Get Mystery Box with random crypto!

Ibrat OʻQIB YIGʻLADIM... Sevimli paygʻambarimiz Muhammad (sa | Mavlono Jaloliddin Rumiy

Ibrat

OʻQIB YIGʻLADIM...

Sevimli paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) olamdan oʻtganlariga 3 kun boʻldi Abubakr r.a. Oysha onamiz r.a oldilariga keldilar, hol ahvol soʻrab, “Ey qizim Oysha, Rosulullox (sallollohu alayhi vasallam)ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi”- dedilar?
Xazrati Oysha onamiz “Yoʻq otajon, Siz xamma sunnatlarini toʻliq toʻkis ado qildinggiz”- dedilar.
Xazrati Abu Bakr yana qaytarib “ Qizim Alloh xaqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi”- degan edilar Oysha onamiz roziyalloxu anho yigʻlab yubordilarda va “Otajon, Alloh xaqqi deganingiz uchun aytaman. Rosululloh (sallollohu alayhi vasallam) ning bir sunnati bor edi ”Xech kimga aytmang yo Oysha“- der edilar. Arab bozorining oldida bir uy bor. U yerda bir 80 yoshga kirgan tugʻma koʻr nogiron, xech kimi yoʻq yaxudiy qariya yashardi. Paygʻambarimiz Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) har kuni yarim tunda tahajjud namozlarini oʻqib boʻlgach hamma uyquga ketgan paytida oʻsha yaxudiyni uyga borib uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar”- dedilar.
Buni eshitgan hazrati Abu Bakr r.a tahajjud namozini oʻqidilarda yaxudiyning uyiga yoʻl oldi.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri xech kim xabar olmagan. Qariyaning ahvoli judayam achinarli holatda edi.
Abu Bakr r.a darrov ishga kirishdilar. Supurdi, sidirdi, qariyani yuvintirdi, kiyimlarini almashtirdi, ovqatlantirib boʻlgach, qariyaga “Mayli men boray”- deb ketmokchi boʻlgan edilar, Qariya Abu Bakr r.a ni qoʻllaridan ushladi va “Sen kimsan”- deb soʻradi. Abu Bakr esa “Men bir qulman ota. Har doim kelib sizni holingizdan xabar olib turgan qulman”- dedilar. Shunda qariya “Sen yolgʻon gapiryapsan”-dedi. Abu Bakr “Nega unday deysiz?”- dedilar. Qariya “Chunki, Sen menga qattiq muomalada boʻlding, yuvintirganda ham kiyintirganda ham, xatto ovqatlanirganingda ham, 3 kun avvalgi kelgan inson menga juda extiyotkorlik bilan qarardi choʻmiltirganda ham, kiyintirganda ham, eng asosiysi ovqatimni chaynab chaynab berardi. Uning shunaqangi hidi bor ediki u hidni butun arab diyoridan ham topa olmaysan”- dedilar. Abu Bakr r.a tinmay yigʻlar edilar. Qariya yana soʻzida davom etib “Agar oʻsha odam sen boʻlsang, nimaga shuncha kun yoʻq boʻlib ketding yoki sen ham ”- jodugarni toʻriga ilindingmi?“-dedi.
Abu Bakr r.a esa ”qanaqa jodugarni aytyapsiz ota“- dedilar. Qariya ”Eshitmaganmisan, bir Muhammad(alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni oʻziga kelganini va oʻzini paygʻambarman deb hammani sehrlayaptiyu“-dedi.
Shunda Abu Bakr r.a dod devordilar va ”Ey ota toʻxtang“- dedilar.

”Oʻsha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muxammad (sallollohu alayhi vasallam) ning oʻlganlariga 3 kun boʻldi. Aslida siz jodugar degan oʻsha inson shuncha yillar davomida sizning holingizdan xabar olib turdilar. Qarang 3 kunda qanaqa holga tushibsiz“- dedilar .

Qariya qotib qoldi va ”Unda sen kimsan“- dedi. Men Abu Bakrman dedilar.

Qariya ham dod deb yigʻlashni boshladilar va ”Ey Xudo meni koʻzimni koʻr, oyogʻlarimni choʻloq, nogiron qilib yaratganing yetmasdan qalbimni ham koʻr qilgan ekansan“-deb yigʻlardi va ”ey Abu Bakr sen guvoh boʻl Allohni yagonaligiga va Muhammad (sallollohu alayhi vasallam) uning paygʻambarligiga guvohlik beraman"- dedida Abu Bakr r.a ning qoʻlida jon berdi!

(Hadis va hayot kitobidan)

Ikki olam sarvari, Habibimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamga cheksiz va batamom durud va salavotlar boʻlsin!

Allohumma solli aʼla sayyidina Muxammadin va ali aʼla sayyidina Muhammad...

https://t.me/Mavlono_Jaloliddin_Rumiy_Uz