Get Mystery Box with random crypto!

Muzrabotda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi | Surxondaryo | Kun.uz

Muzrabotda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi
departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda fuqaro A.T. Muzrabot tumanidagi meliorasiya bo‘limiga qarashli 20 sotix yerni fuqaro A.E.ga firibgarlik yo‘li bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun 5 000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
Surxondaryo xabarlari