Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19.90K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Creator: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-18 05:01:00
#Savol: Assalomu alaykum. Sovchi orqali unashtirilganman. Dindan xabarim bor. Unashtirilgan insonimni ham atrofdagilar namozlarini oʻqiydi, yaxshi, halol bola deb aytishgan.
Uydagilarim ham surishtirib koʻrishdi. Gaplashib koʻrsam, namoz, roʻza va shunga oʻxshash amallarni qiladilar. Lekin ilmda davomli yoki kelajaklarini asosan din yoʻli bilan tasavvur qilmaydilar. Din haqida gap ochilsa, unchalik qiziqish bildirmaydilar. Shunga baʼzan koʻnglim sovib qoladi. Ammo sigaret chekish, shunga oʻxshash zararli odatlari yoʻq. Uydagilarga aytsam, keyinchalik bilmaganlarini hayot davomida oʻrgatasan deyishadi. Shu toʻgʻrimi? Javob uchun avvaldan rahmat.

Javob:

— Va alaykum assalom. To'g'ri emas deb o'ylayman. O'zi qiziqmagan odamga nimanidir o'rgatishingiz bilan hayot yo'lini din bilan tasavvur qiladigan bo'lib qolmaydi. Allohdan tavfiq, hidoyat, ixlos so'rab harakat qilaverasiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.1K views02:01
Ochish/sharhlash
2024-05-17 19:02:36
Xotin o'lishi mumkin, lekin rashki o'lmaydi.

Abdulhodiy Yusuf

#Rashk
#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.4K views16:02
Ochish/sharhlash
2024-05-17 17:01:00
Agar oilada erkak ham, ayol ham ishlasa, erkak ishdan kelib dam oladi, ayol ish qiladi! Shunday oilalarda erkak kishi ayoliga yordam bersin, hech bo'lmasa, bolalar parvarishida.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.3K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-05-17 10:33:52
Farzandning nutq madaniyati

Bu masala omma orasida muhim hisoblanadi. Bo­laning tili chiqish davrida, u gapirmoqchi yoki so‘zlashni istaganda uni gapirtirmaslik va gap-so‘zlarini bo‘lish juda yomon! Ya’ni uni duduq, ichidagi gapni aytmaydigan yoki ko‘p o‘ylanib gapiradigan qilishgacha olib kelishi mumkin.

Bola siz bilan gaplashmoqchimi? U bilan dil­dan va xuddi aka-uka, opa-singil va do‘stlardek suh­bat quring. Uning do‘stlari, o‘zaro munosabatlar va boshqa bola uchun qiziq mavzularda erinmasdan va zerikmay gaplashing.

Bola savol bersa, agar u bergan savolini o‘zi bilsa, o‘ylanib va ikkilanib javob bering. Bil­masa, yaxshilab, to‘g‘ri va to‘liq javob berib, tu­shuntiring.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.3K views07:33
Ochish/sharhlash
2024-05-17 05:30:34
#Savol: Assalomu alaykum! Yoshim 26 da, bitta qizcham bor. Sovchi orqali turmush qurganman. Talaba paytim bir yigitga koʻngil qoʻyganman, u ham menga befarq emas edi. Sovchi qoʻymoqchi edi, taqdirning izni bilan birga boʻlolmadik, boshqa insonga turmushga chiqdim. Hali-hanuz, ayniqsa, oilada muammoli vaziyatlar boʻlsa, u kishini qo'msayman. Balki unga turmushga chiqqanimda hayotim boshqacha boʻlardi deb koʻp oʻylayman. Savolim shuki, men hali-hanuz uni oʻylab gunohga botyapmanmi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Men gunoh-savob masalasida gapirmoqchi emasman, uzr. Ammo bu ishingiz noto'g'ri. Xiyonat faqat to'shakda bo'lmaydi, xiyonat xayolda ham bo'lishi mumkin. O'zingizga ravo ko'rmaganni juftingizga ham ravo ko'rmang. Hammada ham xato-kamchilik bor. O'sha yigit bilan oila qurganingizda ham shunga o'xshash holatlar bo'lishi tayin edi. Bu xayollarni sizga shayton olib kelyapti. Xayollaringizni jilovlang, bunday vaziyatda tezda istig'for aytib, chalg'ishga harakat qiling.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:10:01 Kitoblarimni o'qigan kishilarga sovg'am bor! Istalgan kitobim haqida taqriz (fikr mulohazalaringiz, kitobdan olgan foydangiz, taassurotlar) yozing va oila mavzusidagi bepul audiodarslikni qo'lga kiriting! Taqriz yuborish Istagancha taqriz yuborishingiz…
5.6K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2024-05-16 06:38:04 Kitoblarimni o'qigan kishilarga sovg'am bor!

Istalgan kitobim haqida taqriz (fikr mulohazalaringiz, kitobdan olgan foydangiz, taassurotlar) yozing va oila mavzusidagi bepul audiodarslikni qo'lga kiriting!

Taqriz yuborish

Istagancha taqriz yuborishingiz mumkin! Har bir taqrizingiz uchun bitta mukofot beramiz!
5.8K views03:38
Ochish/sharhlash
2024-05-15 16:21:10
Tolibi ilm piri komilining huzuriga kelib soʻradi:
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak?
— Uylan, inim, uylan!
— Shunda abadiy yashaymanmi?
— Aslo. Ammo abadiy yashash xohishing yoʻqoladi...

#tabassum #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.7K views13:21
Ochish/sharhlash
2024-05-15 13:31:41 Ayol kishi jufti ishdan yoki ko‘chadan kelishida kutilmagan bir joyda dil izhor yozib qo‘yishi ham romantikadir. Masalan, muzlatgichning ichida «Azizim, siz menga keraksiz!» deb yozilgan qog‘ozni qo‘ying va juftingiz muzlatkichni ochishini kuting, agar ochmaydigan bo‘lsa, nimanidir olib berishini iltimos qiling. Yoxud tangalardan yoki toshlardan dil so‘zlar, turli shakllar yasab, syupriz qiling. Konvertda shirin so‘zlar yozib, bolishning ostiga qo‘yish ham kutilmagan sovg‘a bo‘ladi. Umuman olganda, romantika qilish uchun ko‘p xarajat talab qilinmaydi, o‘ylab ko‘rsak, oddiy narsalar bilan ham ko‘ngil ko‘tarish mumkin.

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-05-15 06:50:34
Baland poshnali tufli bo'yingizni baland ko'rsatadi, ammo aqlingizni faqat ilm o'rganish bilan o'stira olasiz!

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.2K views03:50
Ochish/sharhlash