Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsurxondaryo — Surxondaryo | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsurxondaryo
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.32K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Surxondaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-06-08 14:03:49
Dollar kursi pasaydi

Markaziy bank 9-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 434,01 so‘m (–18,03)
RUB 139,35  so‘m (–1,35)
EUR 12 268,59 so‘m (+18,45)


Surxondaryo xabarlari
5.1K views11:03
Ochish/sharhlash
2023-06-08 13:01:32
Muzrabotda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi
departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.T. Muzrabot tumanidagi meliorasiya bo‘limiga qarashli 20 sotix yerni fuqaro A.E.ga firibgarlik yo‘li bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 5 000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
Surxondaryo xabarlari
5.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-06-08 11:02:22
Taqiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi - qonun loyihasi

Adliya vazirligi tomonidan yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra quyidagi tartiblar belgilanmoqda: 

Taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.

Yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi. 

Yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.

Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.

Qonun loyihasi muhokamasida fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin. 

Surxondaryo xabarlari
5.0K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-22 14:03:30
Termiz tumanida haydovchi talonchilik jinoyatini sodir etdi

2023-yil 1-may kuni, Termiz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani “Hayitobod” mahallasida yashovchi, D.E. 27-aprel kuni 18-30 larda, Jarqo‘rg‘on tumani “Qorabura” mahallasida yashovchi, E.U. boshqaruvidagi “Spark”da Jarqo‘rg‘on tumaniga qaytishayotganida Termiz tumanining “Sabzipoya” mahallasi hududida tortishib qolishgan.

Shundan so‘ng E.U. ayolni mashinadan tushirib, bo‘ynidagi tilla zanjiri va qo‘l telefonini olib qo‘yadi va uni, yo‘lda qoldirib qochib ketgan. 1-may kuni E.Umarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Surxondaryo xabarlari
903 views11:03
Ochish/sharhlash
2023-05-22 12:42:04
O‘zbekistonda hafta o‘rtalariga borib harorat foni pasayadi

Qozog‘iston hududi ustida joylashgan antisiklon ta'siri hafta o‘rtalarida harorat fonini biroz pasaytiradi. Kunduzgi havo harorati +25...+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ish haftasi oxiriga borib, harorat yana +31...+33 darajagacha ko‘tariladi.

https://kun.uz/uz/26385119

Surxondaryo xabarlari
2.2K views09:42
Ochish/sharhlash
2023-05-22 10:03:02
Yangi o‘quv yilidan 10-11-sinf o‘quvchilari o‘zlari o‘qimoqchi bo‘lgan fanlarni erkin tanlashlari mumkin bo‘ladi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos keladigan ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida bilimlarni o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi:

O‘quvchilar uchun 8 ta majburiy va 2 ta ixtiyoriy fanlar mavjud (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq yoki ona tili va adabiyoti-xorijiy til)

Surxondaryo xabarlari
3.6K views07:03
Ochish/sharhlash
2023-05-22 08:53:00
Markaziy bankning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Xo‘jaqulov Oybek Rayimberdiyevich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Termiz davlat universiteti, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – moliya, bank ishi.

Tayinlovga qadar 2021 yildan Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Surxondaryo xabarlari
4.0K views05:53
Ochish/sharhlash
2023-05-22 07:13:28
#abituriyent2023

Bu yil qabul qachondan boshlanishi ma‘lum qilindi

Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan

Surxondaryo xabarlari
4.2K views04:13
Ochish/sharhlash
2023-05-20 16:47:04
Grant asosida o‘qigan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati o‘z kuchini yo‘qotmagan - vazirlik

Oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.

https://kun.uz/uz/07190489

Surxondaryo xabarlari
5.8K views13:47
Ochish/sharhlash
2023-05-20 13:05:23
Sangardakda 110 mlrd so‘mlik sanatoriy qurilmoqda. U 200 o‘rinli bo‘ladi.

Surxondaryo xabarlari
7.3K views10:05
Ochish/sharhlash