Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosa | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdori nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirildi. Qolaversa, proporsional saylov tizimi bo‘yicha ham partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi kerakligi belgilandi. Bu esa gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, jahon tajribasida o‘zini oqlagan aralash saylov tizimi – fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa milliy parlamentimiz faoliyatining rivojlanishida va siyosiy partiyalarning yanada taraqqiy etishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Sirojiddin ABDUVOITOV,
Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati
Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar
bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi.
Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing
Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing
ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing
Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing
Рус тилида ўқинг / Читать по русски
2024 йил барча мавзулар / 2024 yil barcha mavzular