Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.77K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-07-01 17:29:18
Termizda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma‘lumot berildi

Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun 1-iyul kuni soat 09:23 larda Termiz shahrida joylashgan, buzilishga tushgan, “Usta Qurbon savdo markazi” MCHJning ikkinchi qavatida qarovsiz holda turgan 5x8 metr o‘lchamdagi xonada turgan eski chiqindilar tutab yongan.

Yong‘in boshqa joyga tarqalmagan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Surxondaryo xabarlari
6.9K viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash
2023-07-01 15:10:47
SUBYEKTIV – Amerikada. AQSh-Meksika chegarasidan o‘tganlar iqrori

Amerikaga noqonuniy va xavfli yo‘llar bilan, Meksika orqali o‘tishga urinayotganlar orasida o‘zbeklar ham ancha ko‘payib qoldi. Xo‘sh, bunchalik katta tavakkalchilik – arziydimi? Nolegal yo‘ldan yurganlarning o‘zi nima deydi? SUBYEKTIV shtatlardan tayyorlagan ilk ko‘rsatuvini ana shu mavzuga bag‘ishladi.

ALBATTA TOMOSHA QILING
5.9K views12:10
Ochish/sharhlash
2023-07-01 11:39:46
Termizdagi “Yubileynoy” bozorida yong‘in yuzaga kelgani aytilmoqda.

Surxondaryo xabarlari
7.8K views08:39
Ochish/sharhlash
2023-07-01 09:06:37
1-iyuldan magistraturaga hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

https://kun.uz/uz/45333039

Surxondaryo xabarlari
6.2K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-07-01 06:54:37
Bugun joylarda havo harorati kechagidan issiqroq bo‘ladi

Kunduz kuni joylarda +35 +40 daraja issiq harorat kutiladi. Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va cho‘l hududlarida havo harorati maksimumi +43 darajaga yetadi.

Shimolda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi prognoz qilinmoqda.

Xaritada bugun 1-iyul kuni soat 16:00 da O‘zbekiston hududida kutilayotgan HAVO HARORATI ko‘rsatilgan.

Surxondaryo xabarlari
5.9K views03:54
Ochish/sharhlash
2023-06-30 12:52:27
1-iyul kuni ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 1-iyul, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/81885836

Surxondaryo xabarlari
6.0K views09:52
Ochish/sharhlash
2023-06-30 09:18:57
1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida bo‘lgan joriy yil 9-sinfni bitirganlarning hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023 yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Platformaga:

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID-karta ma’lumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlangan.

Shundan:
kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikada 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Surxondaryo xabarlari
6.4K viewsedited  06:18
Ochish/sharhlash
2023-06-30 07:24:20
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalaridagi sirtqi ta’limni masofaviy shaklga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

https://kun.uz/uz/57717415

Surxondaryo xabarlari
5.8K views04:24
Ochish/sharhlash
2023-06-29 15:37:14
Qashqadaryoda Toshkentdagi mijozga “opiy” olib ketayotgan surxondaryolik haydovchi ushlandi

DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, viloyat ichki ishlar va bojxona boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  Ko‘kdala tumanidagi “Umakay” YPX maskanida Toshkent shahriga ketayotgan Denov tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan.

Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 2 kg “opiy” va 550 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Tojikistondan keltirilgan “opiy”ni Toshkent shahrida qabul qilib olgan Denov tumanida yashovchi shaxs ham ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo xabarlari
6.2K views12:37
Ochish/sharhlash
2023-06-29 12:51:03
Nikohlanuvchilar uchun genetik test, vazirlik stipendiyasi hamda yangi umummilliy harakat – 1-iyuldan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2023 yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

https://kun.uz/uz/27009922

Surxondaryo xabarlari
5.8K views09:51
Ochish/sharhlash