Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy M
Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.18K
Kanalning ta’rifi

Allohga va Rosuli ﷺ ga oshiq bo'lgan,
o'zligini qidirgan,tafakkur va muhabbatli oshiq qalblar uchun.
«Allohga yetkazuvchi yo'llar ko'p,
Men "muhabbat"ni tanladim.» Rumiy
Admin @ikhtiyarovicc

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-08-18 21:00:19
* * *

Ko‘zingga boqqandim, ko‘zimni topdim,
So‘zingni tinglabon so‘zimni topdim.
Manzil oxirida ajib uchrashuv —
Seni axtardim-u o‘zimni topdim!

— Xayrulla Hamidov

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.0K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-08-18 21:00:18
Giyoh o‘zini dardga shifo deb o‘ylamasin.
Chora ham Alloh,
Tabib ham Alloh...
Qul, qulni bilmasdan muhokama qilmasin.
Muhokama qilguvchi ham Alloh,
Hukm qilguvchi ham Alloh...


— Jaloliddin Rumiy

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.8K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:18:52


Gul go‘zal, lekin tikani jonni og‘ritadi, deydilar. Agar qo‘llar gulni tutishni bilsa, nega jonni og‘ritsin!?

— Rumiy
14.4K viewsБекзод Равшанов, 11:18
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:37:45


Bir-birini tushunish – bir xil tilda soʻzlashish emas. Bir-birini tushunish – bir xil tuygʻuni his etishdir.

— Rumiy
14.1K viewsБекзод Равшанов, 09:37
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:37:31


Yoʻlning oxiri qayerga borishi haqida hadeb oʻylayverish, behuda bir ishdir. Sen faqatgina, bosayotgan ilk qadamingni oʻylab bosishga masʼulsan. Qolgan narsalar zotan, oʻzligingdan keladi.
12.3K viewsБекзод Равшанов, 09:37
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:20:02
Бaъзан фурсат топиб эслолмасам ҳам,
Юрак тўлиб тошганда дардлашмасам ҳам.
Баъзида дардингиз ололмасам ҳам,
Унутманг қадрдоним юрагимдасиз!

Ассаламу алайкум Саййудул айём Жума муборак бўлсин дилга яқиним!

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
21.6K viewsБекзод Равшанов, 19:20
Ochish/sharhlash
2022-07-21 11:39:16 Ibrat

OʻQIB YIGʻLADIM...

Sevimli paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) olamdan oʻtganlariga 3 kun boʻldi Abubakr r.a. Oysha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol ahvol soʻrab, “Ey qizim Oysha, Rosulullox (sallollohu alayhi vasallam)ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi”- dedilar?
Xazrati Oysha onamiz “Yoʻq otajon, Siz xamma sunnatlarini toʻliq toʻkis ado qildinggiz”- dedilar.
Xazrati Abu Bakr yana qaytarib “ Qizim Alloh xaqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi”- degan edilar Oysha onamiz roziyalloxu anho yigʻlab yubordilarda va “Otajon, Alloh xaqqi deganingiz uchun aytaman. Rosululloh (sallollohu alayhi vasallam) ning bir sunnati bor edi ”Xech kimga aytmang yo Oysha“- der edilar. Arab bozorining oldida bir uy bor. U yerda bir 80 yoshga kirgan tugʻma koʻr nogiron, xech kimi yoʻq yaxudiy qariya yashardi. Paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda tahajjud namozlarini oʻqib boʻlgach hamma uyquga ketgan paytida oʻsha yaxudiyni uyga borib uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar”- dedilar.
Buni eshitgan hazrati Abu Bakr r.a tahajjud namozini oʻqidilarda yaxudiyning uyiga yoʻl oldi.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri xech kim xabar olmagan. Qariyaning ahvoli judayam achinarli holatda edi.
Abu Bakr r.a darrov ishga kirishdilar. Supurdi, sidirdi, qariyani yuvintirdi, kiyimlarini almashtirdi, ovqatlantirib boʻlgach, qariyaga “Mayli men boray”- deb ketmokchi boʻlgan edilar, Qariya Abu Bakr r.a ni qoʻllaridan ushladi va “Sen kimsan”- deb soʻradi. Abu Bakr esa “Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan xabar olib turgan qulman”- dedilar. Shunda qariya “Sen yolgʻon gapiryapsan”-dedi. Abu Bakr “Nega unday deysiz?”- dedilar. Qariya “Chunki, Sen menga qattiq muomalada boʻlding, yuvintirganda ham kiyintirganda ham, xatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda extiyotkorlik bilan qarardi choʻmiltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab chaynab berardi. Uning shunaqangi hidi bor ediki u hidni butun arab diyoridan ham topa olmaysan”- dedilar. Abu Bakr r.a tinmay yigʻlar edilar. Qariya yana soʻzida davom etib “Agar oʻsha odam sen boʻlsang, nimaga shuncha kun yoʻq boʻlib ketding yoki sen ham ”- jodugarni toʻriga ilindingmi?“-dedi.
Abu Bakr r.a esa ”qanaqa jodugarni aytyapsiz ota“- dedilar. Qariya ”Eshitmaganmisan, bir Muhammad(alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni oʻziga kelganini va oʻzini paygʻambarman deb hammani sehrlayaptiyu“-dedi.
Shunda Abu Bakr r.a dod devordilar va ”Ey ota toʻxtang“- dedilar.

