriy suratning goʻzalligiga qoyil qoldi. U hech qachon bu kabi suratni koʻrmagan ekan.
— Moʻjiza-ku! — qichqirdi u. — Bu ajoyib asar kimning qalamiga mansub?
— Hech kimning! — dedi donishmand. — Omborxonamda bir necha quti boʻyoq va mato bor edi. Kecha boʻyoqni bilmasdan toʻkib yuboribman. Qarasam, boʻyoqlar toʻkilib, shu surat paydo boʻlib qoldi!
— Meni mazax qilyapsizmi! — hayqirdi dahriy. — Qanday toʻkiladi? Boʻlishi mumkin emas. Axir buni qarang: qanaqa kompozitsiya, maʼnolarning teranligi, mayda detallarigacha aniq berilgan... Bu suratni qaysidir buyuk yaratuvchi chizganligi aniq!
— Koʻryapsizmi,— dedi donishmand, — siz hatto bu surat birovning koʻmagisiz oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkinligini oʻylab ham koʻrmaysiz. Men qanday qilib boshim ustidagi osmon, oyogʻim ostidagi oʻtloqlar, daraxtlar, daryolar, koʻllar, oʻrmonlar, togʻlar va vodiylarni oʻz-oʻzidan, Buyuk Yaratuvchining irodasisiz paydo boʻlganiga ishonay
...?!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
18.1K viewsBahodir, 15:28
Ochish/sharhlash
2021-11-18 09:06:13
Shunday qalb sohiblari borki, ularga qancha zulm qilsangiz ham, aslo yomon ko’rishni bilmaslar...
Yana shunday qalb sohiblari borki, ularga qancha ezgulik qilsangiz ham, yaxshi ko’rishni eplolmaslar...!


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
16.9K viewsBahodir, 06:06
Ochish/sharhlash