Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ M
Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.67K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 69

2022-01-23 00:05:52
Ўзбекистон Президенти ҳузурида ўтган йиғилиш ва тақдимотлар, Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишув, шунингдек, дарахтлар кесилишига ўрнатилган мораторий, экспресс-тестлар бўйича тортишувлар, Солиқ қўмитасида ўтказилган матбуот анжумани ҳамда “Заковат” клубига оид Президент қарори - барча тафсилотлар "Менимча" телелойиҳасининг 2-сонини кўролмаганлар учун
20.2K views21:05
Ochish/sharhlash
2022-01-22 18:48:09
Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекс номи ўзгартирилмоқда

Кодекснинг номи унинг тартибга солиш предмети ва хорижий тажрибадан келиб чиқиб “Маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги кодекс” деб ўзгартирилмоқда;

Батафсил https://t.me/inspector_uz/51087
23.0K views15:48
Ochish/sharhlash
2022-01-21 22:01:00
Болалигимизда биз лайк босишни билмасдик, респект сўзни ҳам тушунмасидик, лекин тўп топа олмасдан ёнғоқ тепиб ҳам ўша лайклардан минг чандон ортиқ завқни туя олардик.

Бизга ақлли статуслардан ўргатишмаганда, лекин бу ақлли гапларсиз ҳам дўстларимизни оғир пайтида ташлаб қўймас эдик...

Давомини тинглаш
5.4K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-01-21 14:41:19
СУРХОНДАЁДАГИ РАДАРЛАРНИ ОЛИБ ТАШЛАНГ БИЗГА ТУМАНЛАР ОРАСИДА ҚАТНАЙДИГАН САМОЛЁТ БЕРИНГ УНДА...

ОПА НИМАНИ ХОХЛАЙДИ ЎЗИ?
14.1K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:00:25 РАСМАН: 24 январдан бошлаб мактаблар бир ой давомида “онлайн” фаолият олиб боради — Халқ таълими вазирлиги

РАСМАН: талабалар ҳам 1 ой онлайн ўқийди

Ўзбекистондаги барча ОТМлар (давлат, нодавлат, хусусий ҳамда хорижий филиаллар) ва профессионал таълим муассасалари, академик лицейларда (барча таълим шакллари ва турлари бўйича) 24 январдан бошлаб, бир ой муддат давомида таълим олиш тизими масофавий (онлайн) шаклда олиб борилади — Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


@inspector_uz
9.5K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:00:17
Бизни ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга уланганмисиз?
10.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-01-20 12:18:55 Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Iqtisodiyotning barqaror o‘si¬shini ta’minlaydigan asosiy tarmoq bu sanoat tarmog‘idir. Shu jumladan, sanoatning energetika, mashinasozlik va kimyo tarmoqlari iqtisodiy o‘sishda lokomotiv tarmoqlar hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, hukumatimiz rahbariyati yuqorida qayd etilgan tarmoqlarga alohida e’tibor berib, davlat budjetidan, xorijiy investitsiyalardan kerakli miqdorda mablag‘ ajratildi, davlat dasturlari yo‘naltirildi. Ayniqsa, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi amalga oshirish davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi. Bu¬xorodagi neftni qayta ishlash zavodi, Qandim kimyo kompleksi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi rekonstruksiyasi, Sho‘rtangaz kimyo kompleksi, Qoraqalpog‘istondagi kimyo kompleksi, Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining yaqinda ishga tushirilishi, energetika sohasida issiqlik elektrostansiyalar, gidroelektrostansiyalarning qurilishi, mavjudlari¬ning rekonstruksiya qilinishi, muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarila bosh-lanishi – bularning hammasi iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi lokomotivlar, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivoj¬lanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega.

Alohida ta’kidlash lozimki, 2020-yilda mamlakatimizda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarimtayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan. Joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirish mo‘ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.

Ma’lumki, 2017-yilgacha atrofimizdagi qo‘shni mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosa¬batlarimiz, o‘zaro aloqalar yetarli darajada emas edi. Xalqimizda «Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning yaxshi» degan naql bor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan qo‘shni mamlakatlar bilan barcha yo‘nalishdagi aloqalar yaxshilandi.

Qo‘shni Qozog‘iston mamlakati bilan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 2020-yilda O‘zbekistonning Qozog‘istonga eksporti 908,4 million dollarga yetgan bo‘lsa, 2021-yilning 9 oyida 1057,2 million dollarga yetdi. Umumiy tovar ay¬lanmasi 2020-yil 3 milliard dollardan 2021-yilning 9 oyida 3,53 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston eksportining 9,3 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi. Yaqin besh yillikda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Qirg‘iziston bilan ham iqtisodiy aloqalar yildan-yilga kengayib bormoqda. Oxirgi uch yillikda o‘zaro tovar aylanmasi besh martaga ortib, 818,4 million dollarga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Крилл ёзувида ўқинг
16.9K viewsedited  09:18
Ochish/sharhlash
2022-01-20 12:18:05 3-mavzu

O‘ZBEKISTON – MINTAQANING LOKOMOTIV MAMLAKATI

Bugungi kunda O‘zbekistonda 35 milliondan ortiq aholi hamjihatlikda yashab kelmoqda. Aholi soni va uning o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Yurtimiz hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tadi. Serquyosh Vatanimizning yerlari serunum, resurslarga boy.

1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinib, xalqimizning muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi.

Istiqlol yillarida mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda.

Har bir davlatning transport-logistika tizimi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rtasida joylashganligini inobatga olib, hukumatimiz rahbariyati transport-logistika tizimini yanada shakllantirishga, yo‘l qurilishiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mamlakat hududlarini hamda xalqaro yo‘l tizimini yangidan, muqobil variantlarda shakl¬lantirishga ko‘p miqdorda investitsiya sarflanmoqda. Xalqaro standartlarga mos transport-logistika tizimini to‘liq shakllantirsak, tranzit yuk tashishdan ham ko‘plab daromad olishimiz mumkin.

Mamlakatimizda temiryo‘l qurish jadal sur’atlar bilan rivoj¬lantirilmoqda. Qisqa davr ichida Buxoro – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha 300 kilometrdan ortiq temiryo‘l, Toshkent – Farg‘ona vodiysi bo‘yicha 350 km temiryo‘l barpo etildi. Xalqaro darajadagi loyiha bo‘yicha Afg‘onistonga 110 km uzunlikda, ya’ni Surxondaryo – Hayraton – Mozori Sharif temir yo‘li qurib bitkazildi.
O‘zbekiston dunyo bo‘yicha suv yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlardan bittasi. Ushbu holat transport tizimidagi eng katta muammo hisoblanadi. Kelajakda Afg‘oniston orqali Karachi portiga chiqish loyihasi muhokama qilinmoqda. Umuman olganda, transport-logistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan hisoblanadi.

Turkmaniston va O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari oxirgi besh yilda jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Iqtisodiyot, fan, kadrlar tayyorlash hamda madaniy sohada bo‘layotgan ijobiy munosabatlar alohida e’tiborga loyiq. Savdo aylanmasi 2017-yil 177 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni 500 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Qo‘shni Afg‘oniston mamlakati bilan iqtisodiyot, madaniyat va min-taqada tinchlik-osoyishtalikni saqlash borasida hamkorlik qilinmoqda, afg‘on xalqiga moddiy, ma’naviy yordam berilmoqda. Ushbu mamlakat bilan tovar aylanmasi 2020-yilning birinchi yarmida 332,9 million dollarga teng bo‘ldi. Kelajakda bu hamkorlikni yanada kengaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonni o‘zining ishlab chiqarish potensiali, imkoniyatlari, barqaror iqtisodiy o‘sishi, xalqining ijodkorligi va tadbirkor¬ligi, ma’naviy va ma’rifiy salohiyati hamda tinchlikparvarligi bilan Markaziy Osiyoda lokomotiv mamlakat desa bo‘ladi. O‘zbekistonda qabul qilinayotgan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish ushbu holatni yanada mustahkamlaydi.
O‘tmishga nazar solsak sobiq ittifoq davrida, hatto mustaqillikning dastlabki yillarida ham O‘zbekiston xom-ashyo yetkazib beruvchi agrar mamlakat edi. Yalpi ichki mahsulot tarkibi¬ning 33 foizi qishloq xo‘jaligi ulushiga, 14 foizi esa sanoat tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelardi. Bugungi kunga kelib, sanoat ulushi 34 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 16–17 foizni tashkil qiladi. Endi O‘zbekiston agrar emas, balki sanoati rivojlanayotgan industrial mamlakatga aylandi.
16.5K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-01-19 21:18:41 долзарб янгилик
7.1K views18:18
Ochish/sharhlash
2022-01-19 15:08:04
Жалолиддин Румийга шогирдлари савол бердилар:
- Устоз заҳар нима у?
Румий ҳазратлари жавоб бердилар:
- Заҳар бу биз истеъмол қилаётган барча нарсаларнинг меъёридан ошиб кетиши. Ҳаддан ошиқ куч ҳам заҳар бўлиши мумкун, ҳаддан ошиқ бойлик, нафс, севги, нафрат, истаклар, умуман ҳамма-ҳамма нарса...

Шогирдлар:
- Устоз қўрқув нима?
Румий:
- Нарсалар, ҳодисаларнинг аниқ моҳиятини билмаслик, ёқимсиз туйғу. Агар биз шу ноаниқликни таваккал қабул қилсак бу-саргузаштдир.

Шогирдлар:
- Устоз бахиллик нима?
Румий:
- Ўзгалар борлиғини кўра олмаслик. Агар биз ўша борлиқни қабул қила олсак бу-руҳланишдир.

Шогирдлар:
- Устоз ғазаб нима?
Румий:
- Назоратингизда бўлмаган нарсалар ва жараёнларга бўлган муносабатингиз. Агар буни қабул қила олсак бу-юввошлик ва камтарликдир.

Шогирдлар:
- Устоз нафрат нима?
Румий:
- Инсонларни бор бўйича қабул қила олмаслигимиз бу нафрат. Агар биз уни қандай бўлса шундайлигича, ҳеч қандай шартсиз қабул қила олсак бу севгидир.

https://t.me/dimi_10_namangan
15.5K views12:08
Ochish/sharhlash