”Oʻsha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muxammad (sallollohu alayhi vasallam) ning oʻlganlariga 3 kun boʻldi. Aslida siz jodugar degan oʻsha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan xabar olib turdilar. Qarang 3 kunda qanaqa holga tushibsiz“- dedilar .

Qariya qotib qoldi va ”Unda sen kimsan“- dedi. Men Abu Bakrman dedilar.

Qariya ham dod deb yigʻlashni boshladilar va ”Ey Xudo meni koʻzimni koʻr, oyogʻlarimni choʻloq, nogiron qilib yaratganing yetmasdan qalbimni ham koʻr qilgan ekansan“-deb yigʻlardi va ”ey Abu Bakr sen guvoh boʻl Allohni yagonaligiga va Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) uning paygʻambarligiga guvohlik beraman"- dedida Abu Bakr r.a ning qoʻlida jon berdi!

(Hadis va hayot kitobidan)

Ikki olam sarvari, Habibimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga cheksiz va batamom durud va salavotlar boʻlsin!

Allohumma solli aʼla sayyidina Muxammadin va ali aʼla sayyidina Muhammad...

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
6.2K viewsБекзод Равшанов, edited  08:39
Ochish/sharhlash
2022-07-03 16:54:31
Oldiga bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim...
Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur...

- Muhammad Yusuf

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
11.2K viewsBahodir, edited  13:54
Ochish/sharhlash
2022-06-20 01:08:12
#ШЕЪРИЯТ

Сиз ола қолинг...

Менга Мавлонони, Юнусни бериб,
Мажнуну, Лайлони сиз ола қолинг
Чанқоғим қирқ йиллик, бўз сувни бериб,
Ирмоғу, дарёни сиз ола қолинг!

Мен толиб эмасман шухрату шонга,
Мақому мартаба юк бўлар жонга,
Бир севги, бир вафо етади менга,
Ҳасадни, жафони сиз ола қолинг!

Замоним йўқ майдалашиб юришга,
Ортда қолганларни кутиб туришга,
Қалбим очиқ вафодорлар киришга,
Сохтакор риёни сиз ола қолинг!

Бу дунё синдирар ман-ман ва зўрни,
Иймонда ҳис қилдим лаззат ҳузурни,
Кибрни, таънани, жирканч ғурурни,
Баднафс мубталони сиз ола қолинг!

Ўлим ҳақ, не керак талашма-талаш,
Бир кун тўлар кўзга тупроқ ила тош,
Мени иймонимла қўйинг бошма-бош!
Улгуржа дунёни сиз ола қолинг!

Абдурроҳим Каракўч

Таржимон Маҳбубий

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
16.0K viewsBahodir, 22:08
Ochish/sharhlash
2022-06-15 10:31:25
Bir yigit so‘radi:
— Ba’zilar ilm olib adashib ketishyapti. Men ham shundan cho‘chib ilm olmoqchi emasman. Shunga nima deysiz?

Abu Dardo (r.a)ning javobi shunday bo‘ldi:
— To‘g‘ri, ilmlilarning ba’zilari adashib ketgani rost gap. Biroq, ilmsizlarning hammasi adashadi, hammasi!


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
17.2K viewsBahodir, 07:31
Ochish/sharhlash