Get Mystery Box with random crypto!

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navba | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida »gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlat organlarining faoliyatini demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarni yaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, amaldagi qonun hujjatlarini asosiy qonunimizga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan 28 ta qonun hujjatiga o‘zgartirish kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasi Konstitutsiyaning 81-moddasidan kelib chiqib, «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydala nish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi» degan jumlalar bilan to‘ldirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi. Bilamizki, har qanday ommaviy axborot vositasi, birinchi navbatda, ommaviylik uchun kurashadi. Huquqiy asoslar to‘liq mus- tahkamlanib qo‘yilsa, har bir detalga qonun va sifatli ijro bilan yondashiladi. Natijada OAVdagi xatoliklar, noxolis yondashuvlar sezilarli darajada kamayadi va suiiste’molchiliklarga keskin zarba beriladi. Tabiiyki, kuchli huquqiy himoya to‘rtinchi hokimiyat deb ta’riflanadigan soha vakillarini tazyiq va turli bosimlardan saqlaydi, shu bilan bir qatorda ularni noxolislikka yo‘l qo‘ymasdan, to‘g‘ri yo‘nalishda faoliyat yuritishga undaydi. Qonunlarga hurmat yuqori darajada bo‘lsa, huquqiy himoya yanada kuchaytirilsa, tom ma’noda so‘z va matbuot erkinligiga erishiladi. Zero, so‘z va matbuot erkinligi taraqqiyotning muhim shartidir. Agar biz so‘z erkinligidan ortga chekinadigan bo‘lsak, barcha islohotlar orqaga ketishni boshlaydi. Shunday ekan, barchamiz mas’uliyat hissi bilan yashamog‘imiz darkor!

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan holatlarga munosabat bildirish maqsadida bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi hamda hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan axborot xizmatlarining ham salmoqli o‘rni borligini qayd etish joiz. Ularning tezkor chiqishlari orqali ko‘plab noo‘rin, yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldi olinmoqda. Bu esa fuqarolarimiz turli mish-mishlarga chalg‘ib qolmasligiga zamin yaratadi.

Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular