Get Mystery Box with random crypto!

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy M
Telegram kanalining logotibi mavlono_jaloliddin_rumiy_uz — Mavlono Jaloliddin Rumiy
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.18K
Kanalning ta’rifi

Allohga va Rosuli ﷺ ga oshiq bo'lgan,
o'zligini qidirgan,tafakkur va muhabbatli oshiq qalblar uchun.
«Allohga yetkazuvchi yo'llar ko'p,
Men "muhabbat"ni tanladim.» Rumiy
Admin @ikhtiyarovicc

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2021-12-07 14:41:01
Insha Allah – ishonchdir.
Subhanalloh – e'tirofdir.
Laa ilaha illalloh – tavhiddir.
Alhamdulillah – shukrdir.
MashaAllah – hayratdir.

Bularning barchasi ISLOMdir!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
10.2K viewsBahodir, 11:41
Ochish/sharhlash
2021-12-06 19:30:48
Bolalardagi 5 xislat kattalarda ham bo‘lsa, avliyo bo'lardilar:

1.Rizq uchun g‘am qilmaydilar;
2.Kasal bo‘lganlarida Robbilarini hech kimga shikoyat qilmaydilar;
3.O‘zlari yakka holda ovqatlanmaydilar;
4.Xato qilsalar, qo‘rqib ko‘z yoshi to‘kadilar;
5. Urushib qolishsa, gina-adovat saqlamay, darrov yarashib ketadilar.


Imom Suyutiy

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
11.0K viewsBahodir, 16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-06 17:01:08
Alloh rizqqa kafildir, iymonga emas.
Shunday ekan rizqingizni emas, iymoningizni gʻamini qiling.


Ali roziyallohu anhu

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
9.8K viewsBahodir, 14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-03 17:11:10
Asl masala bir narsaga ega bo'lmoq emas...
Ega bo'lgan narsaga loyiq bo'lmoqdir...!

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.8K viewsBahodir, 14:11
Ochish/sharhlash
2021-12-01 12:00:55 Nechta do'stim bo'lishi kerak?


"Bir kishi mashhur donishmandning huzuriga kelib, undan so‘rabdi:

– Ustoz, sizdan bir narsani bilib olmoqchi edim. Odamning nechta do‘sti bo‘lishi kerak? “Yuz tillang bo‘lmasin, yuzta do‘sting bo‘lsin” degan maqolni eshitib qoldim. Lekin agar ataylab do‘st qidiradigan bo‘lsam, ishlarim o‘ngidan kelishiga ishonmayman. Axir qarshingdagi odam aslida qanaqaligini bilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u chinakam do‘st bo‘lishga loyiqmi-yo‘qmi – buni ham oldindan aytish qiyin. Uning ustiga, o‘zimning ham boshqalarga qay darajada do‘st bo‘la olishim aniq emas...

– Savolingga javob beraman, to‘g‘rirog‘i, javobni o‘zing topasan, – debdi donishmand. – Huv anavi olma daraxtini ko‘ryapsanmi? U dunyodagi eng baland olma og‘ochlaridan biri. Borib o‘sha daraxtning eng uchidagi mevalardan menga terib kel.

Odam o‘sha tarafga qarab, daraxtning yuksak shoxlarida tovlanib turgan olmalarni ko‘ribdi va:

– Lekin, taqsir, daraxt haqiqatan ham juda baland ekan. Mevalarni qanday qilib uza olaman? – debdi.

– Birorta do‘stingni chaqir, birgalashib olarsizlar, – deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatibdi donishmand.

Haligi kishi bir do‘stini topib kelibdi. O‘rtog‘i uning yelkasiga chiqibdi, lekin mevalarga qo‘li yetmabdi. Orada hali anchagina masofa bor ekan.

– Yo‘q, bunaqada hech narsaga erishib bo‘lmaydi, – debdi asabiylashib do‘st izlovchi.

– Nima balo, boshqa umuman do‘sting yo‘qmi? – debdi kulib donishmand.

Boyaqish boshqa do‘stlarini ham chaqirib, ancha-muncha odam yig‘ibdi. Ular bir-birlarining yelkalariga mingancha, terlab-pishib yuqoriga intilishibdi... Biroq bu jonli havoza olmagacha yetib bormabdi, holdan toygan odamlarning oyoqlari ham toyibdi, hamma yerga gursillab tushibdi.

Bu ishlarni kuzatib turgan donishmand haligi kishini yoniga chaqiribdi va so‘rabdi:

– Odamga nechta haqiqiy do‘st kerakligini tushungandirsan?

– Ha, taqsir, tushundim, – debdi u lat yegan yelkasini uqalagancha. – Juda ko‘p do‘st kerak ekan. Ko‘pdan quyon qochib qutulmaydi. Har qanday muammoni ko‘plashib hal qilish mumkin.

Donishmand afsus bilan bosh chayqabdi:

– To‘g‘ri, do‘stlarning ko‘p bo‘lgani yaxshi. Lekin miyasiga nar­von olib kelish fikri keladigan bittagina farosatli do‘sting bo‘lsa, undan-da yaxshi" .

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
17.7K viewsBahodir, 09:00
Ochish/sharhlash
2021-11-30 17:40:08
Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho’lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?

Hukmlar o‘qilur sening nomingdan,
Tarixlar to‘qilur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tamoshoga bunchalar o‘chsan?

Qarshingda hasratli o‘yga tolaman:
Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen- olomon?!.


- Abdulla Oripov -"1980"


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
15.0K viewsBahodir, 14:40
Ochish/sharhlash
2021-11-30 08:40:56
Ba'zan insonlar juda koʻp oʻylaydilar... Keragidan ortiq fikr yuritadilar... Aslida... Aslida esa shunchaki yashash kerakligini unutadilar...

Taqdirga rozi boʻlib, Allohning har ishidan hayr qidirib yashash qandoq ham yahshi


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.0K viewsBahodir, 05:40
Ochish/sharhlash
2021-11-29 12:16:26
"Insoniyatga hurmatimni saqlash uchun insonlardan uzoq turishga harakat qilaman .. "

- Fyodor Dostoyevskiy

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.0K viewsBahodir, 09:16
Ochish/sharhlash
2021-11-28 17:07:23
Har torlik ortida kenglik, g‘amlar ortida shodlik bor.
Yiqilmoq, bajarmoqdir. Sochilmoq esa to‘planmoqdir.
G‘am-tashvishlarning kaliti, Sabrdir...

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
13.6K viewsBahodir, 14:07
Ochish/sharhlash
2021-11-26 15:27:18
Allohim!
Agar men yanglish yo‘lda bo‘lsam, O‘zing qalbimni to‘g‘irlab qo‘y.
Agar birodarlarim yanglish yo‘lda bo‘lsalar, ularning qalblarini ham to‘g‘irlab qo‘y.

Lekin, bir-birimizni bir-birimizga to‘g‘irlab (qarshi qilib) qo‘yma.

Mavlono Rumiy


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz
17.3K viewsBahodir, 12:27
Ochish/sharhlash