Get Mystery Box with random crypto!

Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho’lpon otilganda qayoqda ed | Mavlono Jaloliddin Rumiy

Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho’lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?

Hukmlar o‘qilur sening nomingdan,
Tarixlar to‘qilur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tamoshoga bunchalar o‘chsan?

Qarshingda hasratli o‘yga tolaman:
Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen- olomon?!.


- Abdulla Oripov -"1980"


@Rumiy_Kanali

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz