Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryoda pul evaziga “prava” olish uchun imtihondan o‘tka | Surxondaryo | Kun.uz

Surxondaryoda pul evaziga “prava” olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan avtomaktab o‘rgatuvchisi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Uzun tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “O‘.” MCHJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi V.B. fuqaro F.R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 2,3 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo xabarlari