Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.77K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2023-06-09 08:44:47
Termizda kuchli qum bo‘ronlari bo‘layapti

Surxondaryo xabarlari
5.4K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:10:08
Nogironligi bor shaxslar OTMga kirishda qanday imtiyozlarga ega?

Nogironligi bor fuqarolar OTMga hujjat topshirish va talabalikka qabul qilinishda alohida imtiyozlarga ega. Kun.uz ularga berilgan imtiyozlarni bir sahifaga jamladi.

https://kun.uz/uz/60166149

Surxondaryo xabarlari
5.2K views05:10
Ochish/sharhlash
2023-06-09 07:09:30
Termizda YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida me’yoriy hujjatlarsiz avtomobil boshqargan va jarimani belgilangan muddatida bartaraf etmagan haydovchilar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Surxondaryo xabarlari
5.1K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-06-08 17:58:28
Surxondaryoda pul evaziga “prava” olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan avtomaktab o‘rgatuvchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Uzun tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “O‘.” MCHJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi V.B. fuqaro F.R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 2,3 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo xabarlari
5.6K views14:58
Ochish/sharhlash
2023-06-08 17:05:40
Surxondaryoda qancha oila bor?

Statistika agentligima’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 9 729 961 ta oilalar mavjud. 

Hududlarida oilalar soni:

Qoraqalpog‘iston R. – 473 142 ta  
Andijon viloyati – 893 378 ta 
Buxoro viloyati – 570 033 ta 
Jizzax viloyati – 343 977 ta  
Qashqadaryo viloyati – 847 530 ta
Navoiy viloyati – 297 933 ta  
Namangan viloyati – 790 641 ta  
Samarqand viloyati – 1 012 500 ta 
Surxondaryo viloyati – 695 853 ta 
Sirdaryo viloyati – 237 352 ta
Toshkent viloyati – 904 414 ta 
Farg‘ona viloyati – 1 124 208 ta  
Xorazm viloyati – 557 669 ta 
Toshkent sh. – 981 331 ta

Surxondaryo xabarlari
5.3K views14:05
Ochish/sharhlash
2023-06-08 14:03:49
Dollar kursi pasaydi

Markaziy bank 9-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 434,01 so‘m (–18,03)
RUB 139,35  so‘m (–1,35)
EUR 12 268,59 so‘m (+18,45)


Surxondaryo xabarlari
5.1K views11:03
Ochish/sharhlash
2023-06-08 13:01:32
Muzrabotda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi
departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.T. Muzrabot tumanidagi meliorasiya bo‘limiga qarashli 20 sotix yerni fuqaro A.E.ga firibgarlik yo‘li bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 5 000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
Surxondaryo xabarlari
5.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-08 11:02:22
Taqiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi - qonun loyihasi

Adliya vazirligi tomonidan yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra quyidagi tartiblar belgilanmoqda: 

Taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.

Yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. 

Yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.

Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.

Qonun loyihasi muhokamasida fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin. 

Surxondaryo xabarlari
5.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-22 14:03:30
Termiz tumanida haydovchi talonchilik jinoyatini sodir etdi

2023-yil 1-may kuni, Termiz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani “Hayitobod” mahallasida yashovchi, D.E. 27-aprel kuni 18-30 larda, Jarqo‘rg‘on tumani “Qorabura” mahallasida yashovchi, E.U. boshqaruvidagi “Spark”da Jarqo‘rg‘on tumaniga qaytishayotganida Termiz tumanining “Sabzipoya” mahallasi hududida tortishib qolishgan.

Shundan so‘ng E.U. ayolni mashinadan tushirib, bo‘ynidagi tilla zanjiri va qo‘l telefonini olib qo‘yadi va uni, yo‘lda qoldirib qochib ketgan. 1-may kuni E.Umarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Surxondaryo xabarlari
903 views11:03
Ochish/sharhlash
2023-05-22 12:42:04
O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib harorat foni pasayadi

Qozog‘iston hududi ustida joylashgan antisiklon ta'siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ish haftasi oxiriga borib, harorat yana +31...+33 darajagacha ko‘tariladi.

https://kun.uz/uz/26385119

Surxondaryo xabarlari
2.2K views09:42
Ochish/sharhlash