Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy M
Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.18K
Kanalning ta’rifi

Allohga va Rosuli ﷺ ga oshiq bo'lgan,
o'zligini qidirgan,tafakkur va muhabbatli oshiq qalblar uchun.
«Allohga yetkazuvchi yo'llar ko'p,
Men "muhabbat"ni tanladim.» Rumiy
Admin @ikhtiyarovicc

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-09-01 15:28:15 ╭━━━━╮ Siqilyabsizmi
┃ •═ ┃
┃████ ┃
┃████ ┃
┃████ ┃ unda telefon ustiga
┃ □ ┃ bosib ko'ring
╰━━ ━━╯
55 views𝐀, 12:28
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:16:01


Qiblaga intilgin,
Shundadir malham,
Qolgan taraflardan izlama najot...
Nur o'sha yoqdadir – quyosh botsa ham,
O'sha tomondadir aslida hayot!..

— Xayrulla Hamidov
1.3K viewsБекзод Равшанов, edited  09:16
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:05:14


Ishq yagonadir!
Faqatgina g‘ilaylarning ko‘ziga ikki, to‘rt bo‘lib ko‘ringanidek turli-tuman, xilma-xil shakllarda ko‘rinmoqda!

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
1.7K viewsБекзод Равшанов, 07:05
Ochish/sharhlash
2022-08-31 22:34:30
31 yoshing muborak jonajon O'zbekistonim

Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan barcha vatandoshlarimizni muborakbod etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi abadiy bo‘lsin!
https://t.me/+rj1w9giYiuwyOTMy
https://t.me/+rj1w9giYiuwyOTMy
3.9K viewsБекзод Равшанов, 19:34
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:16:36


Qani o‘rningdan tur, o‘zingga kel. Umidsizlikka berilma, umid Allohdan, umidsizlik esa shaytondandir.

Ichingdagi umidga ishon, bu umidni so‘ndirishga uringan insonlar uchun quloqlaringni berkit.

Bu yo‘l seniki, umid seniki. Umidni mahkam quch.

— Shams Tabriziy

@J_Rumiy_aforizmlari
6.4K viewsБекзод Равшанов, 09:16
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:58:17


Agar ko‘nglimda bir g‘am bo‘lsa, bu sening huzuring uchundir.

Agar hovuchim biror xayr-saxovat qilolsa, demak u meniki emas, sening xayr-saxovatingdandir.

Chunki xayr-saxovat tuyg‘usini, mening qalbimga sen berding. Bu sababdan bergan men emas, sensan!

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
7.8K viewsБекзод Равшанов, 08:58
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:43:56
Qulga balo kelmas,
Haq yozmaguncha!
Haq balo yozmas,
Qul (yoʻldan) ozmaguncha!
Haq quldan intiqom,
Qul ila olur!
Dinu irfon bilmagan,
Buni Quldan (deb) bilur...

— Jaloliddin Rumiy

Qadarda bo‘lmasa boshingizga balolar kelmasdi. Bir tashvish keldimi, Allohdan deb, shunga ko‘ning. Zero, Yaratgan bandasidan intiqomni bandasi ila olur...


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
7.0K viewsБекзод Равшанов, 10:43
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:16:31
Bilgil-ki, duosiz qalblar muzlaydi.
Senga bir duo qiladiganing va sening ham duo qiladiganing boʻlsin!

Seni qorongʻu yoʻllaringni oydinlatgan, umid eshiklarini ochgan qaysi bir koʻngli siniq kishining duosi ekanligini bilmaysan. Seni bunchalik oyoqda tik tutgan qaysi bir kishiga qilgan duoying, bilmaysan!

- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
8.6K viewsБекзод Равшанов, 08:16
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:45:27
Jannat va jahannamni kelajakdan izlama. Ikkisi ham shu on va shu yerda mavjud. Qachon ki birovni evazsiz, hisobsiz va xolis seva olsak, aslida ana o‘shanda jannatiymiz.

Qachon ki birovlar bilan janjallashsak, nafrat, hasad va kin-adovat loyiga botsak, yuztuban jahannamga uloqtirilamiz.

— Shams Tabriziy


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
9.6K viewsБекзод Равшанов, 13:45
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:57:13
Kulgan edim, tortinmaysanmi?, ― dedilar.

Yig‘lagan edim, tabassum qilmaysanmi?, ― dedilar.

Tabassum qilgan edim, riyokorlik (ikkiyuzlik) qilyapti, ― dedilar.

Qovoq solgan edim, yashirgan narsasi fosh bo‘ldi, ― dedilar.

Sukut qilgan edim, tili zaif (duduq), ― dedilar.

Gapirgan edim, sergap, ― dedilar.

Halimlik qilgan edim, qo‘rqoq; agar qodir bo‘lganida, o‘ch olardi, ― dedilar.

Jasurlik qilgan edim, yengiltak; agar o‘ylab ish qilganida, jur’at qilmagan bo‘lardi, ― dedilar.

Agar "yo‘q" desam, (yo‘ldan) chetga chiqdi, agar "ha" deb, ularga muvofiq bo‘lsam, tekinxo‘r, ― derlar.

Va shuni aniq bildimki, odamlarning roziligin qancha istasam ham, malomat, mazammat qilinishim lozim ekan.

— Imom Shofe’iy rohimahulloh


- 𝓙𝓪𝓵𝓸𝓵𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓡𝓾𝓶𝓲𝔂

@J_Rumiy_aforizmlari
11.0K viewsБекзод Равшанов, 07:57
Ochish/sharhlash