Get Mystery Box with random crypto!

Saboq... Bir kuni bir dahriy va dono zot uchrashib qolishibdi | Mavlono Jaloliddin Rumiy

Saboq...

Bir kuni bir dahriy va dono zot uchrashib qolishibdi. Dahriy bu dunyoni Alloh yaratgani yolgʻonligi, hamma narsa oʻz-oʻzidan rivojlanganini aytib, donishmandni mot qilmoqchi boʻlibdi. Donishmand eʼtiroz bildirmadi va faqatgina, ikki kundan soʻng kelishini aytib, uyiga ketdi.
ikki kundan soʻng donishmand dahriyning uyiga keldi. Sovgʻa qilib ajoyib tabiat manzarasi chizilgan suratni olib keldi. Dahriy suratning goʻzalligiga qoyil qoldi. U hech qachon bu kabi suratni koʻrmagan ekan.
— Moʻjiza-ku! — qichqirdi u. — Bu ajoyib asar kimning qalamiga mansub?
— Hech kimning! — dedi donishmand. — Omborxonamda bir necha quti boʻyoq va mato bor edi. Kecha boʻyoqni bilmasdan toʻkib yuboribman. Qarasam, boʻyoqlar toʻkilib, shu surat paydo boʻlib qoldi!
— Meni mazax qilyapsizmi! — hayqirdi dahriy. — Qanday toʻkiladi? Boʻlishi mumkin emas. Axir buni qarang: qanaqa kompozitsiya, maʼnolarning teranligi, mayda detallarigacha aniq berilgan... Bu suratni qaysidir buyuk yaratuvchi chizganligi aniq!
— Koʻryapsizmi,— dedi donishmand, — siz hatto bu surat birovning koʻmagisiz oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkinligini oʻylab ham koʻrmaysiz. Men qanday qilib boshim ustidagi osmon, oyogʻim ostidagi oʻtloqlar, daraxtlar, daryolar, koʻllar, oʻrmonlar, togʻlar va vodiylarni oʻz-oʻzidan, Buyuk Yaratuvchining irodasisiz paydo boʻlganiga ishonay
...?!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz