Get Mystery Box with random crypto!

Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Iqtisodiyotning barqaror | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Iqtisodiyotning barqaror o‘si¬shini ta’minlaydigan asosiy tarmoq bu sanoat tarmog‘idir. Shu jumladan, sanoatning energetika, mashinasozlik va kimyo tarmoqlari iqtisodiy o‘sishda lokomotiv tarmoqlar hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, hukumatimiz rahbariyati yuqorida qayd etilgan tarmoqlarga alohida e’tibor berib, davlat budjetidan, xorijiy investitsiyalardan kerakli miqdorda mablag‘ ajratildi, davlat dasturlari yo‘naltirildi. Ayniqsa, 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi amalga oshirish davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlantirildi. Bu¬xorodagi neftni qayta ishlash zavodi, Qandim kimyo kompleksi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi rekonstruksiyasi, Sho‘rtangaz kimyo kompleksi, Qoraqalpog‘istondagi kimyo kompleksi, Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining yaqinda ishga tushirilishi, energetika sohasida issiqlik elektrostansiyalar, gidroelektrostansiyalarning qurilishi, mavjudlari¬ning rekonstruksiya qilinishi, muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarila bosh-lanishi – bularning hammasi iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi lokomotivlar, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Mamlakatimizdagi barqarorlik va qulay investitsiya muhiti natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar izchil rivoj¬lanmoqda. 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega.

Alohida ta’kidlash lozimki, 2020-yilda mamlakatimizda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2021-yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E’tiborlisi, bunda tayyor va yarimtayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan. Joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirish mo‘ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.

Ma’lumki, 2017-yilgacha atrofimizdagi qo‘shni mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosa¬batlarimiz, o‘zaro aloqalar yetarli darajada emas edi. Xalqimizda «Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shning yaxshi» degan naql bor. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan qo‘shni mamlakatlar bilan barcha yo‘nalishdagi aloqalar yaxshilandi.

Qo‘shni Qozog‘iston mamlakati bilan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. 2020-yilda O‘zbekistonning Qozog‘istonga eksporti 908,4 million dollarga yetgan bo‘lsa, 2021-yilning 9 oyida 1057,2 million dollarga yetdi. Umumiy tovar ay¬lanmasi 2020-yil 3 milliard dollardan 2021-yilning 9 oyida 3,53 milliard dollarga yetdi. O‘zbekiston eksportining 9,3 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi. Yaqin besh yillikda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Qirg‘iziston bilan ham iqtisodiy aloqalar yildan-yilga kengayib bormoqda. Oxirgi uch yillikda o‘zaro tovar aylanmasi besh martaga ortib, 818,4 million dollarga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Крилл ёзувида ўқинг